O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

Dunyo okeani global 
monitoringini
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Xalqaro miqyosda atrof muhit, shu jumladan, Dunyo okeani 
monitoringi tizimini tashkil etishning zarurligi ilk bor 1971 - yilda Ilmiy 
Uyushmalar Xalqaro Kengashning Atrof muhit muammosi bo‘yicha ilmiy 
qo‘mitasi (SKOPE) tomonidan asoslab berilgan. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (BMT) ning 1972 yilda Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tgan 
konferensiyasida esa Atrof muhit manitoringi global tizimini yaratish 
haqidagi masala ko‘tarildi. Natijada, 1975 yildan boshlab, bu boradagi 


174 
barcha ishlar BMT ning Atrof muhit dasturi (YUNEP) asosida olib 
borilmoqda. 
Bugungi kunga kelib, Dunyo okeanining majmuali global 
monitoringi xalqaro miqyosda amalga oshirilmoqda. Uning asosiy 
maqsadi, okeanlar va dengizlarda mavjud bo‘lgan eng muhim 
ekosistemalarning holatini kuzatish, baholash hamda ularda kelajakda 
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni prognozlashdan iborat. Bu tadbirlarning 
amalga 
oshirilishi 
natijasida 
insoniyatning 
kelajakda 
barqaror 
rivojlanishiga puxta zamin yaratiladi.
12.4. Gidrologiyaning taraqqiyot istiqbollari 
Kursni o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldiki, gidrologiya keng 
qamrovli va, ayni paytda, ko‘p qirrali fanlardan biridir. Gidrologiyaning 
alohida fan sifatida e’tirof etilganligiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmaganligiga 
qaramasdan, bu fan uslubiy, nazariy jabhalarda va, eng muhimi, insoniyat 
ehtiyojlarini qondirish borasida ancha yutuqlarga erishdi. 
Xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, shuningdek, insoniyatning barqaror 
rivojlanishi muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday fan kabi 
gidrologiya ham doimiy rivojlanishda va ilmiy-nazariy jihatdan 
takomillashib borishda davom etmoqda. Uning kelajak istiqboldagi 
rivojlanishi, birinchi navbatda, amaliyot talablari bilan, qolaversa, fanning 
o‘zi ichki takomillashuv qonuniyatlari bilan bog‘liqdir. 
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida suvning ahamiyati 
naqadar ulkan ekanligi hammaga ayon. Shu tufayli tabiiy suvlarda inson 
hayotida va xalq xo‘jaligida foydalanish ko‘lami kundan-kunga ortib 
bormoqda. Bu holat “Gidrologiya” fani oldiga gidrologik jarayonlar va suv 
resurslarining 
shakllanish 
qonuniyatlarini 
tadqiq 
etishni 
yanada 
rivojlantirish, tabiiy suvlardan foydalanishning tejamli va samarali 
yo‘llarini izlash, ularni ifloslanish va miqdoriy kamayishdan muhofaza 
qilish kabi qator masalalarni qo‘ymoqda. 
Mutaxassislar va olimlar fikriga ko‘ra, “Gidrologiya” fanining 
kelajakda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarda aks etadi: 
- gidrosfera va unda kechadigan gidrologik jarayonlarni tadqiq etish; 
- suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish va ularni 
miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash; 
- amaliy gidrologiya, ya’ni gidrologik hisoblashlar va gidrologik 
prognozlar usullarini takomillashtirish; 
- tabiiy suvlar muhofazasi va ulardan oqilona foydalanish; 
- gidroekologik tadqiqotlarni kengaytirish va gidroekologik 
ekspertizani keng miqyosda yo‘lga qo‘yish; 


175 
- gidrologiya xizmati, ya’ni xalq xo‘jaligi turli tarmoqlari talablarini 
gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
- gidrologik tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish 
va mustahkamlash; 
- gidrologiya sohasi bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish