Mashina traktor agregatlarini diagnostikalash va texnik servisi


Umrboqiylik (ko„pga chidamlilik



Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/89
Sana06.07.2022
Hajmi5,25 Mb.
#748879
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Bog'liq
B4vDXR1C7pcfpjfjpB4031eaVnEK19yfGv3mI1x7

Umrboqiylik (ko„pga chidamlilik
) - mashina (detal) ning o‗z ish qobiliyatini 
texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashlarga to‗xtashlar bilan chekka holat gachasaqlay 
olish xususiyatidir. Mashinaning chekka holati samaradorlikning pasayganligi, 
xavfsizlik talabalari va boshqalardan kelib chiqqan holda ishlatishda davom ettirish 
mumkin emasligi bilan aniqlanadi. Mashinaning chekka holati texnik hujjatlarda 
ko‗rsatib o‗tiladi. Mashinaning puxtaligi uni ishlab chiqishda belgilab qo‗yiladi, 
ishlab chiqarishda ta‘minlanadi va foydalanish davrida saqlanadi. Mashinalardan 
foydalanish asosiy texnik tafsilotlari quyidagilardan iborat. Mashina bajaradigan ish 
hajmi - soat, kilometr, gektar va boshqa kattaliklarda, shu jumladan, shartli birliklarda 
o‗lchanadigan ish vaqti yoki hajmi iborat[23]. 
II-BOB. QISHLOQ XO„JALIGIDA QO„LLANILADIGAN NASOS 
AGREGATLARINI DIAGNOSTIKA QILISHDA ILG„OR XORIJIY VA 
MAHALLIY ILMIY- TEXNIK ECHIMLARNI TAHLILI 
2.1. Nasos agregatlarini diagnostika qilishning 


25
maqsad va vazifalari. 
 
Nasos agregatlarini texnik holatini diagnostika qilishdan asosiy maqsad ulardan 
foydalanish vaqtida ishonchli ishlashi bilan birga uzoq muddat buzilmacdan va 
samarali ishlashini ta‘minlash. Nasos agregatlari va ularning tarkibiy qismlari texnik 
holati (nosozliklari, uning turi va kelib chiqish sababi) haqida chiqarilgan xulosa 
diagnostika natijasi hisoblanadi. Bundan tashqari diagnostika jarayonida nasos 
qurilmasi har bir parametrining o‗zgarishi to‗g‗risida doimiy ma‘lumotga ega bo‗lish 
imkoniyati yaratiladi. 
Foydalanish sharoitiga qarab har bir nasos agregati va uning ko‗rsatkichlariga 
texnik talablar qo‗yiladi. Texnik talablarning barcha ko‗rsatkichlarini saqlagan 
holatda qo‗yilgan vazifalarni bajarsa, nasos agregatlari soz hisoblanadi. Diagnostika 
qilish natijasida ob‘ekt parametrlari ko‗rsatkichlarining texnik me‘yoriy hujjatlarda 
belgilangan qiymatlarga to‗g‗ri kelishi bilan birga, hozirgi vaqtdagi texnik holati 
aniqlanadi va keyingi holati bashorat qilinadi [84,105]. 
Diagnostika doimiy, rejali va zarurat tufayli o‗tkaziladigan turlarga bo‗linadi. 
Ularning birinchisi maxsus asbob uskunalar yordamida doimiy ravishda, ikkinchisi 
texnik xizmat ko‗rsatish va tuzatishdan oldin belgilangan ma‘lum soat ishlagandan 
so‗ng, uchinchisi buzilish sodir bo‗lganida nuqsonli joyni aniqlash uchun o‗tkaziladi. 
U murojaat bo‗yicha diagnostika qilish deb ham ataladi. YAna nasos agregati va 
uning tarkibiy qismlarining qoldiq resursini aniqlash maqsadida o‗tkaziladigan resurs 
diagnostikasi ham bo‗ladi [84, 106 b.].
Diagnostika qilishning usulini qo‗llash natijasida: 
- nasos agregatlaridan foydalanish vaqtida texnologiyalarning buzilishi va avariyalar 
tahlil qilinib, texnik holatining o‗zgarishi o‗rganiladi; 
- nasos agregatlari parametrlarining o‗zgarishiga qarab hozirgi holati baholanadi;
- nasos agregatlaridan foydalanishda texnik holatining o‗zgarishi bashorat qilinadi 
[119, 212-215 b.]. 
Nasos agregatlarni diagnostika qilishda diagnostika qurilmalari va jihozlaridan 
foydalaniladi. Diagnostika qilish jihozlari apparaturali va dasturli bo‗lishi mumkin. 


26
Nasos agregatlaridan foydalanish vaqtida nasos stansiyalarining navbatchi 
operatorlari yoki sozlovchi mexaniklar qismlarning holatini aniqlab berishlari 
mumkin. 
Nasos agregatlari va uning qismlari holatini aniqlash uchun o‗rnatilgan asbob 
uskunalar bilan birgalikda bir diagnostika tizimini tashkil qiladi. Diagnostika tizimlar 
test va funksional usullarga bo‗linadi. Test usuli bilan diagnostika qilish vaqtida 
holati aniqlanayotgan qurilmaga maxsus test ta‘sir ettiriladi va agregatlarning sozligi, 
ishga yaroqliligi aniqlanadi hamda nuqsonlari qidiriladi. Dinamik tizimlardagi holatni 
test usuli bilan diagnostika qilishda ta‘sirlarni sezish ko‗rsatkichlari asosiy 
hisoblanadi va ularda chiquvchi signallarda o‗z aksini topadi. Funksional diagnostika 
qilish vaqtida parametrlar ish jarayoni algoritmdagi funksional ta‘sirlar yordamida 
aniqlanadi.Bu usul yordamida nasos agregatlari qismlari o‗z funksiyalarini to‗g‗ri 
bajarishi va to‗g‗ri bajara olmaydigan holatga olib keluvchi sabablar aniqlanadi. 
Agregatlarning holatini aniqlashda foydalaniladigan tizimda diagnostika 
algoritmidan 
foydalaniladi. 
Diagnostika 
algoritmi 
ob‘ektning 
elementar 
tekshirishlardan va uning natijasini tahlil qilishdan iborat. Har bir elementlar 
tekshirish ob‘ektga berilayotgan va qabul qilinayotganish yoki test ta‘sirlari maxsus 
ko‗rsatilgan nuqtalardan olingan ma‘lumotlar yordamida aniqlanadi. Olingan 
qiymatlarga qarab agregatning holati haqida xulosa qilinadi. O‗tkazilgan har bir 
diagnostika - maxsus nazorat va boshqaruv tizimidir. Vibroakustik diagnostika texnik 
diagnostikaning bir bo‗limi bo‗lib, tizimdagi agregatlarining texnik holatini nazariy, 
uslubiy va uskunalardan foydalanib aniqlashni o‗zichigaoladi [120, 7-10 b.]. 
Texnik holat monitoringi - nasos agregatlaridan foydalanish vaqtida ishga 
yaroqlilik ko‗rsatkichlarining o‗zgarishini kuzatish va maxsus jurnallarda qayd etish 
hamda buzilishining oldini olish uchun xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarga ma‘lumot 
berishdir [121, 31-36 b.]. 

Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish