509
REJA:
16.1. Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlar
16.2. Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlarininig o’xshash startegiyalari
16.3. NMATni tashkil qilish tartibi
16.1. Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlar
Nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) auditorlik ob’ektlarining
quyidagi guruhlariga mo’ljallab tashkil qilinishi mumkin:
- buxgalteriya hisobi qo’lda yuritiladigan ob’ektlar;
- buxgalteriya hisobi kompyuterlar qo’llab yuritiladigan ob’ektlar.
Bu erda, kompyuter fayllarining mazmunini tashkil qiluvchi birlamchi
buxgalteriya hujjatlarining asosiy qismi qayta ishlanadi. Bu holatda NMAT
mijozning fayllaridan foydalanishi mumkin. Bu esa, o’z
navbatida,
auditni bajarish
uchun qilinayotgan xarajatlarning qisqarishiga, uning aniqligi va operativligini
oshirishga imkon beradi.
Agar, mijozning buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan bo’lsa, u holda auditor
o’z vazifalarini bajarishda 11-son O’zbekiston Respublikasi Audit Milliy andozasi
«Ma’lumotlarning kompyuter ishlanmasi sharoitida audit» dan foydalanishi lozim.
Xuddi shu andoza NMAT ishlab chiquvchi faoliyatga
ham asos qilib olinishi
kerak, chunki bu andoza unga avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimining
xususiyatlarini to’g’ri hisobga olish imkonini beradi. Bundan tashqari, andoza
mijozning hisobga doir ma’lumotlarini kompyuterda qayta
ishlashni tashkil qilish
shaklini aniqlash bo’yicha ishlarni tartibga solishga yordam beradi. Shu bilan birga
bunda ma’lumotlarni qayta ishlashning markazlashgan darajasini aniqlash zarur:
ma’lumotlar mahalliy kompyuterlarda yoki tizimga ulangan kompyuterlarda qayta
ishlanadi.
Bu savollarga javoblar mijozlarning ma’lum bir guruhlarini to’la tenglashtirib,
NMATni tashkil qilishning strategiyasini belgilab beradi. Biroq, auditorlik tizimni
tashkil qilishning imkonli strategiyalarini izohlashdan avval, bundan qanday vazifalar
oldiga qo’yilishni aniqlash zarur.
Auditorlik tizimi funktsional va ta’minlovchi
qismlardan tashkil topgan
bo’lishi kerak.
Funktsional qism - bu iqtisodiy-matematik va iqtisodiy-tashkiliy modellar
hamda uslublar, auditni amalga oshirish uslubiyoti va usullarining majmuasidir.
Ta’minlovchi qism esa birinchi qismda ko’rsatilgan audit jarayonini avtomatlashtirish
uchun qaratilgan bo’lib, axborot, dasturiy, texnikaviy va boshqa ta’minotdan tashkil
topadi. Bu qismlarni biz quyida to’laroq ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
Audit - spetsifik soha bo’lib, bir tomondan, u moliyaviy va boshqa hujjatlarni
tekshirish bo’lsa, ikkinchi tomondan, korxona hisobi va moliyaviy-xo’jalik faoliyatini
yaxshilash bo’yicha mutaxassislar taklifini berishdir. Boshqacha qilib aytganda,
bunday tizimlar nazorat va maslahat berish funktsiyalarini birlashtirishi kerak. Bu,
510
o’z navbatida, ularni ishlab chiqishga qo’shimcha qiyinchiliklar kiritadi. Bunday
tizimlar nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) deb ataladi.
NMAT qanday vazifalarni amalga oshirishini, ya’ni uning funktsional qismi
nimalardan
iboratligini aniqlash uchun, tizimdan foydalanuvchilarni guruhlarga
ajratish va bu guruhlarning har biri qanday maqsadlarni ko’zlashini aniqlash lozim.
Rasmda ko’rinib turibdiki, audit natijalaridan manfaatdor bo’lgan sub’ektlar
quyidagilar:
- kasaba qo’mitalari, ishchilar;
- aktsiyadorlar, mulk egalari;
- banklar, kreditorlar;
- soliq va sug’urta qo’mitalari;
- huquq va boshqa davlat organlari.
Ajratilgan guruhlarning har biri audit natijalaridan o’z maqsadlarini
ko’zlaydilar. Masalan, kasaba uyushmalari ish
joylarining saqlanib qolishi, ish
haqining oshirilishidan manfaatdor bo’lsa, aktsiyadorlar va mulk egalari - korxona
rentabellik darajasining o’sishi va aktsiyalar qiymatining ortishidan, banklar va
kreditlar - korxonaning to’lov qobiliyati
va likvidligini aniqlashdan, davlat -
tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining soliq va to’lovlarni o’z vaqtida to’lashidan
manfaatdordir.
Do'stlaringiz bilan baham: