A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


M av/uni mustahkamlash uchun savollar



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/245
Sana08.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#757234
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   245
Bog'liq
A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a

M av/uni mustahkamlash uchun savollar
/. Yozma manbalaming qanday ta vsif usullari mavjud?
2. Kodikologik та ’lumotlar deganda nimani tushunasiz?
3. Yozma manbadagi asaming tarkibi va mazmuni qanday tahlil qilinadi?
4. Yozma manbalar tarkibi qanday qismlardan iborat bo ladi?
5. Yozma manbaning ilmiy aham iyati nima bilan belgilanadi?
4 - M A V Z U . H U J J A T L A R
Darsning mazmuni: 
H ujjatlam ing O 'zbekiston tarixining m uhim 
manbalari ekanligi, ulaming o'ttiz to 'rt turi, eng muhimlari to'g'risida 
tasaw ur beriladi.
Rcja:
4.1. Hujjatlar O'zbekiston tarixining muhim manbalari.
4.2. O'zbekiston tarixiga oid hujjatlar.
4.3. Rasmiy yozishmalar.
4.4. Turli masalalar haqidagi hujjat, farmon va maktublar.
Asosiy tushunchalar: Suyboriy xojalari, amirlik, xonlik, yorliq, vasiqa.
25


4 .1 . Hujjatlar — O 'zbekiston tarixining muhim manbalari
Rasmiy hujjatlami o'rganish — diplomatika - tarix fanining yordamchi 
ilm sohalaridan biri bo'lib, shuning uchun juda muhimki, hujjatlardagi 
qimmatli ma’lumotlar boshqa yozma manbalardagi tarix va tarixda o ‘tgan 
voqea, hodisalami ovdinlashtirishga, ulami tushunishga va hatto qayta 
ko‘rib, yangi fikr, mulohaza va tasawurga olib kelishi mumkin.
Yurtimizning ko‘p asrlik tarixiga oid yozma manbalar qatorida yuz 
yoki yuz ellik mingdan ziyod hujjatlami o'rganish, ulardagi qimmatli 
m a’lumotlardan foydalanib, o'z tariximizning qorong'i sahifalarini yoritish 
katta ilmiy ahamiyatga ega. Biz hujjat degan so'zning ikki ma’nosi borligini 
eslatmoqchimiz. Birinchisi — hujjat, dokument, akt m a’nosida bo'lib, 
podshohlar, amirlar, xonlar, yirik davlat amaldorlari va qozilar nomidan 
bitilib, ulaming shaxsiy dastxati va muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar. 
Bular juda kam hollarda asl nusxada uchraydi, aksariyat hollarda esa, 
ulaming naql qilingan, qayta ko'chirilgan nusxalari saqlangan. Ikkinchi 
m a’nosi - o'tm ishdan qolgan hokim, davlat idoralari, xususiy shaxslarga 
tegishli maktublar, insholar, arznoma va qaydlami bildiradi.
Respublikamizda yurtimiz tarixiga oid boy hujjatlar xazinalari bo'lib, 
mutaxassislar fikricha, ularda jami yuz ellik mingdan ziyod hujjat mavjud.
Hujjatlaming eng boy xazinasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat arxivida bo'lib, ulaming umumiy soni yuz mingdan ko'pdir. Ular, 
asosan Qushbegi arxivi, Buxoro amirlari, Xiva xonlari, viloyatlar hokimlari 
devon va m ah kam alariga tegishli h u jja t, XV—XIX asrlarga oid 
vaqfnomalardan iboratdir.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Fanlar akademiyasining 
Sharqshunoslik instituti qo'lyozma xazinasida taxminan o 'n mingdan 
ziyod hujjat mavjud bo'lib, ular, asosan vaqfnomalar, yorliqlar, savdo 
bitimlari, qarz vasiqalari, ijaraga oid tilxat, da’vo arizalar va boshqa turli 
mazmundagi rasmiy hujjatlami tashkil qiladi. Ular O 'rta Osiyo hududida 
yaratilgan.
Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa viloyat va shaharlardagi muzey 
va arxivlarda ham bir necha ming hujjatlar saqlanmoqda.
1873-yili Xorazm Rossiya tom onidan zabt etilganidan so'ng Xiva 
xoni devonidagi hujjatlar m o'tabarqo'lyozm alar qatorida Sankt-Peterburg 
shahriga olib ketilgan edi. Ancha m uddatdan so'ng, ya’ni 1936-yili 
sharqshunos olim P.P.Ivanov Rossiya Milliy kutubxonasi — sobiq M.E. 
Saltikov-Shchedrin nomli Xalq Davlat kutubxonasida Xivadan olib 
ketilgan hujjatlaming bir qismi saqlanayotganini aniqladi. Ular 137 ta 
hujjat edi. Keyinchalik M.Yu.Yo'ldoshev Rossiya Fanlar akademiyasining
26


S harqshunoslik 
institutida to'qqizta hujjatni aniqlab, ulami o'iganib, nashr 
etdi. 
S h u n d a y
qilib, jami 155 ta Xiva hujjatlari chop etildi. Mazmuniga 
ko'ra 
u la m i 
ikki qismga: kirim -chiqim qaydlari daftarlari (M ehtar, 
Q ushbegi, 
Devonbegiga tegishli) va xon amaldorlari nomlari qayd etilgan 
d aftarlarga ajratish 
mumkin.
1967-yili Rossiya Milliy kutubxonasida yana uch mingdan ko'proq 
Xiva xonlari hujjatlari borligi aniqlandi va 1962-yili awal aniqlangan 
hujjatlar bilan birga Toshkentdagi 0 ‘zbekiston Davlat arxiviga keltirildi. 
Bu hujjatlar, asosan, Xiva xoni nom iga yozilgan arznom alar, turli 
amaldorlarga m urojaatnoma, soliq yig'ini to ‘g ‘risida m a’lumotnoma, 
yurtda olib borilgan turli tadbiriar, kanal qazish, turli ta ’mir ishlari 
to ‘g‘risida edi.
Xiva hujjatlarining m a’lum qismi O 'zR FAning Abu Rayhon Bemniy 
nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida ham mavjud. Bu yerda to'rtta 
qozixona faoliyatini qayd etgan daftarlar bo'lib, ularda qozixonalarda 
amalga oshirilgan tadbiriar - savdo, qarz, d a ’vo, vasiyat va boshqalar 
to'g'risida m a’lumotlar bitilgan. Bu hujjatlarda Xiva xonligi hududiga 
kiruvchi Hazorasp, Qipchoq, M ang'it, Q atag'on, Q o'ng'irot, Shahobod, 
Toshovuzlarda amalga oshirgan ishlarzikri mavjud. Bu daftarlarda 1893— 
1912-yillarda tuzilgan 28205 ta hujjat qayd etilgan.
O 'zbekiston tarixiga oid hujjatlarni O .D .C hexovich, P.P.Ivanov, 
M.Yo'ldoshev, E.Yu.Bregel, T .N e’matov, A.Shayxova va boshqa olimlar 
o'rganganlar. Ammo, ulaming tadqiqotlari chuqur ilmiy xarakterga ega 
bo'lib, asarlari ancha vaqt ilgari chop qilingan, hozirgi kunda ular kamyob 
nashrlarga aylangan.
O 'z b e k isto n tarix ig a oid h u jja tla rn i o 'rg a n is h m u am m o lari 
O.D.Chexovich tom onidan 1969-yili alohida maqolada yoritilib, olima 
ularning o'ziga m a’lum bo'lgan o 'ttiz to 'rt turi borligini qayd qilgan 
bo'lib, ulaming nomlarini keltirgan. Ular quyidagilar:
1. O m onnom a — harbiy vaziyatda tinch qo'yish va xavfsizligini 
ta ’minlash haqidagi hujjat; 2. Ariza — m urojaatnoma bilan ta ’minlash;
3. Ahdnoma — kelishuv; 4. Barot - soliq olish huquqini beruvchi hujjat;
5. V aqtnom a — m a ’lum m o l-m u lk n i v aq f q ilish , y a ’ni xayriya 
tashkilotlariga o'tkazish xususidagi hujjat; 6. Vasiyatnoma; 7. Vasiqa; 8. 
Vasiqai batot — savdo xususidagi vasiqa; 9. Vasiqai bahshish — tuhfa 
qilinganligi to'g'risidagi hujjat; 10. Vasiqai joiz — garov to'g'risida hujjat;
11. Vasiqai ijoza — ijara to'g'risidagi hujjat; 12. Dafiar - soliqlar haqidagi 
yoki am aldorlar nom alari va m aoshlari qayd qilingan ro'yxat; 13. 
noyatnoma — tuhfa — oliy mansabdor shaxs tom onidan berilgan hujjat;
27


14. Istimolatnoma — soliqni undirish haqidagi buyruq; 15. Kabola — 
savdo haqidagi (X-XV I asrlarga oid) hujjat; 8. Mahzar — janjal qaydi; 9. 
Manshur — farmon; 10. Misol — viloyatni boshqarish huquqini beradigan 
farmon; 19. Muboraknoma — hokim devoni buyrug‘i yoki u to ‘g‘ridagi 
m a’lumot; 20. Nishon — manshur bilan bir m a’nodagi hujjat; 21. Rivoyat
— muftiy tomonidan bahsli masala bo‘yicha chiqarilgan yuridik qaror; 
22. Sulhnoma — sulh to'g'risidagi shartnoma; 23. Tilxat — qarz olinganligi 
to'g'risidagi hujjat; 24. Fathnom a - harbiy g'alaba to'g'risidagi e ’lon; 
25. Fatvo - rivoyat ma’nosida; 26. Farmon; 27. Xatti vakolat; 28. Xatti 
da’vo, ariza; 29. Xatti nikoh — nikoh shartnomasi; 30. Xatti taraka — 
meros taqsimlash haqidagi hujjat; 31. Xatti ibro - qarzdan ozod qilish 
yoki da’vodan voz kechish to'g'risidagi hujjat; 32. Hukm — qozi yoki 
hokim hujjati; 33. H ukm nom a - hukm hujjati; 34. Yorliq - xon 
tomonidan lavozimga tayinlash haqidagi hujjat.
Ushbu darslikda huquqiy hujjatlar (podsho va xonlaming farmonlari, 
yorliqlar, inoyatnomalar, rahnomalar, vasiqalar, vaqfnomalar) haqida 
tushuncha berilib, ayrim namunalar taijimalari hamda rasmiy yozishmalar 
xarakteri, maktublaming qisqa mazmuni bayon qilingan.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish