bedizchi
( rezchik po derevu, kamnyu,
vayatel)(DTS,90),
bitkachi
(pisets,
pisar)(DTS,10),
ayg‘uchi
(sovetnik)(DTS,28),
alimchi
(zaimodavets, kreditor) (DTS,35),
altunchi
(zolotix del master)(DTS,40) singari juda ko‘p terminlar qo‘llangan.
Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub “Muqaddimat ul-adab” lug‘atida
bu qo‘shimcha ishtirokida yasalgan, turli kasb va hunar egalarini anglatuvchi
yigirmadan ortiq nomlar qayd etilgan
: paxsachi
(vozvodyashiy glinobitniye
steni),
yag‘chi
(maslodel
), chag‘irchi
(vinodel),
bichaqchi
(nojovnik) va
h.k.( Dadabayev 1990; 80).
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ul-
lug‘atayn” asarida
–chi
affiksining vazifasiga alohida diqqat qaratgan holda,
uning
qurchi, xizanachi, yarag‘chi, chavganchi, nayzachi, shukurchi,
yurtchi, shilanchi, axtachi, qushchi, barschi, qoruqchi, tamg‘achi, jibachi,
yorg‘achi, halvachi, kemachi, qoychi
singari turfa mansab va rutbalarni
ifodalashdagi faolligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha
, qazchi,
quvchi, turnachi, kiyikchi, tavushqanchi
kabi qush ovi bilan bog‘liq
ko‘pgina terminlar ham
–chi
affiksi ko‘magida yasalgan (Alisher Navoiy
1967;116-117).
Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, globallashuv, internet va
kompyuterlashtirish asrida
–chi
affiksli modelning so‘z yasash imkoniyatlari
va doirasi bir necha barobar oshib ketdi.
Ushbu modelning so‘z yasashdagi vazifasi o‘zbek tilining
terminologik so‘z yasalish meyorlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
-chi
bilan yasalgan otlarning ma’noviy o‘ziga xosliklari u
qo‘shilayotgan o‘zakka hamda uning o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar
ta’sirida shakllanadi.
-chi
affiksli ot – terminlar semantik strukturasiga ko‘ra bir qancha
guruhlarga bo‘linadi.
1. Biron bir kasb-hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi
56
subyekt nomini ifodalovchi terminlar:
traktorchi, sportchi, vositachi, neftchi,
kabelchi, elektrchi, ekskavatorchi, hisobchi, soliqchi, uchuvchi, to‘quvchi
va
h.k.
Umumiy hodisalar hamda kasb-hunar, mutaxassislik terminlari
qatori ularning o‘z terminologiyasiga ega bo‘lgan turli soha va yo‘nalishlari
ham mavjuddir.
–
chi
affiksi kasb-hunar, mutaxassisliklarning umumiy ma’nosini
bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, ushbu kasb-hunar va mutaxassisliklarga
taalluqli ot-terminlarni yasaydi:
xizmatchi, tilchi, jangchi, chorvachi
va h.k.;
muayyan kasb-hunar, mutaxassislikning aniq sohasida band bo‘lgan
shaxsni anglatuvchi ot-terminlarni hosil qiladi:
tankchi, avtomatchi,
dozimetrchi, zenitchi, pontonchi, karatechi, gimnastikachi, voleybolchi,
bo‘yoqchi, betonchi, montajchi, payvandchi, g‘ijjakchi, skripkachi,
rubobchi, nog‘orachi, dasturchi, raketachi
(tex.) va h.k.
-chi
affiksli model kasb-hunar, faoliyatning aniq sohasini
ifodalovchi nomlardan rang-barang mazmun-ma’noli otlarni yuzaga
chiqaradi. Chunonchi:
a) qandaydir narsa-predmet, buyum, ashyo yaratuvchi subyekt
nomini bildiruvchi terminlar yasaydi:
taqachi, gilamchi, domnachi,
muqovachi, beshikchi, tanburchi, dutorchi
va h.k.;
b) ayni kasb, hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs
nomini anglatuvchi terminlarni hosil qiladi:
ayg‘oqchi, qo‘poruvchi,
ixtirochi, arendachi, auksionchi, surushtiruvchi, taftishchi, sinovchi
va h.k.;
v) muayyan kasb-hunar sohasida qo‘llanuvchi asbob-uskuna,
jihoz, buyum, texnika vositalari nomlaridan ushbu texnika vositalarini
boshqaruvchi shaxslar otini yasaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |