Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609-
619) Suy imperiyasi bilan ko'p urushdi va o'z mustaqilligini saqlab qoldi.
Xoqon Xelu (620-630) davrida ham bu kurash davom etdi. O'sha yillari
turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko'paydi,
mehnatkash xalqning ahvoli og'irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik
bilan foydalandilar va Sharqiy turk xoqonligi ustidan o 'z hukmronligini
o 'rnatishga muvaffaq bo 'ld ilar. Lekin k o 'p o 'tm a y , turklar Xitoy
istibdodiga qarshi qo'zg'olon ko'tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon
(Qutlug' qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi To'nyuquq boshchilik
qildilar. Natijada 681-yili G 'arbiy turklar yana mustaqillikni qo'lga
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734) keyin kuchayib ketgan feodal
kurashlar natijasida G 'arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bo'linib
ketdi va keyinchalik uning o'm iga Uyg'ur xoqonligi tashkil topdi.
G 'arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy
jihatdan birmuncha qudratli
edi. VII asrning o 'rtalarid a unga Sharqiy T urkistondan to Kaspiy
dengizigacha bo'lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan
yuksalishida Marv, Choijo'y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi
shaharlaming o'sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan
olib borilgan
savdo-sotiq ham sabab bo'ldi. Manbalarda keltirilgan m a’lumotlarga
qaraganda, G 'arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta
yarmarkalar tashkil etilib, unda ko'pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan
savdogarlar ham qatnashgan.
G'arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi
yillari 10 toifaga bo'lingan. Masalan, Chu daryosining o'ng tarafida
istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa),
daryoning so I sohilida
istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko'p o'tm ay bu
toifalar o'zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o'zaro feodal
kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo'shinlari bundan foydalanib,
658-yili G 'arbiy turk xoqonligi ycrlariga bostirib kirdilar, lekin uni
tam oman bo'ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana
tiklashga muvafTaq bo'ldi. Biroq,
katta yer egaligi, o'zaro kurashlar va
shimoldagi qo'shni xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida
xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat
tamoman qorliqlar qo'liga o'tdi. Ular 766-yili Suyabni bosib oldilar va
uni o 'z poytaxtlariga aylantirdilar.
G 'arbiy turk xoqonligi marka/.lashmagan davlat bo'lib, I5ga
yaqin
mustaqil hokimliklardan, So'g'dda
yuechji xalqidan chiqqan
ja b g 'u ,
Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg'onada ixshidlar kabilardan
tashkil
topgan edi.
132
Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So'g'd, Xorazm, Toxariston,
Do'stlaringiz bilan baham: