Qoniqarli
Bolalar naqsh mashqini mustaqil bajarganlaridan so‘ng psixolog aytadi:
«Keyingi naqshni chizamiz. Qalamlarni oling. Endi
qalamlarni keyingi nuqtaga
qo‘ying. Tayyorlaning, diktantni boshlaymiz. Bir katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga.
Bir katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak o‘ngga. Bir katak
pastga. Bir katak o‘ngga. Endi huddi shu rasmni chizishni o‘zingiz davom
ettiring». Hamma bolalar ham naqsh rasmini «anglab» olmasliklari mumkin.
Rasmni anglab olgan bolalar topshiriqni bajarishni mustaqil tugallaydilar. Odatda
bunday
Qoniqarsiz
bolalar «Men qanday rasmligini tushundim» yoki «Men
chizishni qanday davom
ettirishni bilaman» deydilar. Bolalarning bunday iboralarini ma’qullash va
topshiriqni mustaqil yakunlashni taklif etish kerak. Naqshni anglab olishga qiy-
nalgan bolalar uchun psixolog butun rasmni asta-sekin va chidam bilan aytib
turishi kerak.
Hamma bolalar topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin psixolog shunday deydi:
«Keyingi naqshni chizamiz. Diqqat. Uchta katak yuqoriga. Bitta katak o‘ngga.
Ikkita katak pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita katak yuqoriga. Bitta katak o‘ngga.
Uchta katak pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita katak yuqoriga. Bitta katak o‘ngga.
Endi naqshni o‘zingiz davom ettirishga urunib ko‘ring».
Uchinchi topshiriq eng murakkab hisoblanadi. Shuning
uchun psixolog tashxis
jarayonida e’tiborli bo‘lishi va bolalarga topshiriqni bajarishda dalda be-rib turishi
kerak.
Izoh
Topshiriqni bajarishni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
•
bola verbal ko‘rsatmani qabul qila oldimi yoki psixolog topshiriqni bajarishni
qog‘ozda yoki doskada ko‘rsatdimi;
•
bola qator oxirigacha topshiriqni to‘g‘ri bajardimi;
•
ishning qaysi bosqichida bola resm chizishning mantiqiy qonuniyatini «anglab»
yetdi;
•
topshiriqni bajarish dinamikasi oddiydan murakkabga — uchinchi grafik
rasmda takrorlanish davriyligi keskin murakkablashadi;
•
kuchga —
qalamni bosish zaifligiga, yumshoqligiga, topshiriqni bajarishidagi
yengillikka alohida e’tibor beriladi.
Loyihaviy metodikalar natijalarini tahlil qilishda qalamni qattiq bosish — yuqori
bezovtalanish belgisi, zaif bosish — o‘ziga, o‘z kuchiga,
imkoniyat-lariga
ishonmaslik belgisi hisoblanadi.
Agar bola har bir rasmni bajarishda uni qator oxirigacha xatosiz yetkazgan
bo‘lsa, u holda o‘rganish saviyasi yaxshi degan xulosaga kelish mumkin. Agar u
xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u holda psixolog xato xususiyatlariga e’tibor
berishi
kerak. Agar rasm kattalashsa yoki kichiklashsa — bu o‘lcham va shaklni qabul
qilish buzilganligi haqida guvohlik beradi. Agar rasm yuqoriga yoki pastga
«ketsa», bu namunaga uzoq vaqt taqlid qila olmaslikni bildiradi.
Bu yerda gap
namunaga amal qilish ko‘nikmasiningturg‘un shakllanganligi haqida borayapti.
Masalan, shunga o‘xshash xatolarga yo‘l qo‘yadigan bola kelgusida yozish
malakalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv vazifalarini bajarayotganda taklif
etilgan yozuv elementini qator oxirigacha yetkaza olmaydi. Bunday bolalarga qator
o‘rtasiga harfni yoki yozuv elementi-ni yana bir marta yozib qo‘yish
tavsiya
etiladi. Uchinchi topshiriqetarlicha murakkab bo‘lganligi sababli, bolalar uning
birinchisini ikkitasidan yomonroq bajaradilar. Bunday bolalarga yana bir naqshni
(psixolog o‘zi o‘ylab topgan) bajarishni taklif etadi. Shundan so‘ng yana uchinchi
murakkab mashqni bajarishga qaytish mumkin.
Agar
bola yana bajara olmasa, u
holda bolaning o‘qitilish saviyasi yetarlicha past deb taxmin qilish mumkin.
O‘qituvchilar
va
ota-onalarga
o‘quv
vazifalarini
bajarishda
bolalarni
shoshiltirmaslik tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: