qamal, yurish, kechuv, ko‘rik, pistirma, qo‘shin
(eski shakli: qo‘shun),
ilg‘or, soqchi, qorovul, ayg‘oqchi, to‘pchi, dengizchi, chopar, mergan,
qochoq
va h.k.; 2) qurol-yarog‘ va aslahalar nomini anglatuvchi
to‘p, qurol-
yarog‘, kema, o‘q, qo‘ndoq, qalqon, sol, kiyim, quloqchin
va h.k.; 3)
urush,
tinchlik, g‘alaba, mag‘lubiyat, sulh, ta’qib
kabi mavhum ma’noni
ifodalovchi leksik birliklar oiddir.
Tarixiy qadimiyligi bir necha yuz yillar bilan o‘lchanuvchi
zoologik terminologiya ham hozirgi kunlarga qadar ma’lum sondagi
so‘zlarni tizimida asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Sinchkovlik bilan
qilingan tahlilga muvofiq XI-XIV asr eski turkiy til yozma obidalari tilida
qo‘llangan 432 ta zoonimning 365 tasi asl turkcha, 33 tasi forscha-tojikcha,
26 tasi arabcha, 5 tasi mo‘g‘ulcha, 3 tasi esa hind-yevropacha ekanligi
aniqlangan.
Ряд1; turk;
370; 23%
Ряд1; uyg'ur;
348; 22%
Ряд1; o'zbek;
390; 25%
Ряд1; qirg'iz;
244; 15%
Ряд1; qozoq;
230; 15%
Ряд1; ; 0; 0%
turk
uyg'ur
o'zbek
qirg'iz
qozoq
22
Sof turkiy 365 zoonimlar tub (158) hamda yasamalarga (207)
taqsimlanadi. Yasama zoonimlarning 132 tasi morfologik, 59 tasi sintaktik,
5 tasi esa semantik yo‘l bilan hosil qilingan. Chunonchi,
to‘ng‘iz, bo‘rsiq,
biya, kiyik, quyon, shunqor, g‘oz, o‘rdak, burga, qo‘ng‘iz, ot, tovuq
singari
talay leksik birliklar hozirgi o‘zbek zoologik terminologiyasi tarkibida faol
qo‘llanmoqda ( Abdushukurov 1998; 1).
VII-XIV asrlar yozma yodgorliklari matnlarida qayd etilgan
elchi,
elchilik, elchixona, yorliq, sulh, sulhnoma, xabar, josus, tashrif, ijozat,
qabul, noma, muhr, dushmanlik, nishon
va boshqa asl o‘zbekcha (turkiy)
hamda o‘zlashma so‘z va so‘z birikmalari zamonaviy o‘zbek diplomatik
terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda ( Dadabayev 1994 ;4-13.).
Ayni chog‘da, hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini
uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida
mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan
turli-tumandir. Uning safida azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumturkiy
terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli
zamonlarda kirib kelgan o‘zlashmalar ham o‘z aksini topgan. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati” materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik
terminlarning umum o‘zbek adabiy tilida qo‘llanish darajasi chastotasining
pastligini ko‘rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug‘atdan o‘rin olgan
60.000 so‘zlarning bor-yo‘g‘i 410 tasi, yani 0,7% ini diplomatik terminlar
tashkil qiladi, xolos ( Abdullayeva 2003;160).
Ma’lumki, juda qadim zamonlardan insonlarning vaqtni aniqlash, bir
makondan boshqa joyga harakat qilish, sayohatlarga borish ehtiyoji
natijasida osmon va undagi jismlar, sayyoralar ,yoritqichlar harakatini
o‘rganuvchi maxsus fan, ya’ni astronomiya shakllangan. Astronomiya
fanining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti natijasida ushbu sohaga tegishli
terminologik mikrotizim shakllandi.
Hozirgi o‘zbek tili astronomik terminologiyasi tizimi X-XIV
asrlardan e’tiboran muomalaga kirgan
nujum ilmi
(astrologiya),
munajjim
(astrolog
), yulduz, sayyora, usturlob, Hulkar, Arslon, burj, Qovg‘a, Yetagan
(Katta Ayiq),
Cho‘lpon
(Venera),
Mushtariy
(Yupiter) singari qadimiy
astroponim (kosmonim)larni saqlab qolishga erishgan ( Dadabayev 1994;
32-43).
23
Astronomiya va kosmonavtika fanlarining so‘nggi vaqtlarda jadal
rivojlanishi,tabiiy, o‘z ifodasini hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z boyligida
ham topdi.
Uran, Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‘bek asteroidi, Osiyo asteroidi,
Galley kometasi, Neuymin kometasi, selenonim, Kirill krateri
kabi
astroponimlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol ishlatilmoqda,
darslik, qo‘llanma hamda turli xarakterdagi lug‘atlarda qayd etilmoqda (
Primov 2009).
Xulllas, genetik ko‘rinishi
nuqtai nazaridan o‘zbek tilida
qo‘llanuvchi terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida
qabul qilingan so‘zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so‘zlarga
taqsimlanadi. Bunday ko‘rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning
mahsuli, deb baholash kerak bo‘ladi.
Tarixiy manbalarda muayyan narsa-predmet, tushunchani
ifodalashda ba’zan sinonimik qatorlarning ishtirok etgani kuzatiladi.
Masalan:
bek-amir, tuman-nohiya, o‘ng qo‘l-burang‘ar, mang‘lay –
hiravul, yalavach-rasul-qosid
va h.k. Terminologiyadagi sinonimlar
o‘zgacha tabiat va boshqa funksiyalarga ega bo‘lgani bois (stilistik
vazifa bajarmaydi) ayrim tilshunoslar tomonidan dubletlar deb
nomlanadi (Reformatskiy 1987.91). Sinonimiya (variantdorlik)
terminologik sistema shakllanishining boshlang‘ich davrlariga xos, bu
davrda variantlar miqdoran ko‘p bo‘lib, eng maqbul terminni tanlash
hodisasi hali reallashmagan edi (Danilenko, 1977,73).
Do'stlaringiz bilan baham: |