Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

14.3. Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. 
Yaponiya o‘z oldiga ikki vazifani: birinchi - boyish, ikkinchi - G’arb 
texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo‘yadi 
va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan 
o‘zgartirish kerakligi aytildi. 
1872 yili “Ta’lim haqida”gi qonun qabul qilindi. Bunda Yapon 
ta’limi G’arb ta’limi bilan uig‘unlashtirilgan. 1908 yilda Yaponiyada 
boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantiriddi. 1893 yili kasb 
yo‘nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo‘ldi. 
1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim 
sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar 
bepul umumiy ta’lim olishlari belgilab qo‘yilgan. 
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarinig tarkibi quyidagicha: 
bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori 
o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlaridan iborat. 
Bolalar bog‘chalari
. Ta’limning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar 
qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 
yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar. 
Majburiy ta’lim
. Ta’limning bu pog‘onasiga 6 yoshdan 15 
yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik 
boshlang‘ich maktab va 3 yillik kichik o‘rta maktab kursini o‘taydilar. 9 
yillik bu ta’lim majburiy bo‘lib, barcha bolalar bepul o‘qitiladilar va 
tekin darsliklardan foydalanadilar. 
Yuqori o‘rta maktab. Bu maktablar ta’lim yo‘nalishining 10-,11-
,12- sinflarini o‘z ichiga oladi. Yaponiyada bunday bosqich 
maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlari mavjud. Kunduzgi 
yuqori bosqichli maktablarida o‘qish muddati 3 yil. O’quvchilarning 95 
foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. Bu tarzdagi maktablarda 
o‘qish ixtiyoriydir. Unda quyi o‘rta maktablarni bitirgan yuqori bosqich 
o‘rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 yoshdan 
18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlar qabul qilinadi. Unda umumiy 


267 
ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa 
maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo‘shib hisoblaganda 95 
foiz yosh bilim oladi. 
Dorilfununlar, 
kichik 
kollejlar, 
texnik 
kollejlar, 
maxsus 
ixtisoslashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi. 
Yaponiyada boshlang‘ich, o‘rta va oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, 
bir-biridan farq qiluvchi “Ixtisos maktablari” va “turli” maktablar ham 
mavjud. Ularning ko‘pchiligi xususiy bo‘lib, turli firma, konsern va 
sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda tikuvchi, oshpaz, hisobchi, 
mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinalari uchun 
dastur tuzuvchilar va boshqa zaruriy kasblar o‘rgatiladi. Yaponiyada 
ham turli xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktablar 
mavjud. 
Boshqa maktablardan farqli o‘laroq, Yaponiya maktablarida o‘qish 
1 apreldan boshlanib, kelasi yilning 31 martida nihoyasiga etadi. 
Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv yili uch semestrga 
bo‘linadi: aprel-iyul, sentyabr-dekabr, yanvar-mart. Katta o‘rta 
maktablarda esa o‘quv yili 2 yoki 3 semestrga bo‘linadi. 
O’kuv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma 
Shtatlaridan 60 kun ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda 
darslar ertalab soat sakkiz yarimda boshlanib, uchdan keyin tugaydi. 
O’kuvchilar xaftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari klub ishlarida, 7 soat 
ixtisos bo‘yicha mashg‘ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida bo‘ladilar. 
Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida 
o‘quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’kuvchilar majburiy asosiy 
fanlardan tashkari o‘z xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va 
maxsus sinovlarga jalb etiladilar. Yapon maktablari elektron hisoblash 
mashinalari va boshqa o‘quv texnika vositalari bilan to‘la 
ta’minlanganligiga qaramay, mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor 
o‘qituvchi faoliyati va darslikka qaratilmog‘i kerak. Ularning fikricha, 
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi jonli muloqot o‘rnini har kancha, 
takomillashgan mashina ham bosa olmaydi. 


268 
Deyarli barcha darsliklar xususiy bosmaxonalarda chop etiladi. 
Ularni chop etishga mablag‘ni vazirlik ajratadi. Yuqorida kayd 
etilgandek, darsliklar boshlang‘ich va quyi o‘rta maktablarda bepul, 
yuqori o‘rta maktablarda esa pullikdir. Darsliklar narxi shundayki, ularni 
harid qilishga hammaning imkoniyati bor. Foydalanilgan darsliklar 
pullik bo‘lsa ham, tekin bo‘lsa ham o‘quvchining o‘zida qoldiriladi. 
Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga juda katta 
talablar qo‘yiladi. Bu talablar shundayki, mazkur kasbga iqtidorsiz va 
yo‘nalishi to‘g‘ri kelmaydigan tasodifiy kishilarning kirib qolishi 
amalda mumkin emas. O’kituvchilar 4 yillik dorilfununlarda va 2 yillik 
kollejlarda tayyorlanadi. Bu o‘quv yurtlarinig bitiruvchilariga birinchi va 
ikkinchi darajali guvohnomalar beriladi. 
Maktab direktori bo‘lish uchun 1-darajali guvohnomaga ega 
bo‘lish shart. Yapon o‘qituvchilarinig jamiyatda tutgan obro‘-e’tibori 
katta. Binobarin, ularning maoshlari ham yuqori, 74 foiz o‘qituvchi 
jamoa va kasaba uyushmasiga a’zo. Bu ularga ta’lim mazmunini va 
uslubini muhokama qila olish imkoniyatini beradi. 
Yapon o‘qituvchilari har 5 yilda malaka oshirish kurslarida o‘qib 
qaytadilar. Malaka oshirish o‘qituvchilarning o‘zlari uchun katta 
hxtiyojdir. Chunki Yaponiya maktablari dasturi 10 yilda davr taqzosiga 
ko‘ra o‘zgaradi. Dasturlardagi yillik o‘zgarishlar esa anjumanlar 
o‘tkazish yo‘li bilan o‘qituvchilarga etkazib boriladi.
O’qituvchilar o‘zlariga ishonib topshirilgan 35-40 o‘quvchining 
bilimi va tarbiyasi uchun javobgardirlar. Shu bois ular darsdan bo‘sh 
vaqtlarini 
o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan suhbatlarga, 
xonadonlarga tashrif ishlariga bag‘ishlaydilar. 
Yaponiyada oilaviy budjetning katta qismi bolalarning sara 
maktablarda puxta bilim olishlarini ta’minlashga, universitetlarga kirib 
bilim olishlariga sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi uchun barcha 
shart-sharoitlar yaratib beriladi. Bola tarbiyasida onalarning roli va 
ma’suliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, muloyim, 
odil va mehnatsevar bo‘lib o‘sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida 
o‘zlarini ma’sul deb hisoblaydilar. 


269 
Turli ta’limiy ko‘nikmalarni bolalar ongiga singdirish yapon 
maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2-sinf o‘quvchisi ko‘pchilik 
oldnda nutq so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lishi, 6-sinf o‘quvchisi kamida 
2 ta cholg‘u asbobida kuy chala bilishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 
suvda bemalol suza olishi kerak. 
Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni 
tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U erda 460 ta universitet bo‘lib, 95 
tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir.
1-toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali 
universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul 
qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi; 
buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, 
jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘‘tadilar. 
Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma 
oladilar va yana sinovdan o‘‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar 
o‘zining uzluksiz shaxobchasiga ega (bog‘chadan boshlab hamma 
bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish 
mumkin emas. Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4 yillik o‘qish 
5-6 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin). 
Kollejlar: 
-1-kichik kollej; 
-2-texnik kollej; 
-3-maxsus kollejlarga bo‘linadi. Uni bitirgan talabalar bakalavr 
diplomini oladi va universitetning 2- yoki 3- kurslariga qabul qilinadi. 
Yapon dorilfununlarida talabalar o‘quv jarayonida 140-150 sinov 
birligi (kredit) topshiradilar. Ularda baho mezoni - “a’lo”,
“yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz”. Yapon dorilfununlari asosan yuqori 
malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Shunga qaramay, Yaponiyada 
“Dorilfunun kishini bilim va kasbga yo‘naltiradi xolos, uni 
takomillashtirish, mukammallashtirish o‘ziga bog‘liq” deb hisoblaydilar. 
Yaponiya dorilfununida bitiruvchilarning mutlaq ko‘pchiligi xalq 
xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qiladilar. Oliy ma’lumotli 


270 
mutaxassislar soni jihatidan Yaponiya jahonda ikkinchi o‘rinda turadi. 
Ming kishiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to‘g‘ri keladi. Bu 
ko‘rsatkich AQShda har ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, 
Fransiyada 115 nafardir. 
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni aholini 
zamonaviy texnik hamda texnologik jarayonlar bilan jihozlangan hozirgi 
zamon sanoatida samarali ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda 
maktabga muhim ijtimoiy vazifani bajaruvchi, jamiyatning olg‘a 
siljishini ta’minlovchi dargoh deb qaraladi va xalq tomonidan 
e’zozlanadi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi ham 
shaklan, ham mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat olsa, 
o‘rgansa arziydigan jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni - 
Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi 
Amerika, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning 
ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o‘zlashtirilgan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish