Samarqand davlat universiteti axborot texnologiyalari


“Вставка” sarlavhali muloqot oynasidan kerakli faylni  tanlab, oynadagi  “Вложить



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/151
Sana06.07.2022
Hajmi12,55 Mb.
#747473
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151
Bog'liq
BTU Axborot texnologiya majmua

Вставка
sarlavhali muloqot oynasidan kerakli faylni 
tanlab, oynadagi 
“Вложить
buyrug’i ishlatiladi (5-rasm).
5-rasm 
Natijada ilova qilinayotgan fayl nomi 
“Присоединить”
maydonida hosil bo’ladi (6-rasm).
6-rasm 
Shundan so’ng xat odatdagidek kerakli manzilga jo’natiladi. 
 
11.3. Ta’limga oid axborot resurs web saytlari. 
Misol tariqasida ZiyoNET ахborot-ta’lim portalining yangi 
talqini keltiramiz.
 


261 
 
Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada olib borilayotgan islohotlar 
zamirida yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib 
tarbiyalash, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallashlarini 
ta’minlash ustuvor vazifa qilib belgilangan. 
Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga hamda 
mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasiga qaratilayotgan katta 
e’tibor — ta’lim tizimini va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni 
yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta 
mahoratni talab etadi. O‘zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan 
axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar bo‘yicha 
yaratilayotgan axborot-resurslari yagona «ZiyoNET» axborot ta’lim 
tarmog‘iga birlashtirilgan. Uning vazifalari: yoshlar uchun milliy 
axborot-resurslarini shakllantirish va rivojlantirish; yoshlarning 
ma’naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadigan 
axborotdan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash: sog‘lom 
turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sport turlarini 
ommalashtirish, o‘quvchi-yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish 
usullarini va boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ta’lim 
tizimiga joriy etishda ko‘maklashish, ularning huquqiy madaniyati va 
ma’naviyatini yanada yuksaltirish va boshqalardan iboratdir. 


262 
Shu maqsadda tashkil etilgan «ZiyoNET» axborot-ta’lim 
portalining faoliyat yuritayotganiga joriy yilning sentabr oyida 9 yil 
to‘ladi. Ana shu davr mobaynida «ZiyoNET» tarmog‘i «qaddini 
rostlab» oldi, millionlab qalblarga, minglab dargohlarga o‘z 
«ziyosi»ni sochishga ulgurdi, desak bo‘ladi. Axborot-resurslarini 
«ZiyoNET» tarmog‘i resurs markazining texnologik maydonchasida 
joylashtirish, saqlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, elektron 
pochta xizmatlari maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy ta’lim 
muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda 
boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalardagi 
foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi. Hozirgi kunda barcha 
o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish 
imkoniyatiga ega. 
Yangi tarmoq imkoniyatlari: «ZiyoNET» tarmog‘ini yanada 
rivojlantirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarini 
to‘liq qaytadan yangilash, tarmoqni ommalashtirish maqsadida, 
bugungi kunda mutaxassislarimiz tomonidan tarmoq to‘liq yangicha 
talqinda, yangicha dizayn va ko‘rinishda ish boshladi. 
Bugungi «ZiyoNET» ta’lim tarmog‘i uch xil tilda — o‘zbek, 
rus, ingliz tillarida o‘z foydalanuvchilarini foydali axborot, yangilik va 
xabarlar hamda metodik tavsiyalar bilan ta’minlab kelmoqda. 
Shuningdek, talaba-yoshlarga, o‘quvchi va pedagog-o‘qituvchilarga 


263 
oid turli fanlar bo‘yicha ma’lumotlar yoritilib, bilimlarini 
mustahkamlashda beminnat va bepul yordamchiga aylangan. 
Mazkur tarmoqda «Guruhlar», «Savol-javoblar», «Xorijiy tillar», 
«Kutubxona», «Saytlar», «Ta’lim muassasalari», «Arboblar», 
«O‘yinlar» va «Iqtidorli yoshlar» deb nomlangan katta ahamiyatga 
molik bo‘limlar mavjud. Har bir bo‘limda o‘z mavzulari bo‘yicha 
ixtisoslashgan ma’lumotlar yoritiladi. Bundan tashqari, yurtboshimiz 
tomonidan joriy yilni «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilinishi 
munosabati bilan, portalning yirik loyihasi — Fikr.uz’da «Farzandlari 
sog‘lom yurt»…, «Sog‘lom bola yili: malakali pediatrlar tavsiyalari», 
«Yosh onalar va kichkintoylar uchun» nomli bloglar tashkil etilgan 
bo‘lib, ularda mavzu yuzasidan maqola, tavsiya, metodik qo‘llanma 
va yangiliklar yoritib kelinmoqda. 
«Chet tili» bo‘limi. Chet tillarini o‘rganish tarixiy jarayon bo‘lib, 
bizning ota-bobolarimiz azaldan o‘zga tillarni mukammal o‘rganishga 
va ijod qilishga intilganlar. Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiylar 
ko‘plab tillarni jiddiy tarzda o‘zlashtirganlar, o‘sha tillarda asarlar 
yaratganlar. Shu maqsadda portalda, yangi bo‘lim sifatida ishga 
tushirilgan «Chet tillari» bo‘limi chet tillarini mukammal 
o‘rganmoqchi bo‘lgan kichkintoy, o‘smir va talabalar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, birgina uTube.uz loyihasining o‘zidan 1429ta 
turli chet tillarini o‘rgatuvchi videoroliklar o‘rin olgani ham diqqatga 
sazovordir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-
dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli Qarori ijrosini 


264 
ta’minlash maqsadida, 2013-yilning yanvar oyidan boshlab ZiyoNET 
Resurs 
markazi 
Britaniya 
Kengashining 
O‘zbekistondagi 
vakolatxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va ushbu hamkorlik 
doirasida maqsadli seminar-treninglar tashkillashtirildi hamda tegishli 
bo‘limlarga jami 340taga yaqin material joylashtirildi. 
 
Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan 
olib borilayotgan hamkorlik ta’lim tizimi rivojida, jumladan, Xalq 
ta’limi tizimida chet tillarini o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni 
uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni 
shakllantirishda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, kengash 
tomonidan ingliz tilini o‘rgatuvchi 379ta o‘yinlar hamda didaktik 
materiallar taqdim etilgan bo‘lib, ular ham ZiyoNET portaliga 
joylashtirilgan. 
Britaniya 
Kengashining 
O‘zbekistondagi 
vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan veb-resurslar o‘quvchilar, 
o‘qituvchilar hamda ota-onalar uchun ingliz tilini o‘rgatishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur manbalar bugungi kunda portal 
foydalanuvchilari o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. 
Biz ishonamiz, bugun ilk bora chet tillarini o‘rganayotgan 
bolalar kelajakda yurtimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissalarini 
qo‘shadilar. Mamlakatimizning dovrug‘ini yanada ko‘klarga 
ko‘taradilar. Zero, ertamiz ularning qo‘lidadir. Tarmoqning yana bir 
katta imkoniyatlaridan biri uTube.uz deb nomlangan videoportalda 
bugungacha jami 15 600ta resurs joylangan bo‘lib, shundan birgina 
mazkur «Sog‘lom bola yili»ga bag‘ishlangan 150ta videoroliklar 


265 
mavjudligini 
ko‘rish 
mumkin. 
ZiyoNET portalini 
yanada 
ommalashtirish va foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 
ta’lim muassasalari uchun bepul veb-xosting xizmatlarini taqdim etib 
kelmoqda, ya’ni foydalanuvchilar portal tarkibida sayt-satellit yaratib, 
o‘z ma’lumotlarini joylashtirib borishlari mumkin. Mazkur xizmatni 
yanada takomillashtrish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
 
«Iqtidorli yoshlar» bo‘limi. Bugungi kunda bilimli va iqtidorli 
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy kamolotini yanada 
yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol 
ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin 
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirayotgan 
har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga 
qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish 
maqsadida davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga 
olgan holda, O‘zbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid 
davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. 
Mazkur dasturni ishlab chiqishdan asosiy maqsad, kelajak 
avlodni har tomonlama barkamol, yetuk va salohiyatli kadrlar qilib 
voyaga yetishishida huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularning 
jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, ona Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalash, bugungi rivojlangan jamiyatda o‘z o‘rni va so‘zini ayta 
oladigan mard, jasur bo‘lib voyaga yetishlarida munosib sharoitlar 


266 
yaratib berish asosiy vazifa qilib belgilangan. Zamon talablaridan 
kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi kunda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Axborot asri deb 
atalgan bugungi kun o‘z tahdidlari ila yoshlar ongiga ta’sirini 
ko‘rsatib kelmoqda. Yoshlarning axborot hurujiga bo‘lgan 
immunitetini yanada kuchaytirish maqsadida ularning bilim va 
ko‘nikmalarini bunyodkorlik, yaratuvchilik sohalariga jalb etish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. 
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, 
yoshlarimizga boy ilmiy-adabiy merosimizni tanitish bilan bir qatorda, 
tengdoshlari orasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan ilm-fan 
sirlarini yuqori egallagan yosh olimlar, xalqaro Mendeleyev hamda 
matematika olimpiadalarida oltin, kumush, bronza medallarini qo‘lga 
kiritgan iqtidorli yoshlar, sportning turli sohalarida Vatanimiz 
bayrog‘ini 
jahon 
arenalarida 
baland 
ko‘tarayotgan 
jahon 
chempionlarimiz, madaniyat, san’at va turli sohalarda eng faol hamda 
yuqori natijalarga erishgan yoshlarimiz haqida turkum maqolalar, 
ko‘rsatuvlar hamda ma’lumotlarni berib borish va ularda havas 
tuyg‘ularini shakllantirish lozim. Shu munosabat bilan ZiyoNET 
jamoat ta’lim tarmog‘ida yangi «Iqtidorli yoshlar» rukni tashkil etildi. 
Ushbu ruknda fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport va boshqa turli 
sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan, tengdoshlariga har 
tomonlama o‘rnak bo‘layotgan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
kiritib borilmoqda. Bugungi kungacha mazkur ruknga xalqaro sport 
musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan 225 nafar iqtidorli 
talabalar, o‘quvchi-yoshlar to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirildi. 
Kelajakda ushbu ruknning davomiyligi va ommabopligini ta’minlash 
maqsadida 
yangi-yangi 
g‘oyalar amaliyotga tatbiq etilishi 
rejalashtirilmoqda. 
«E-darslik» mobil dasturi: Yuqoridagi ishlar bilan birga, «E-
darslik» mobil dasturini ushbu yo‘lda amalga oshirilayotgan muhim 
qadamlardan biri sifatida baholasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. «E-
darslik» mobil dasturining yaratilish jarayonida avvalambor, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining ishtirokini 
alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Chunki loyiha mazkur Qo‘mita 
tomonidan moliyalashtirildi. Mobil dastur UZINFOCOM Markazi 
hamda Global Solutions mahalliy dasturiy ta’minotlar ishlab 
chiqaruvchi kompaniyasi ishtirokida yaratildi. Bugungi kunda 


267 
umumta’lim maktablarida mavjud darsliklar matnlari Xalq ta’limi 
Vazirligi tomonidan taqdim etildi. «E-darslik» mobil dasturini yaratish 
bo‘yicha ishlar 2013-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirildi 
va texnik jihatdan tayyor bo‘lgan dasturga 2014-yil 1-choragida 
mavjud darsliklarni barcha talablarga muvofiq kiritish ishlari 
ZiyoNET Resurs markazining Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va 
o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari qoshidagi bo‘linmalari xodimlari 
tomonidan amalga oshirildi. «E-darslik» mobil dasturi bugungi kunda 
umumta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan 40dan ortiq darsliklarni 
o‘z ichiga olgan. 
uMail.uz pochta qutisining imkoniyatlari: 2013-yil 15-may kuni 
UZINFOCOM Markazi tomonidan uMail.uz — bepul elektron pochta 
xizmati ishga tushirildi. 2013-yil 16-iyun kuni pochta o‘zbek tilidagi 
talqiniga ega bo‘ldi. uMail.uz pochtasi barcha foydalanuvchilar uchun 
qulay interfeysga ega bo‘lgan, viruslar va spamdan ishonchli 
himoyalangan elektron pochta qutisini bepul taklif etadi. Pochta 
xizmati quyidagilar asosida xizmat ko‘rsatadi: 

pochta qutisini ochish uchun albatta ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan 
o‘tishingiz kerak; 

bitta xatning maksimal hajmi 20 Mb; 

pochta qutisining maksimal hajmi 1 Gb; 

pochta qutisidan bir yildan ortiq foydalanilmasa, u o‘chirib 
tashlanadi. 
Xizmatning 
veb-interfeysidan 
ham, 
POP3 
protokolidan 
foydalangan holda xatlarni sinxronlashtirish orqali foydalanuvchining 
kompyuterida pochta mijozi orqali ham foydalanish mumkin. Bugungi 
kunga kelib, 60 mingdan ortiq foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan 
o‘tgan va xizmatdan foydalanib kelmoqda. 
Tanlov.uz — Tanlov va grantlar. Ta’limga katta e’tibor 
berilayotgan bugungi davrda insonlar Respublikamizdagi, shuningdek, 
xorijda faoliyat olib borayotgan ta’lim fondlari, grantlari, o‘quv 
muassasalari haqida ko‘proq ma’lumot olishga harakat qiladilar. 
Zamonamiz yoshlari innovatsion bilimlarni olishga hamda ularni 
hayotga tatbiq qilishga harakat qilmoqdalar. Ushbu loyihada 
o‘tkazilayotgan tanlovlar, talabalarni, yosh mutaxassislarni qo‘llab-
quvvatlovchi grant, stipendiya, tadbirlar haqida ma’lumotga ega 
bo‘lishni xohlaganlar uchun axborotlar jamlangan sayt hisoblanadi. 
Tanlov.uz saytining asosiy vazifasi — Respublikada o‘tkazilayotgan 


268 
tanlov, tadbir, grantlar haqida ma’lumotlarni oldindan berib borishdan 
iborat. 
Rivojlanayotgan XXI asrni axborotlar asri deb atayapmiz. Son 
ko‘paygani sari sifatning pasayishi ehtimoli mavjud. Ta’limdagi 
yangiliklar haqida o‘z foydalanuvchilariga qulayliklar yaratib 
berayotgan ZiyoNET tarmog‘i o‘zining alohida tuzilishi bilan ajralib 
turadi. Saytda fan va ta’limga oid yangiliklar matn, foto, video format 
shakllarida joylashtirilganligi axborot olishda qulaylik yaratadi. 
Saytga pedagogika va metodikaga oid eng so‘nggi yangiliklar, dars 
ishlanmalari, fanlar kesimidagi test va savol-javoblarning kiritib 
borilishi foydalanuvchilar uchun yanada imkon yaratmoqda. 
Yoshlarda Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat, milliy g‘urur 
va milliy iftixor, axloqiy fazilatlar, globallashuv sharoitida milliy 
o‘zlikni anglash, ma’naviy kamolotga intilish tuyg‘ularini shakllantira 
olish uchun pedagog yuksak ma’naviy kamolotga ega bo‘lishi talab 
etiladi. Yoshlarni yot va zararli ta’sirlardan himoya qilish, ularni 
hayotga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik 
hissi bilan yashashga o‘rgatish, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlar 
etib tarbiyalash, ular qalbida sog‘lom hayot tarziga intilishni, milliy va 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
hurmat-ehtirom 
tuyg‘ularini 
shakllantirish, o‘z fikrini bayon qila olish, ilmiy asoslay bilishi uchun 
pedagog mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik, diniy 
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy 
asoslarini puxta egallagan bo‘lishi kerak. 
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «Barchamiz bugungi hayot 
oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga 
yetib borishimiz zarur. Bu achchiq haqiqat shundan iboratki, agarda 
kimda-kim 
bizning 
mustaqil 
taraqqiyot 
yo‘limizni, 
orzu-
maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini 
to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil 
dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va 
ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, 
bizning azaliy tabiatimiz va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid 
bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch 
niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi. Milliy 
manfaatlarimiz va maqsad-muddaolarimizga begona bo‘lgan bunday 
zararli mafkuralar tajovuzi, boshqa xavf-xatarlar, ayniqsa, bizning 
mintaqamizda kuchayib bormoqda. Yoshlarimizni bu balo-qazolardan 
asrash uchun jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga 


269 
aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday bo‘shliq yuzaga kelgan taqdirda 
esa, uni yoshlarning ilmga, kasb-hunarga, sog‘lom turmush tarziga, 
bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari bilan hamohang bo‘lgan yangicha 
hayot mazmuni, yangicha qadriyatlar bilan to‘ldirish lozim. Eng 
muhimi, shuni unutmasligimiz kerakki, yoshlarimizga, binobarin, 
kelajagimizga tahdid solib turgan bu xavflarning oldini olish uchun 
bugun qat’iy harakat qilmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin». Bu 
borada esa ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i barcha uchun birdek 
do‘st, hamfikr, asosiysi, ishonchli hamkor va yordam kerak paytida 
ularga zaruriy manba bo‘la oladi. 

Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish