suv ombori suvining
minerallashuvi
deb, uning bir litrida mavjud bo‘lgan gramm yoki
milligrammlarda ifodalangan erigan moddalar miqdoriga aytiladi.
O.A.Alyokin barcha tabiiy suvlarni, shu jumladan, daryo suvlarini
ham ular tarkibidagi anionlar miqdoriga bog‘liq holda quyidagi uchta
sinfga bo‘ladi:
-
gidrokarbonatli (karbonatli) suvlar,
ularda HCO
3
va CO
3
anionlari boshqa anionlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi;
-
sulfatli suvlar
- SO
4
anionlari ko‘p;
-
xloridli suvlar
da Cl
anionlari ko‘p bo‘ladi.
O‘rta Osiyodagi ba’zi suv omborlari suvining gidrokimyoviy tarkibi
11.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Jadvaldagi S-gidrokarbonatli suvlar sinfini, S-
sulfatli suvlar sinfini, SS-gidrokarbonatli-sulfatli suvlar sinfini ifodalaydi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Qayroqqum, Tuyamo‘yin, Quyimozor,
Chordara suv omborlari o‘rtacha ko‘p yillik minerallashuv darajasining
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ularda o‘rtacha yillik ionlar yig‘indisi 1000
mg/l dan katta.
O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha Tuyamo‘yin suv ombori suvining
gidrokimyoviy tarkibi sulfatli sinf, II tip, natriyli guruhga mansubdir.
Jadval ma’lumotlari yana shundan dalolat beradiki, tog‘li
hududlardagi suv omborlarida minerallashuv darajasi tekislikdagilarga
nisbatan ancha kam. Masalan, Chorbog‘, O‘rtato‘qay, Tuyabo‘g‘iz suv
omborlarida ionlar yig‘indisi 200300 mg/l oralig‘ida o‘zgaradi. Tekislikda
joylashgan Quyimozor suv omborida esa uning qiymati 1150 mg/l gacha
ortadi. Shu bilan birga, tog‘ suv omborlarining suvi O.A.Alyokin tasnifi
bo‘yicha gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, tekislik suv omborlari esa
aksariyat hollarda sulfatli sinfga kiradi.
11.6. Orol dengizi sathining pasayishi va uning sabablari
Prezident Islom Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida
Orol fojiasiga alohida e’tibor berib, jumladan shunday yozadi:
"Orol
dengizining qurib borishi xavfli, g‘oyat keskin muammo, aytish mumkinki,
milliy kulfat bo‘lib qoldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik
161
ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan
qariyb 35 million kishi uning ta’sirida qoldi. Biz 20-25 yil mobaynida
jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo‘qolib borishiga
guvoh bo‘lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz
halok bo‘lgani holi hali ro‘y bergan emas edi".
Haqiqatan ham Yer kurrasidagi ko‘pchilik ko‘llarning tabiiy
gidrologik rejimi insonning xo‘jalik faoliyati, ya’ni antropogen omillar
ta’sirida keskin o‘zgarishga uchramoqda. Bu holat Orol dengizida yaqqol
ko‘rinadi.
Bu fojianing asosiy sababi quyidagilardan iborat. XX asrning 60-
yillaridan boshlab Orol dengizi havzasida joylashgan barcha davlatlar -
O‘zbekiston,
Qozog‘iston,
Qirg‘iziston,
Tojikiston,
Turkmaniston
hududida, asosan, paxta yakkahokimligini ko‘zlab, sug‘oriladigan ekin
maydonlarini kengaytirish avj oldi. Shu maqsadda havzada suv omborlari,
kanallar qurilishi ishlari keng miqyosda boshlab yuborildi. Ayni bir vaqtda,
Orol havzasi mamlakatlarida sanoat tarmoqlarining, ayniqsa, uning suvni
ko‘p ishlatadigan sohalari - kimyo, rangli metallurgiyaning jadal sur’atlar
bilan rivojlanishi hamda aholi sonining o‘sib borishi natijasida suvga
bo‘lgan talab yildan-yilga orta boshladi. Natijada, havzada mavjud bo‘lgan
barcha suv resurslari inson izmiga to‘la bo‘ysundirildi. Oqibatda, dengizga
Amudaryo va Sirdaryo keltirib quyadigan suv miqdori yildan-yilga kamaya
bordi. Bu esa, o‘z navbatida, dengiz sathining jadal sur’atlarda pasayishiga
olib keldi.
Orol dengizi O‘rta Osiyoning yog‘in eng kam yog‘adigan Qoraqum,
Qizilqum, Ustyurt, Katta Bo‘rsiq, Kichik Bo‘rsiq cho‘llari tutashgan
qismida joylashgan. U XX asrning 60-yillarigacha suv yuzasi maydonining
kattaligi jihatdan O‘rta Osiyoda birinchi, dunyo bo‘yicha esa Kaspiy
dengizi, Shimoliy Amerikadagi Yuqoriko‘l, Afrikadagi Viktoriya
ko‘llaridan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda turgan.
Orol dengizi suv rejimini doimiy kuzatish ishlari 1911 - yildan
boshlab olib borilmoqda. Shu yildan 1961 - yilgacha bo‘lgan 50 yillik davr
ichida dengizning o‘rtacha ko‘p yillik suv sathining mutlaq (absolyut)
balandligi 53,04 metrga teng bo‘lgan. Shu muddat davomida suv eng ko‘p
bo‘lgan 1936 - yilda o‘rtacha yillik suv sathi 53,59 metrgacha ko‘tarilgan
bo‘lsa, suv eng kam bo‘lgan 1919 - yilda esa 52,61 metrgacha pasaygan.
Demak, 1911-1961 - yillarda dengizning o‘rtacha yillik suv sathi
0,5 metr
atrofida o‘zgarib turgan.
Quyida keltirilgan ma’lumotlar suv sathining o‘rtacha ko‘p yillik
qiymati (53,04 metr)ga asoslangan. Orol dengizining o‘sha vaqtdagi
maydoni (orollari yuzasi bilan birga) 68321 km
2
, uzunligi 414 km, eng
162
keng joyi 292 km bo‘lgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orol bo‘lib,
ularning umumiy maydoni 2235 kv.km ni tashkil etgan. Yirik orollar
sifatida Ko‘korol (173 km
2
), Vozrojdenie (261 km
2
), Borsa-kelmas (133
km
2
) kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Orol dengizi - sayoz ko‘ldir. O‘sha davrda uning o‘rtacha chuqurligi
16 metr, eng chuqur joyi esa 69 metr bo‘lgan. Sayoz bo‘lgani uchun Orol
dengizining suv hajmi uncha katta emas, ya’ni 1063 km
3
dan iborat
bo‘lgan. Bu raqamni Issiqko‘lning suv hajmi bilan solishtirsak, unga
nisbatan 1,6 marta kam demakdir.
Orol dengizi, dastlab, uncha sho‘r bo‘lmagan, uning har litr suvida
o‘rta hisobda 10-11 gramm erigan tuzlar bo‘lgan. Demak, Orol dengizi
suvining sho‘rligi okean suvining o‘rtacha sho‘rligidan uch marta kam
bo‘lgan (11.2 -jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |