Odam savdosiga qarshi. Bekniyazov A



Download 336,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana29.12.2021
Hajmi336,21 Kb.
#74771
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy asoslari (1)

yoki q-qismi bilan kvalifikastiya qilinadi. 


 

21 


Yollanayotgan  shaxsning  roziligini  olishga  qaratilgan  harakatlar  (masalan, 

nomzodlarni topish, xohlovchilarni ro’yxatga olish, ular bilan avvaldan qandaydir 

“bitim”  tuzish  va  h.k.)  boshlangan  vaqtdan  e’tiboran,  uning  roziligi  olingan  yoki 

olinmaganligidan qat’i nazar, qilmish tamom bo’lgan hisoblanadi.  

Shahvoniy  maqsadlarda  foydalanish  uchun  odamlarni  yollashni  fohishalik 

bilan shug’ullanishga jalb qilishdan, ya’ni JK 1q1-moddasida javobgarlik nazarda 

tutilgan qo’shmachilikdan farqlash kerak. Bunda jinoyatchi tomonidan ko’zlangan 

maqsad va tajovuz ob’ektiga ko’ra jinoyatlar bir-biridan farqlanishi lozim. Birinchi 

navbatda  aybdor  o’z  harakatlarining  oqibatlarini  anglaganligi  aniqlanishi  lozim. 

Agar  yollangan  shaxsning  erkinligi  cheklanishi,  noqulay  ahvolga  tushishi 

mumkinligi  va  boshqa  shaxslarga  butunlay  qaram  bo’lishi  uni  yollagan  shaxsga 

oldindan  ayon  bo’lsa,  bunday  yollashni  odamni  keyinchalik  ekspluatastiya  qilish 

maqsadida amalga oshirilgan deyish uchun to’la asos bor, deb hisoblash mumkin. 

Qo’shmachilikda  esa  fohishalik  bilan  shug’ullanishga  jalb  qilgan  aybdor  faqat 

g’araz  maqsadni  ko’zlaydi,  yollashning  o’zi  esa  yollanayotgan  shaxsning  fohi-

shalik bilan shug’ullanishga ixtiyoriy roziligini olishga qaratiladi va barcha shartlar 

oldindan  kelishib  olinadi.  Bunday  vaziyatda  yollanayotgan  shaxsning  erkinligi 

cheklanmaydi. 

Shaxsni  tashish  deganda,  uni  bir  hududdan  boshqa  bir  hududga,  jumladan, 

bitta  aholi  punktidan  har  qanday  transport  vositasidan  foydalanib,  boshqa  erga 

ko’chirish  tushuniladi.  Ushbu  harakatning  oldi-sotdidan  oldin  yoki  keyin  sodir 

etilganligining  ahamiyati  yo’q  va  jabrlanuvchi  mo’ljallangan  joyga  ko’chirila 

boshlagan paytdan e’tiboran tamom bo’lgan hisoblanadi.  

Shaxsni  topshirish  odam  savdosida  ishtirok  etayotgan  vositachining 

harakatlarida,  shuningdek,  uni  ekspluatastiya  qilish  maqsadida  sotib  olgan  shaxs 

tomonidan o’z maqsadini amalga oshirish uchun uni boshqa shaxsga vaqtinchalik 

joylashtirish  yoki  yashash  uchun  topshirishida  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Bunda 

topshirish  ham  evaziga  (masalan,  muayyan  mablag’  evaziga),  yoki  tekinga 

(masalan,  sovg’a  qilish),  butunlay  yoki  muayyan  muddatga,  muayyan  shartlarni 

bajarish  bilan  bog’liq  holda  yoki  hech  qanday  shartsiz  bo’lishi  mumkin  va 




 

22 


jabrlanuvchi bir kishi tasarrufidan boshqasining tasarrufiga o’tgan paytdan boshlab 

qilmish tamom bo’lgan hisoblanadi. 




Download 336,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish