tovar ayirboshlashda mutlaq xarajatlardagi farq muhim emas, deb
hisobladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek xarajatlarda mutlaq
ustunlikka ega bo’lmagan mamlakatlar nima qilishlari kerak?
Bir qator misollar bilan D.Rikardo “xarajatlardagi mutlaq ustunlik”
mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur sharti emasligini
isbotlab berdi. Savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida qiyosli xarajatlar
farq qilishi kifoya.
Shu asosda D.Rikardo qiyosli ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu
nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida
hamma tan olgan nazariya
hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har
bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan
xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni
qiyoslab ko’rgan holda tashqi savdoda ishtirok etadi. Muayyan tovarni
ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa
mamlakatlarga nisbatan
qulayroq bo’lishi mumkin. Shu bois, qiyosli ustunlik nazariyasiga
binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u yoki bu
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan
miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat,
gazlama ishlab
chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga).
Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik
mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash
zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga
nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham, bu
sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap
shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan,
Angliyaga nisbatan
katta qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan, vino tayyorlash tarmog’iga
o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat
sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama
olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya
uchun ham foydali, negaki
u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li
bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas,
balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik
mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’rinadiki,
qiyosiy
ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat
uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti
va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosli xarajatlar g’oyasi – bu o’zaro foyda ko’rish g’oyasidir.
Unga ko’ra “... Frantsiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika
85
va
Polshada don etishtirilishi, Angliyada metall buyumlari va boshqa
tovarlar ishlab chiqarilishi kerak”
Lekin qiyosli xarajatlar nazariyasida bir qator soddalashtirishlar
mavjud bo’lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo’ladigan qiyinchiliklar aks
ettirilmagan. D. Rikardo modeli –bu ikki mamlakat o’rtasidagi
savdo
modelidir. Mazkur model qiyosli xarajatlarning o’zgarishini, savdo
qilayotgan mamlakatlarning unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni ham
hisobga olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: