Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 28.01.2022 y. kuchga kiritilgan.
(28.01.2022 yil № 52/22 sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«YANGI XIT», «YANGI SUPER XIT», «YANGI MEGA XIT», «YANGI TOP XIT» tarif rejalariga yangi ulanish va o'tish yopilgan.
«YANGI XIT» turkumidagi tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 2 000 so'm. Ushbu xizmatni faollashtirilishda abonentga navbatdagi abonent to'lovining muddatidan oldin yechilishi va
kiritilgan trafik paketini taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar, SMS va Mb paketidan trafik qoldig'i mavjud bo'lganda barcha
trafik qoldig'i bekor qilinadi. Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to'lovining oxirgi yechilgan sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. Xizmatni ulash
uchun Abonent balansida tarifga ulanishning minimal qiymati va «Perezagruzka» xizmatining narxiga teng miqdori bo'lishi kerak.
Oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish vaqti 1 oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovning
yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda
mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan so’ng oylik abonent to'lovi yechilib, tarif bo’yicha daqiqalar, SMS va MB taqdim etiladi.
Tarifga kiritilgan trafik qoldig'i keyingi trafik bilan jamlanmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin bekor bo’ladi.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so'ng, hisobdan yechilish miqdori belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. Qoldiqni tekshirish kodlari: Mb - *103#, daqiqa - *106#, SMS - *105#.
Tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar, SMS va Mb paketi faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
«YANGI XIT» turkumidagi tarif rejalarda bo’lgan abonentlar tarmoq ichidagi raqamlardan va boshqa mobil operatorlardan, hattoki nol va salbiy balansda ham kiruvchi qo'ng'iroqlar va SMSlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Tarif rejaga o'tilganda, avvalgi tarifdagi kiritilgan barcha yo’nalish uchun Mb paketining foydalanilmagan qoldig'i kuymaydi va yangi taqdim etilgan paket bilan faqat bir marta jamlanadi. Shuningdek amal qilish muddati oxirgi trafik
muddatiga tenglashtiriladi. Qolgan boshqa trafik qoldig'i esa o’tmaydi va kuyadi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to'lovining narxi - 421 so'mni tashkil etadi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent
to'lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi.
Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq
paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama
yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216 ),
Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (коды: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039,
87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: