m unosabatda b o ‘lganlar. Shu bois ularning axloqiy m uam m olarga
bag‘ishlangan maxsus asarlari yo‘q. Ular asosan
inson erki muammosini
ishlab chiqarish va sinfiylik tushunchasi bilan bog‘liq holda o ‘rgandilar.
Chunonchi, Marksning uch jildlik «Sarmoya» («Kapital») asarida iqtisodiy
masalalar, qo‘shimcha qiymat muammosi ko‘tariladi, insonning iqtisodiy
begonalashuvi, mehnatdan begonalashuvi singari holatlar odamning o ‘z
asl mohiyatidan begonalashuviga olib kelishi, uni erksiz mavjudotga
aylantirib qo‘yishi haqidagi teran qarashlar ilgari suriladi.
Lekin bu ta ’limot o ‘ta mafkuraviylashtirilgan bo‘lib,
unda insonning
m a’naviy m unosabatlari m asalalari, afsuski, iqtisodiy m uam m olar
soyasida qolib ketadi, inson bor-yo‘g ‘i
obyektning, moddiy tabiatning
bir bo‘lagi sifatida olib qaraladi, bevosita b o ‘lmasa ham, bilvosita shaxs
erkinligi
deyarli inkor etiladi; shaxsning fikri, u kim bo‘lishidan q at’i
nazar, jamoatchilik fikriga bo ‘ysundiriladi. Bu ta ’limot am alda tatbiq
etilganida, uning asoschilari buni qanchalik istamagan bo‘lishsin, doim
jamiyatda tenglashtirish hodisasi vujudga keladi. Bundan tashqari,
markschilik insoniyatni,
millatni, jam iyatni sinf deb atalmish bir necha
bo‘lakka bo‘lib tashlaydi, natijada umuminsoniy qadriyatlar sinfiy nuqtayi
nazardan qayta baholanadi.
Marks Yozef Veydemayerga yozgan xatlaridan birida o ‘z ta ’limotining
yangiligini quyidagi tarzda qisqacha ta ’riflaydi: 1) sinflarning mavjudligi
faqat ishlab chiqarish taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichi bilan
bog'liq; 2) sinfiy kurashning yo‘qsillar (proletariat)
diktaturasiga olib
borishi zarurat; 3) shu diktaturaning o ‘zi har qanday sinfiylikni yo‘qotish
va sinfsizjamiyatga o ‘tishdan iboratdir. Yo‘qsillar diktaturasini o ‘matishga
esa, «Kommunistik partiya manifesti»da aytilganidek, mavjud ijtimoiy
zulmni butkul zo'rlik yo‘li bilan ag‘darib tashlash orqaligina erishiladi.
Inqilob va yo'qsillar diktaturasining mohiyatan avtoritarligi haqida Engels
mana bunday deydi: «Inqilob,
shubhasiz, o ‘ta avtoritar narsa. Inqilob
shunday hodisaki, unda aholining bir qismi ikkinchi qismiga o ‘z xohish-
irodasini miltiq, nayza va zambaraklar vositasida, ya’ni favqulodda avtoritar
vositalar yordamida o'tkazadi. A garg‘alaba qilgan partiya o ‘z harakatlari
mevasini boy berishni istamasa, u hukmronligini reaksionerlami qo‘rquvda
tutadigan qurollar vositasida ushlab turishi kerak»1.
Qiziq, nima uchun g‘alaba qilgan partiya, m ohiyatan qandayligidan
Do'stlaringiz bilan baham: