Abdulla sher axloqshunoslik


U nimadir, yem adilar — to yd i/a r?



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

U nimadir, yem adilar — to yd i/a r?
U nimadir, ulug‘ kunga q o y d ila r?
Ul kim edi tovonidan so ydi/a r?
Shoir bo ‘Isang, shun dan bizga xabar ber!
D u r d i s h o i r — 
U diydordir, yem adilar
— 
to ydi/ar,
U nam ozdir, qiyomatga q o yd ila r,
Nasimiyni tovonidan so yd ila r,
Bizdan salom bo ‘Isin, ja vo b shul erur!
1
Shunday qilib, ushbu misolda uch xil tanlovni, uch xil m as’uliyatni 
va ixtiyor erkinligidan uch xil foydalanishni ko‘rdik. D em ak, har bir 
insonning bu dunyoda axloqiy tanlov sinovidan o ‘tmasligi m um kin 
emas.
3. Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar va axloqiy ravnaq
muammosi
Dastlabki axloqiy q o n u n -q o id a la r ana shu tan lo v n i ro ‘yobga 
chiqarishga, yana ham aniqroq aytganda, uni osonroq amalga oshirishga 
xizmat qilgan. Ilk axloqiy qoida « 0 ‘zingga ravo ko'rm agan narsani 
boshqaga ravo ko‘rma» m azm unida dunyoga kelgan. U ning hozirgi 
zamondagi ekvivalenti «Pichoqni aw al o'zingga ur, og‘rimasa birovga 
иг», «О zingni er bilsang, o'zgani sher bil» kabi maqollarda aks etgan. 
«Axloqning oltin qoidasi» deb atalgan ushbu qoida, bizningcha, eng 
qadimiy axloqiy talablardandir. Zero, xun olish talabi keyinroq paydo 
bo lgan va insonning asl mohiyatiga to ‘g ‘ri kelmaydigan qoidalardan.
Barcha muqaddas kitoblarda insonni zo‘rlik bilan jonsiz qilish mumkin 
emasligi ta ’kidlanadi. Biz ko‘rib o ‘tganimiz, bundan deyarli o ‘ttiz asr 
muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining m uqaddas kitobi 
«Avesto»dayoq axloqiy qonun-qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor.
1 Maxtumquli. Saylanma. Т ., « 0 ‘zbekiston», 2008, 10-b.
215
www.ziyouz.com kutubxonasi


Unda insonni inson tomonidan o‘ldirishgina emas, balki it, ot kabi 
hayvonlami jonsiz qilish, daraxt va o ‘simliklarni behuda payhon etish 
qat’iyan man qilinadi, inson faqat ezgu o ‘y, ezgu so z va ezgu a mol 
bilan yashashi lozimligi ta ’kidlanadi. Bibliyoda Qobilni о ldirgan Hobildan 
Tangri xun olmaydi va uni o ‘ldirmaslikni talab etadi. Buddha ta ’limoti 
jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda « 0 ‘z 
qavmdoshingni sev», «Odam o‘ldirma» degan da vatlar asosiy qoidalar 
sifatida namoyon bo‘ladi. Qur’oni karimda esa xun olishdan ко ra tovon 
olmoq ma’qulligi aytiladi va musulmonlar o‘zaro faqat go‘zal munosabatlar 
qilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun-qoidalar 
muqaddas kitoblarda o ‘z aksini topgan zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan 
javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan.
Inson axloqiy hayotining asosi bo‘lgan ana shu qonun-qoidalar hozir 
ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Odamlar ularni og ir majburiyat 
deb bilmasdan, dil-dildan bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun 
tinmay harakat qilishlari axloqiy ravnaqdan dalolatdir. Zero, ana shu 
yo‘lda odam komil inson bo‘lib yetishadi.
Hozirgacha bo‘lgan bizdagi an’anaviy-sho‘roviy axloqshunoslikda 
axloqni tarixiy materializm tamoyiliga asoslanib davriylashtirish qabul 
qilingan: quldorlik axloqi, feodalizm axloqi, buijua axloqi va h.k. 
T a rix iy lik n u q ta y i n a z a rin i rad e tm ag an h o ld a , biz b u n d a y
davriylashtirishga ehtiyot b o ‘lib munosabat qilishni tavsiya etardik. 
Negaki, u axloq ilmini soxtalashtirishga, bir tomonlama qat iy hukm 
chiqarishga asoslangan. Chunonchi, unda «quldorlik axloqi» degan 
tushuncha mavjud va u q at’iy ravishda «Qul — rasmona odam emas, 
jonli narsa», degan tamoyil bilan ish ko‘radi. Shunday ekan, u holda, 
aw alro q keltirganim iz, Qadimgi M isr donishm andi Pxatotepning 
«Pandnoma»sidagi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so z, 
holbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin», degan hikmatini 
qanday tushunish mumkin? Yoki Qadimgi yunon masalchisi, qul Ezopga 
xo‘jayinining munosabati, bekasining uni sevib qolishi yoki Qadimgi 
Rumoda ba’zi bir ozod etilgan qullarning keyinchalik senatorlardan 
ham kattaroq obro‘ga ega bo‘lganini qanday izohlaymiz. Yoki «О tgan 
kunlar»dagi Hasanalining Yusufbek hoji oilasidagi mavqeyi-chi? Xuddi 
s h u n in g d e k , O lr ta a s r la r d a a jd o d la rim iz y a ra tg a n d u r d o n a
pandnom alarda, odatda, amaldorlar va feodallar emas, balki oddiy xalq 
vakillari ko‘p hollarda axloqiy jihatdan ustun qilib tasvirlanadi. Abu 
Bakr ar-Roziy o ‘zining «Kambag‘allar tabobati» degan nom bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashhur bo‘lgan kitobida, hatto, m ana bunday deb yozadi: «Q o‘li qisqa 
kishilarning bolalari kambag‘al va kam tarona yashayotganliklari tufayli 
halol, fazilat egalari b o ‘lib yetishishlari m um kin, zero , ularning 
b osh q alarga n isb a ta n s a b r-to q a t k o ‘rsa tish la ri, ta rb iy a h a m d a
mashg‘ulotlarda qiyinchiliklarga bardosh berishlari oson k o ‘chadi»‘.
Xo'sh, bu misollar istisnomi? Aslo. Istisnoli holatlam ing bunchalik 
ko‘p bo‘lishi m um kin emas. G ap shundaki, «quldorlik axloqi» yoki 
«feodalizm axloqi» deganda aslida axloqiy tamoyil emas, balki mazkur 
davr yoki tuzum ilgari surgan huquqiy tamoyillar nazarda tutilgan. 
Natijada, yuqoridagi misollarda ko‘rganimizdek, ichki axloqiylik bilan 
tashqi huquqiylik doim o kurashib kelgan. Ana shu nom utanosiblik 
sababli k o ‘pgina m u tafak k irlar chalkash xu lo salar c h iq a ra d ila r. 
C hunonchi, Sartr, AQSHdagi fuqarolar urushi davrida k o ‘tarilgan 
axloqiy muammolar hozir ham insoniyat oldida turibdi, bu borada 
yaxshilanish ro‘y bergan emas, deydi. Demak, Sartr to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri 
axloqiy ravnaq yo‘q, degan fikrni ilgari suryapti. Bunga qo'shilib 
bo'lmaydi.
Agar ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, ixtiyor erkinligi, 
tanlov singari tushunchalar hanuzgacha o ‘z nomini saqlab qolganini, 
o ‘zgarmaganini nazarda tutsak, balki Sartr haqdir. Lekin, axloqiy 
tush u n ch alarn in g nom lari o ‘z - o ‘zicha m avhum va s o f m an tiq iy
hodisalardir. Ularning muayyanlashuvi va yashashi makon va zam on 
ichidagi inson xatti-harakatlariga bog'liq. Masalan, nom ustushunchasini 
olaylik. U yuqorida keltirganimiz talion — xun olish davrida ham bor 
edi va ana shu xun olishning amalga oshirilishi orqali m a’no kasb 
etardi. Tarixga nazar tashlasak, hatto xun olish jarayonining ham tadrijiy 
taraqqiy topib borganini ko‘rish mumkin. Dastlab qabiladoshi o ‘ldirilgan 
jabrdiyda qabila qotil qabila a ’zosidan aynan o ‘ch olishi kerak edi. 
Masalan, agar qotil o ‘z raqibining aw al o ‘ng q o ‘lini chopib, so‘ng 
chap qulog‘ini kesib, undan keyin boshini olgan b o ‘lsa, xuntalab ham 
xuddi shuni aynan takrorlardi. Keyinchalik murakkab jarayonlardan 
kechildi: shunchaki o ‘ldirilsa — bas. Hozirgi davrga kelib esa xun olish 
axloq muammosi sifatida kun tartibidan chiqib ketdi. Endi nom us 
tushunchasining asosiy qamrovi boshqacha.
Demak, insoniyat tarixida axloqiy ravnaq b o ‘lgan va u davom etib 
kelmoqda. To‘g‘ri, bu davom etish q a t’iy tadrijiylikka ega emas. U
www.ziyouz.com kutubxonasi


goho susayish, ba’zan esa bir oz ortga chekinish, ba’zan bir qancha 
muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin, katta davrlar va tarixiy 
oraliqlarni olib qaraydigan b o ‘lsak, axloqiy ravnaqning mavjud ekaniga 
ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid tuzum lar va shaxslar keltirib 
chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli ham da 
o ‘tkinchi hodisalardir. Zero, insonning asosiy mohiyati o‘zini va o ‘z 
jamiyatini ravnaqqa qarab taraqqiy ettirib borish bilan belgilanadi. Axloq 
esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish