O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Narxni erkinlashtirish.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar 
erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat turli 
kompensatsiya jamg’armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish 
haqi, pensiya, nafqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. 
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan 
bevosita bog’liq. 1992-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining “
Monopol 
faoliyatni cheklash to‘g‘risida”
gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida 
raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi 
va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo 
siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, 
ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. 
Bozor infratuzilmasi. 
Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bozor 
infratuzilmasini yaratishdan iboratdir. 
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, 
tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. 
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat 
qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari – turli muassasalar, tashkilotlar va 
korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi 
transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari 
yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega. 
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq 
„Respublika ko‘chmas mulk 


201 
birjasi“, „Tovar xomashyo birjasi“, „Toshkent fond birjasi“ 
tashkil etildi. Bu 
tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991-2000-yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 
496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, 
tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat 
muassasalari tashkil etildi. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga 
ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va 
ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat 
qiluvchi infratuzilma – yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta 
kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari 
yaratildi. 
Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. ,,O’zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“, „Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida“gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy asoslari 
belgilab berildi. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qiluvchi maqomga ega. 
Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat 
ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga 
xizmat ko‘rsatdi. Viloyat, shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar 
ochildi. Minibanklar soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. 
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari 
qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat 
banklarining iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati, moliya 
bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. To‘lovlarni naqd pulsiz 
plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimi yaratildi. So‘mdagi plastik 
kartochkalar 1996-yilda paydo bo‘ldi. 2011-yilda muomaladagi bank plastik 
kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish 
shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar soni 86 
mingtaga yetdi. 
2000-2012-yillarda aholining banklarga qo’ygan omonatlari hajmi 60 barobarga 
o’sganligi mulkdorlar qatlamining ortib borayonganini ko’rsatadi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan 
himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor 
munosabatlariga xizmat qiluvchi 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish