«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
186
rangi sariq – jigarrang. Ekilgan ko’chatlardan 2-yildan boshlab 20-25
yilgacha hosil
olinadi. Har 6-7 yilda lavandazorlar yoshartiriladi [1].
Lavanda o’zidan efir moyi ajratadi. Umuman olganda xushbo’y moylarning
sirlari 5 ming yil ilgari qadimgi misrliklarga ma’lu medi. Yunon va rimliklarda esa
lavanda jamoat hammomlarida foydalanilgan. XV- XVII asrlarda asosiy ekstraktlar
120 dan ortiq o’simlik turidan olingan va bular orasida lavanda ham bor edi.
Yevropada esa bu o’simlik XIII asrdan buyon ma’lum va u zodagonlar bog’ida
ekilgan. Rossiyada lavandaning paydo bo’lish tarixi XVIII asrning 30 –yillarida
Buyuk Pyotr Sankt-Peterburgda botanika bog’ini tashkil qilgan paytdan boshlanadi.
Tarixchilarning ma’lumotlariga ko’ra XVIII asrning 30- yillarida ushbu bog’da bir
qator dorivor o’simliklar jumladan: romashka, yalpiz, xantal,
turli xil lavandalar
uchragan. O’zbekistonga lavanda 1930 –yilda Suxumi botanika bog’idan olib
kelingan va olib kelingan ko’chatlar SAGU botanika bog’iga ekilgan. Hozirda
Toshkent botanika bog’ining “Dorivor o’simliklar laboratoriyasi” da o’stiriladi [3-4].
Ananaviy tibbiyotda lavanda moyidan foydalaniladi. Lavanda turli shakllarda
ishlatiladi, lekin an’anaviy tibbiyot retseptlarida lavanda efir moyining eng
ommalashgan ishlatilishi
uning juda aniq terapevtik, antiseptik, bakteritsidal va
tinchlantiruvchi xususiyatlari bilan uzviy bog’liqdir. Uning qo’llanilishi murakkab
terapiyadan ko’ra samaraliroqdir [2].
Lavandaning efir moyi yurak mushaklarining ishini tiklaydi va o’z
navbatida
qon bosimini normaga soladi. Lavandaning efir moyi kuchli sedative ta’sirga ega. Bu
xususiyat asab tizimi bezovtalanishda, uyqusizlik, ortiqcha depressiya,
nevroz va
boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Bu xususiyatlarga qo’shimcha ravishda lavanda moyi
organizmda qon aylanishini yaxshilaydi, shu jumladan miyaga qonning normada
yetib borishini ta’minlaydi, immunitet tizimini esa mustahkamlaydi. Tez va samarali
tarzda jarohat va boshqa teri kasalliklarini davolaydi. Operatsiyadan keying
jarohatlarning tezroq bitishida ko’maklashadi [2].
Lavanda moyi shamollashlar va virusli kaslliklarni
davolash uchun ham eng
samarali vositadir. Lavanda moyining tibbiyotda qo’llanilishi juda keng qamrovli.
Tanada quyidagi ta’sirlari mavjud [5]:
Antiseptik;
Diuretik;
Og’riqni
yo’qotish;
Yallig’lanishga
qarshi;
Antidepressant.
Lavandaning barcha foydali xususiyatlarini hisobga oladigan bo’lsak, uni
kosmetik va terapevtik maqsadlarda ishlatish mumkin. Bularga misol tariqasida
quyidagilarni keltirish mumkin:
-terining kuyishi; -ekzema; -bosh og’rig’i; -surunkali sistit; -bronxit; -
pnevmoniya; -uyqubuzilishi.