zardushtiylik
dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura hukm
surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ning
bizgacha etib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati
tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Aleksandr
Makedonskiy boshchiligidagi yunon-makedon qo‘shinlari, so‘ngra
Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan
talonchilik, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli
barcha asarlar, manbalar yo‘qotib yuborildi. Lekin islom va islomdan
keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid
an’analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta
tahlil qilish va hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb
muammosidir.
Mustaqillikka erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga
Evropa pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa
Sharq pedagogikasi bilan G’arb pedagogikasining eng ilg‘or an’analarini
o‘rganishga e’tiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval
Sharqda taraqqiy etgan. Buyuk nemis olimi Xerler: «Sharq Evropaning
muallimidir» -deganda xaq edi.
Yuqoridagi fikrlarning o‘zi madaniyat, ma’rifat Sharqdan
Evropaga tarqalgan deyishga asos bo‘la oladi. Chunki, savodxonlik
maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi
manbalarda «Avesto», So‘g‘d, Baqtriya, Urxun-Enisey, Xorazm va
boshqa yozuvlar Turon zaminida yuzaga kelganligi, shu muqaddas
zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon
kishilar bo‘lganligidan dalolat beradi. Xaqiqatdan ham shunday, o‘zbek
xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. O’tmishimizda unutilgan
10
shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o‘rganmoq
birinchi galdagi vazifamizdir.
Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini
bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy pedagogik
tafakkur iste’moliga kiritishni taqozo etadi. VII-XII asrlar davomida
Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa,
aniq fanlarga qiziqish orta boshladi. O’sha tarixiy davrda al-Xorazmiy,
al- Forobiy, al-Farg‘oniy, al-Beruniy, ibn Sino, az-Zamaxshariy singari
qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ulug‘ mutafakkirlar inson ma’naviy va
tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy
qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol
o‘ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV -
XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy,
Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin
Muhammad Bobur, singari allomalarni voyaga etkazdi. U davrda
Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga
keldi.
Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning
madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko‘rilmagan
darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq-odobga oid qarashlari,
pedagogika fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jahonga o‘rnak bo‘larli
ma’no va mazmun kasb etgan.
Oktyabr to‘ntarishidan keyin, ya’ni 1917 yildan boshlab Turkiston
mintaqasida «Yashin tezligida» Sho‘ro hokimiyati o‘rnatila boshlandi.
Bu tuzum komunistik mafkurani targ‘ib va tashviq qildi. Sho‘ro
hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktablar ochish
va ularni mustahkamlash vazifalari ko‘ndalang qilib qo‘yiladi. Unda
yoshlar ongiga mustabid hokimiyat g‘oyalarini singdirish, shu ishlarni
amalga oshiradigan pedagog xodimlar tayyorlashga e’tibor berildi. U
ishlarni amalga oshirishda Rossiya xalq ta’limi yo‘nalishi va tizimi
etakchilik qilgan. Tarixdan ma’lumki, qaysi davlat yoki mamlakat
hukmron bo‘lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o‘z mafkurasini,
madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat qilgan.
11
1924 yildan boshlab Turkistonning parchalanishi, milliy
respublikalar tashkil etilishi oqibatida milliy madaniyat yo‘li asta-sekin
to‘sila boshlandi. Asrlar osha amalda qo‘llanib kelingan, qomusiy ilmlar
bitilgan yozuv man etildi. Avval lotin keyin rus grafikasi asosida
qurilgan yozuvga o‘tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarining o‘z
madaniyati tarixini o‘rganish imkoniyatidan mahrum qildi.
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan
o‘zbek fan va madaniyatining asoschilari, musulmon olamining ulug‘
zotlari emas, balki o‘zbek xalqi kamolatiga aloqasi bo‘lmagan shaxslar
faoliyati o‘rgatildi.
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karim,
Muhammad Alayhissalom xadislarini o‘rganish taqib ostiga olindi.
Natijada o‘zbek xalqi milliy axloq-odobi va tarbiya an’analaridan
mahrum bo‘la boshladi. Bu yo‘qotish o‘zbek fani, madaniyati va
pedagogika fanlari rivojlanishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
1991 yilga kelib, O’zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach,
o‘zining yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo‘lganidek
o‘zbek milliy fani va madaniyati, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”ga
ham yangicha yondashish imkoniyati tug‘ildi.
O’tmishda atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni
aytib qoldirganlar, bularni o‘rganish pedagogik tafakkurning o‘sishiga,
pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz o‘rganmoqchi bo‘lgan
pedagogika nazariyasi va tarixi fanining maqsad va vazifalarini
aniqlashimiz va buni ta’lim-tarbiya jarayonida amaliyot bilan bog‘lab
qo‘llashimiz va takomillashtirishimiz lozimdir.
Demak, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani eng qadimgi
zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlardagi
tarbiya, maktab va pedagogik nazariyalar taraqqiyotini milliy va
umuminsoniy aqidalarga tayanib o‘rganadi. Zero, pedagogika tarixi
fanini o‘rganish o‘qituvchining pedagogik mahoratini, madaniyatini
oshiradi. Unga o‘tmishdagi eng yaxshi tajribalarni hozirgi zamon
maktablari ta’lim-tarbiya jarayoniga bog‘lab tahlil etish imkoniyatini
12
yaratib beradi. Bu fanni o‘rganish o‘qituvchining umumpedagogik bilim
darajasini kengaytiradi, pedagogik merosga to‘g‘ri munosabatda
bo‘lishiga undaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, biz pedagogika tarixini
o‘rganishimiz orqali jahon madaniyati, ta’lim-tarbiya, maorif
muassasalari tizimini takomillashib borish jarayoni haqidagi umumiy
tasavvurga ega bo‘lamiz. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani bo‘lajak
o‘qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftihor va g‘urur
hissini ham tarbiyalaydi.
Chunonchi, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek “Xalqimiz tayanchi
- ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir xazina. Bu
xazinadan odilona foydalanish lozim”.
Pedagogika nazariyasi va tarixi ijtimoiy fan bo‘lib, tarixiy
pedagogik hodisalarga davr talabi asosida yondashadi, tarbiya nazariyasi
va amaliyotini turli bosqichlarida xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni:
pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O’zbekiston tarixi, jahon
xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va
boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz pedagogika nazariyasi va tarixi fanini o‘rganish va tahlil
qilishimizda quyidagilarga asoslanamiz. Bular: qadimgi yozuvlar,
bitiklar, qo‘l yozma yodgorliklari, Sharq mutafakkirlarining ilmiy,
ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar,
dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga
oid materiallar, matbuot materiallari, Prezidentlarimiz Islom Karimov,
Shavkat Mirziyoyevlarning ta’lim-tarbiyaga doir asarlari, nutq va
maqolalaridir.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining metodologiyasi esa milliy
va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va
Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g‘oyasi
haqidagi nazariyalar hisoblanadi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |