284
3-§. Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
Iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, nomunosibiklar bir uchi bank
tizimi holati va tijorat banklarning foaliyatiga borib takaladi. Ayniqsa, o’tish
davrini boshdan kechirayotgan davlatlarda yuz bergan va yuz berayotgan
inqirozlarning bosh omillari bo’lib, banklarning sinishi va bankrotligi sanaladi.
Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo’lgan krizislarning tahlili shuni
ko’rsatadiki, aholining banklarga inshonchini yo’qolishi, siyosiy omillar va
moliyaviy piramidalarning tushkunligi holatlari banklarning to’lovga
qobiliyatini yo’qqa chiqaradi. Shunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va
to’lovga qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta’sir etuvchi omillarni
aniqlash lozim. Chunki likvidlik va to’lovga qobiliyatlilik murakkab iqtisodiy
kategoriyalar sanaladi, bir qarashda, yuzaki baholaganda tahlil samarasi past
bo’lish mumkin.
Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda,
esa ularni ichki va tashqi omillarga ajratilib o’rganiladi. Tijorat banklarning
likviddiligi va to’lovga qobiliyatliligini belgilaydigan ichki omillar qatoriga
quyidagilar kiradi.
- bankning mustahkam kapital bazasi
- aktivlar sifati
- depozitlar sifati
- tashqi manbalarga qarashlik darajasi
- aktivlar va passivlarning muddatlari bo’yicha munosibligi
- malakali menejment
- bankning imidji
Bankning mustahkam kapital bazasi o’z kapitalining mutlaq qiymatini
ifoda etib, aktivlar bo’yicha risklarning himoya manbasi hamda omonatchilar
va depozitchilar mablag’larini kafolati hamdir. Bankning o’z kapitali ustav
fondi va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo’lib, moliyaviy bar qarorlik
uchun ham asosdir. Shunday qilib, bankning o’z kapitali qancha katta bo’lsa,
285
likvidliligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Shuningdek, to’lovga layoqatlilik ham
o’z kapitali hisoblanadi.
Aktivlar sifati asosan to’rt xil mezon asosida aniqlanadi: likvidlilik, risk
darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya bo’yicha. Aktivlarning likvidligi shu
aktivlarning pul shakliga o’tish layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir
necha guruxlarga ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar - kassa va
vakillik hisobvaragidagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qogozlarni
kiritish mumkin. Ikkinchi guruxga qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar,
faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy qimmatli
qog’ozlari tashkil etadi. Ular shakliga o’tishning muddatli xarakteriga ega.
Uzoq muddatli investitsiyalar, qo’yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi
guruhx likvid aktivlarni tashkil etadi. Nixoyat, to’rtinchi guruh likvid aktivlar
muddati uzaytirilgan ssudalar, bino va inshootlardan iborat. Risk darajasi
bo’yicha ham aktivlar to’rt guruhga ajratiladi va mos holda 0,20, 50, 100% lik
risk darajasiga ega aktivlardan iborat.
Shuni ta’kidlash lozimki, risk darajasi qanchalik yu qori bo’lsa, likvidlik
shunchalik past bo’ladi. Aktivlarning daromadliligi aktivlarning ishchanligi va
samaradorligini namoyon etadi. Daromadlik bo’yicha aktivlar daromad
keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. Daromadlar
qanchalik ko’p bo’lsa, bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo
bo’ladi. Lekin ko’r-ko’rona daromadlilikka intilishi aktivlarning yo’qotilishiga
va likvidlilikning pasayishga olib keladi. Aktivlar sifatini ko’rsatadigan
mezonlardan yana biri ularning diversifikatsiyasidir.
Aktivlarning diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari bo’lib bank aktivlarning
asosiy yo’nalishlari bo’yicha tarkibi, kredit qo’yilmalarining ob’ektlari va
sub’ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar portfeli tartibi, valyutalar strukturasi
(valyuta operatsiyalari bo’yicha), hamkor banklar tartibi hisoblanadi. Aktivlar
diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, likvidlilik shuncha yuqori bo’ladi.
Bank aktivlarning sifati likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilikni belgilashda katta
o’rin tutadi. Aktivlar tarkibi shunday optimal tanlanishi kerakki, bir vaqtning
286
o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi
foydalilik ta’minlanishi lozim.
Likvidlilikka ta’sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning depozit
bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit bazasini hisob va joriy schyotlarda,
muddatli depozit va omonat jamg’armalari ko’rinishda yig’ilgan yuridik va
jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar (talab qilib
olguncha, muddatli va jamg’arma) sifati kriteriysi bo’lib, ularning barqarorligi
hisoblanadi. Depozitlarning bir qaror qismi qancha yuqori bo’lsa, likvidlilik
shuncha yuqori ta’minlangan bo’ladi, ularning ulushining ortishi bankning
likvid aktivlarga extiyojini kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, talab
qilib olguncha bo’lgan depozitlar ularning foiz stavkasiga bog’liq emasligi
nuqtai
nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli va jamg’arma
depozitlarning qoldiqlari qat’iy muddatga ega ekanligi bilan barqarordir. Lekin
ularning foiz stavkasiga boglanganligi foizlar o’zgarishi bilan bunday depozitlar
migratsiyasini vujudga keltirishi mumkin.
Banklarning likvidliligi va to’lovga qobiliyatligi tashqi manbalarga
qaramlik darajasiga, ya’ni banklalaro kreditlarning ulushiga ham bog’liq.
Ma’lum bir chegaradagi banklararo kredit likvidlilikka hech qanday xavf
turdirmaydi, aksincha, u likvid mablag’larga bo’lgan qisqa muddatli ehtiyojni
bartaraf ham etadi. Agar banklararo kredit jalb qilingan resurslar tarkibida
salmoqli o’rinni egallasa, banklararo kredit bozorida noqulay kon’yunktura
vujudga kelganda bank tanazzulga yuz tutish mumkin. Tashqi manbalarga
karatligi yuqori bo’lgan rivojlanish istiqboliga ega bo’lmaydi va resurs bazasining
nobarqarorligi evaziga katta risk ostida bo’ladi.
Aktiv va passivlarning muddatlari summalari o’rtasidagi nomutanosiblik
likvidlilikka jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bankning mijoz oldidagi
majburiyatlarini bajarish uchun mijozdan olingan mablag’larni qaytarish muddati
shu mablag’lar hisobiga qo’yilgan kredit (investitsiyalar)ni qaytish muddati
bilan mos bo’lmog’i lozim. To’g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga
287
qoplanishi mumkin, lekin amalda aktiv va passivlarning asosiy qismi muddat va
summada munosib bo’lish bank barqarorligining garovi hisoblanadi.
Menejment, ya’ni bank faoliyatini boshqarish likvidlilikka jiddiy ta’sir
o’tkazuvchi omillardandir. Bankning boshqarish sifati oqilona bank siyosati,
bank tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali bosh qarish
mexanizmda namoyon bo’ladi. Yuqori darajasidagi menejment malakali
kadrlarni talab etadi, shuningdek, zaruriy axborot bazasi tezkor choralarni
amalga oshirishda qo’l keladi. Kerakli likvidlilik darajasi menejment bilan birga
bankning imidjiga ham bog’liq. Ijobiy bankka resurslar jalb qilishda va likvid
mablag’lar kamomadini to’ldirishda baho raqobatchi banklarga nisbatan
ustunlik yaratadi. Yaxshi reputatsiyasiga ega bo’lgan bank barqaror depozit
bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror mijozlar bilan aloqa
qilishda katta imkoniyatiga ega bo’ladi. Ijobiy imidjga ega bo’lish o’ta
murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar evaziga shakllanadi va rivojlanish
strategiyasini to’g’ri tanlash, mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshirish,
marketing tadqiqotlarini chuqurlashtirish, ishonchli va ommabop reklama,
faoliyat natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi.
Yuqorida ko’rilgan omillar bankning xususiyatlariga bog’liq ravishda
turlicha ahamiyatga ega bo’lish mumkin. Ba’zi hollarda likvidlilik
muammosini resurs bazasi sifati va tirkibi tug’dirsa, ba’zida aktivlar sifati
bunga sabab bo’ladi. Asosan esa likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik
muammolar kompleks omillar uyg’unligida paydo bo’ladi. Likvidlilik
muammosini ko’p omilli kategoriya ekanligini tan olgan holda, har bir bank
o’zining og’riqli nuktalarini belgilab olish kerak, ya’ni bank likvidligini
belgilaydigan omillar to’g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal etiladi.
Ko’rib o’tganimizdek, bankning likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik
holati bank faoliyatidan tashqarida bo’lgan bir qator tashqi omillarga ham
bog’liq. Bo’lar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
-mamlakatdagi umumii siyosii va iqtisodiy vaziyat;
288
- qimmatli qog’ozlar va banklararo kredit bozorlarning rivojlanish
darajasi;
- qayta moliyalashtirish tizimi;
- Markaziy bankning nazorat funktsiyasini samaradorligi.
Mamlakatdagi umumiy siyosiy va iqtisodiy vaziyat bank operatsiyalari
rivojiga turtki beradi, bank faoliyati iqtisodiy asoslarini mustahkamligini
ta’minlaydi, mamlakatdagi va xorijiy investorlarni banklarga ishonchini
mustahkamlaydi. Ko’rsatib o’tilgan shartlarsiz banklar puxta depozit bazasini
hosil qila olmaydi, operatsiyalarning rentabelligini ta’minlash, aktivlar sifatini
oshirish, bosh qaruv tizimini takomillashtirish kabilarni uddalash qiyin
kechadi. Tijorat banklari bank tizimining bir qismi sifatida mamlakatdagi
siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi, o’z navbatida, tijorat
banklarning holati mamlakatdagi umumiy ahvolni belgilaydi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi likvid mablag’lar
foydalaligini yo’qotmagan holda aktivlarni pul shakliga aylantirishni eng tez
va optimal variantini qo’llash imkoniyatini beradi. Bunday holat fond bozori
rivojlangan davlatlar uchun ayniqsa xarakterlidir. Chunki aktivlarni qimmatli
qog’ozlarga joylashtirish vositasida bank bir vaqtning o’zida ham likvidlilikni
ta’minlaydi, ham kerakli daromadga ega bo’ladi. Banklararo kredit bozorning
rivojlanganligi banklar o’rtasida vaqtincha bo’sh resurslarni tezda qayta
taqsimlash imkonini beradi. Banklararo bozordan likvidlilikni ta’minlash uchun
turli muddatlarga mablag’larni jalb qilish
mumkin, shu jumladan, bir kunga ham.
Bu bozordan mablag’larni olish operativligi umumiy moliyaviy kon’yunktura,
banklararo bozorning tashkiliy shakli va albatta, bankning obro’siga bog’liq.
Yuqoridagi omil bilan birga qayta moliyalashtirish tizimining
likvidlilikka ta’siri o’zaro chambarchas bog’liq.
Qayta
moliyalashtirish
tizimi Markaziy bankning tijorat banklarini kreditlash jarayonidir. Likvid
mablag’larga ehtiyoj tug’ilganda tijorat banklari Markaziy bankdan qayta
moliyalashtirish stavkasida kredit olishi mumkin bo’ladi. Bu omilning bevosita
289
ta’siri shundlan iboratki, qayta moliyalash stavkasi ortganda likvidlikni
ta’minlash uchun kreditlar omili qimmatlashib qoladi yoki aksincha.
Markaziy bankning nazorat funktsiyalari samaradorligini aktsiyadorlik
tijorat banklari bilan likvidlilikni ta’minlashga doir munosabatlarda o’z aksini
topadi. Markaziy bank belgilangan tartibda iqtisodiy normativlarni, shu
jumladan, likvidlilik me’yorlarini ham o’rnatadi. Iqtisodiy o’zgarishlar ta’sirida
Markaziy bank ham me’yorlarni o’zgartirib boradi. Masalan, o’tish davrini
boshdan kechirayotgan O’zbekistan sharoitida Markaziy bank iqtisodiy
normativlarni kat’iy va nisbatan «qattiqqo’llik» bilan o’rnatgan, buni mavjud
shart - sharoit ham talab etadi. Shunday holatda tijorat banklari likvidlilikka
og’ishmay amal qiladi va likvidlilikning zarariga daromadlilikni su’iste’mol
qila olmaydilar.
Ko’rib o’tilgan omillardan biri alohida likvidlilikka, yana biri to’lovga
qobiliyatlilikka alohida ta’sir o’tkazmaydi. Balki, sanab o’tilgan omillar bir
vaqtning o’zida ham likvidlilik, ham to’lovga qobiliyatlilikni belgilaydi.
Chunki, likvidlilik va to’lovga qobiliyatlilik o’rtasida sof chegara mavjud
emas, ya’ni ular o’ta yaqin tushunchalar hisoblanadi.
290
Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
8-sxema
Mustaqkam kapital bazasi
Aktivlar sifati
Depozitlar sifati
Tashqi manbalarga qaramlik darajasi
Aktiv va passivlarni mutanosibligi
Malakali menejment
Bankning imidji
Markaziy bank siyosat
i
Qayta moliyalashtirish tizimi
Siyosiy va iqtisodiy
vaziyat
Moliya va bank bozorlarining
rivojlanish darajasi
Bankning likvidligiga va to’lovga qobiliyatliligi
291
Do'stlaringiz bilan baham: |