3
1. Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishning obyektiv zaruruyati
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-mart kuni sanoat kooperatsiyasi
va mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor
yig‘ilishi o‘tkazildi.Davalat rahbarining shu yil 24-yanvardagi qarori bilan 2022-
yilga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini
kengaytirish dasturi qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2 ming 455 ta loyiha
doirasida qariyb 37 trillion so‘mlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarish
rejalashtirilgan.
Yig‘ilish avvalida ushbu loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Farmatsevtika
tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik
jamiyati, «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatida bu borada
sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. «Elektron kooperatsiya» portali
orqali tuzilgan shartnomalar ayrim hududlarda bajarilmagan. Elektron savdolarda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi
korxonalar ulushi 1 foizga ham bormaydi. Kooperatsiya yetishmasligi sababli
yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan ayrim tovarlar importi oshgan.
Yig‘ilishda shu boradagi muhim chora-tadbirlar belgilandi. Yirik korxonalar bilan
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani mahsulotlar kesimida
yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Misol uchun, Navoiy kon metallurgiya kombinati xorijdan olayotgan
mahsulotlar va ularga texnik talablar haqidagi ma’lumotlarni «kooperatsiya
portali»ga joylashtirgandan so‘ng, ilgari import qilingan 600 milliard so‘mlik
mahsulotlarni hozir 18 ta mahalliy korxona yetkazib bermoqda.
Prezident bu tajribani barcha tarmoq va hududlarda yo‘lga qo‘yish, import
qilinayotgan mahsulotlarni o‘zlashtirishga tadbirkorlarni jalb etish bo‘yicha
ko‘rsatmalar berdi.
Shu maqsadda sanoat yarmarkalari o‘tkazish tartibi ham o‘zgartiraladi. U yerda
tayyor mahsulotga xaridor topish bilan birga, o‘zlashtirishga tavsiya qilinayotgan
4
tovarlar bo‘yicha biznes rejalar ham ishlab chiqiladi. Loyihaga qiziqqan
tadbirkorlar shu yerning o‘zida buyurtmachi bilan xarid shartnomalarini, banklar
bilan moliyalashtirish masalasini kelishib oladi.
Buning uchun «O‘zekspomarkaz»da doimiy ishlaydigan sanoat ko‘rgazmasi,
viloyat markazlari va sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning «shou-
rum»lari tashkil etiladi.
Shu bilan birga, yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, mahsulotni xorijda
sertifikatlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi aytildi.
Yig‘ilishda jahon bozorida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilindi.
Xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan
korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berilishi belgilandi.
Jumladan, ularning loyihalari uchun texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati,
bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi, ularga ruxsatnoma berish muddati 3
barobar qisqaradi, olib kelingan dastgohlar uchun bojxona bojlari undirilmaydi.
Yangi bozorlarga kirish uchun sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish
ham zarur. Misol uchun, 2019-2021-yillarda to‘qimachilik yo‘nalishidagi 2 mingta
korxona xalqaro sertifikat olgani hisobiga ularning eksporti 1,5 barobarga oshgan.
Qolaversa, yaqinda «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga
boykotni bekor qildi. Bu ham katta imkoniyat, yangi bozorlar, degani.
«O‘zstandart» agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalarni boshqa
tarmoqlarda ham ko‘paytirish, hududlardagi «Loyiha ofislari» huzurida Xalqaro
standartlarni o‘rgatish markazlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Yurtimizda xomashyosi bo‘lgan yana bir sanoat tarmog‘i bu – qurilish materiallari.
Bu boradagi geologiya zaxirasini kengaytirishga 100 milliard so‘m ajratilgan. Joriy
yilda 1 milliard 800 million dollarlik 420 ta loyihani amalga oshirish
rejalashtirilgan. Mutasaddilarga ushbu loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish,
qurilish materiallari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Farmatsevtika tarmog‘ida mavjud quvvatlarni to‘liq safarbar etish va import
o‘rnini to‘ldirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
5
Ma’lumki, sanoat korxonalari ilm va innovatsiyadan ajrab qolsa, yangi raqobat
sharoitiga moslashishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish
vazirligiga hududlardagi korxonalarni zamon talabiga uyg‘unlashtirish, mahsulot
sifatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha
Real sektor tarmoqlari ichida sanoat milliy iqtisodiyotning yirik yetakchi
sohasi bo’lib hisoblanadi. Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish, texnik-texnologik qayta jihozlash borasida amalga
oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, hududlarda ishlab chiqarish hajmi va
sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Bugungi globallashuv hamda jahon bozori
konyunkturasining keskin o’zgarib borishi natijasida sanoat tarmoqlarining
raqobatbardoshligini oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi
bosqichida iqtisodiyotning “lokomotiv” i hisoblangan sanoat tarmog’ini
yanada rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi uchinchi ustuvor
yo’nalishining “Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish”deb nomlangan bandida quyidagi vazifalar
belgilab berilgan:
- yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha
qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan
sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich
kamaytirish va boshqalar.
6
2018-yil 28-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
Parlamentga yo’llagan Murojaatnomasida ham iqtisodiyotning barqaror o’sishi,
birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bog’liqligi hamda
iqtisodiyot. Xorijlik yetakchi olimlarning ilmiy ishlarida, mamlakatimiz
iqtisodchi
olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida ham sanoat tarmoqlarida
raqobatbardoshlik va uni oshirish masalalari atroflicha yoritilgan, tahlil
qilingan hamda rivojlantirish yo’nalishlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan. Jumladan, Kresl va B.Singx raqobatbardoshlikning sanoat va chakana
savdoda yalpi qo’shimcha qiymat hamda biznes xizmatlarning yalpi qiymati
kabi jihatlariga e’tibor qaratganlarivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligi
ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy
rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-5621-sonli Farmoni imzolandi
va ushbu Farmon bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
etib qayta tashkil etildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining asosiy
vazifalaridan biri sifatida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini
joriy va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konyunkturasi hamda
global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog’liq holda
iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish etib
belgilandi. Iqtisodchi-marketolog olim M.Porter “Raqobatbardoshlik – tovar,
xizmat va bozor munosabatlari subyektining bozorda mavjud bo’lgan o’xshash
tovar, xizmatlar bilan va shuningdek bozor munosabatlarining raqobatlashuvchi
subyektlari bilan baravar bozorga chiqish xususiyatidir, bu xususiyatni baholash
esa yuqori, o’rta va past darajadagi raqobatbardoshliklarni alohida-alohida
belgilab berish imkonini beradi”, - deb ta’rif bergan.
7
O’zbekistonlik iqtisodchi olimlardan Ortiqov A., Maxmudov E. va boshqalar
o’z ilmiy ishlarida sanoat tarmog’ining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni,
sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning strategik yo’nalishlari haqida to’xtalib, ilmiy
xulosalar hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan. Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sanoat tarmog’ini diversifikatsiya va
modernizatsiyalash bo’yicha amalga oshirilayotga chora tadbirlar natijasida sanoat
tarmog’i yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |