Toshkent davlat
texnika universiteti
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti —
Oʻzbekistonda
elektrotexnika, mexanika, texnologiya, geologiya va
energetika sohasida kadrlar
tayyorlaydigan
Oliy taʼlim muassasasi
.
Toshkent davlat texnika universiteti
(TDTU)
TDTU.png
Asos solingan
1918
Oʻquv yurti turi
universitet
Tipi
mashinasozlik
Sohasi
texnik
Rektori
Sadriddin Turobjonov
Talabalari
12000
Fakultetlar
7
Bakalavriat
4 yil
Magistratura
2 yil
Manzili
2-uy
Toshkent
, Universitet koʻchasi
Oʻzbekiston
1918-yilda
tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida
„Elektromexanika“ boʻlimi ochilgan boʻlib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi boʻyicha
kadrlar tayyorlab chiqarish ham moʻljallangan edi.
1920-yilda
fakultet davlat universiteti
maqomiga ega boʻlgach, unda „Maxsus mexanika“ boʻlimi taʼsis etilib, 69
talaba taxsil ola
boshladi.
[1]
1952-yilda
mazkur fakultetlar negizida Toshkent politexnika instituti tashkil topdi.
Oʻzbekiston Prezidentining
1991-yil
30-apreldagi
farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi
1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va
Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi.
Ayni vaqtda Vazirlar
mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini
birlashtirib —
Toshkent arxitektura-qurilish
instituti
, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat
texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib —
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
tashkil etish
haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda
ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy
texnika oʻquv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent meʼmorchilik-qurilish
instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta
qurishlardan Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“,
„avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“,
„radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“.
Toshkent mashinosozlik
institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash;
traktor va
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi — Toshkent davlat texnika
universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.
1. Muhandislik texnologiyalari
fakulteti
2. Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti
3. Mashinasozlik fakulteti
4. Elektronika va avtomatika fakulteti
5. Energetika fakulteti
. Fakultetlararo umumtaʼlim kafedralari fakulteti
7. Mexanika fakulteti