Piyoz maxsus to’rli qoplarga joylangan holda taxlanib yoki maxsus 4 qavatli
stellajlarda to’kma holda, maxsus to’r qoplarda yoki aralash holatda saqlanadi
(3.8-
rasm). Bunday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi, ularni shamollatib turish va
saqlanish holatini nazorat qilish juda qulaydir.
Sabzi va boshqa ildizmevalilar tokchalarda yoki yer sathida, har qatlam
orasiga qum sepib, uyum yoki piramida shaklida yaxshi saqlanadi. Piramidalar
o’lchami: uzunligi 2-7 m (omborxona kengligiga qarab), asosining kengligi 1
metrgacha, joylash balandligi 0,7-0,8 m. Uyum balandligi: sath yoki ostki
tokchada
0,7-0,8 m va yuqori tokchada 0,5-0,6 m. Sabzini yer sathida saqlashda piramida
ostiga
6-7 sm qalinlikda qum sepiladi.
Ildizmevalar ustidan 4-5 sm qalinlikda qum sepiladi. Bir tonna sabzi uchun 0,5
m atrofida qum ketadi.
Sabzi tez buziladigan mahsulot bo’lganligidan uni faol shamollatiladigan
omborlarda maxsus idishlarda (3.9-rasm) saqlash yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |