Va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi



Download 329,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana07.07.2022
Hajmi329,08 Kb.
#753286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Choriyev Lazizbek

Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi 
Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha 
yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun 
asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab 
qilinmaydi. 
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar 
boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. 
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning taxallusi 
uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop 
etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar 
bo‘lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya 
qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday 
asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o‘zining muallif ekanligini ma’lum 
qilguniga qadar amalda bo‘ladi. 
Mualliflik huquqining muhofaza belgilari 
Mutlaq mualliflik huquqlari egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun 
mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi 
asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo‘ladi: 
aylana ichidagi lotincha “S” harfi; 
mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi); 
asar birinchi marta chop etilgan yil. 
Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha 
hol isbotlangan bo‘lmasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi. 
Hammualliflik 
Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida 
yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki 


har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, 
hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi. 
Agar asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bog‘liq bo‘lmagan 
holda foydalanish mumkin bo‘lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qism deb 
e’tirof etiladi. 
Hammualliflarning har biri, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida 
nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan 
qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. 
Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida 
belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, asarga bo‘lgan mualliflik huquqi 
barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular 
o‘rtasida teng taqsimlanadi. 
Agar hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan 
foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan 
hech biri haqli emas. 

Download 329,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish