135
5.JAHON AXBOROT RESURSLARI VA OCHIQ
FOYDALANISH MANBALARI
1.1.
Ochiq resurslar. Ochiq foydalanish shartlari. Ochiq
foydalanishning asosiy shartlari
Bugungi kunda axborot resursi jamiyat taraqqiyotining shunchalik
muhim elementiga aylandiki, insoniyatning butun diqqat-e’tibori
oxirgi
20 - 30 yil ichida siyqasi chiqqan taraqqiyot masalalari va shunchaki
moddiy resurslar va noz-ne’matlardan axbortni yig‘ish, qayta ishlash va
unga yetishish muammolariga asta-sekin o‘tib qoldi. Mustahkam
kutubxona infrastrukturasi, ayrim mamlakatlar (Norvegiya va Kanada)
tomonidan isbotlanganidek, milliy taraqqiyotning ajralmas qismiga
aylandi. Shu jihatdan bunday davlatlar BMTning
Insoniyat Taraqqiyoti
Ko‘rsatkichida oxirgi o‘n yilda birinchi o‘rinni egalladilar.
Aynan
axborot
sohasining
rivojanishi
mamlakatlarning
taraqqiyotida ulkan disproporsiya - nomutanosiblikka olib kelgani
hozirda hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Elektron ilmiy-ta’lim
resurslarining narxi yildan yilga oshib bormoqda, shu bois
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dunyoviy bilimlar manbayiga
kirishga ega bo‘lish qiyinlashib borayotir. Biroq mamlakatlar
taraqqiyotidagi uzilish rivojlangan mamalakatlar bundan yanada ko‘p
foyda ko‘radi, degani emas.
Aksincha, qanchalik g‘alati eshitilmasin,
disproporsiya jahon taraqqiyotida tormozlovchi rolini o‘ynay boshlaydi.
Ayrim mamlakatlarning axborotlardan o‘zlarini izolyatsiyalashlari
idealistik va fundamentalistik dogmalarga, hayotni bir tomonlama
tushunish va talqin etishga olib keldi. Bu shubhasiz mamlakatlarning
siyosiy mavqeyi va iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Shu bois
ko‘pgina jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar
hamda alohida olimlar so`nggi paytlarda o‘z tadqiqotlari natijalarini,
matbuotdagi o‘quv-uslubiy ishlarini ochiq matbuot,
Internetning ochiq
kirishlari va tarmoqlarida joylashtirish tashabbusi va chaqiriqlari bilan
chiqmoqdalar.
Ta’kidlanganidek, Budapesht «Открытый доступ» (ochiq
foydalanish) deb nomlangan tashabbusi va Berlin Deklaratsiyasida
rivojlantirilgan mazkur tushuncha ostida «o‘quvchilarga ma’lumotlarni
o‘qish, yuklash, nusxalash, tarqatish va bosib chiqarish, qidirish va
havolalar qilish, indeksatsiyalash,
uzatish
yoki moliyaviy va texnik
to‘siqlarni chetlab boshqa legal maqsadda ishlatish, ishni yaxlitligini
136
saqlagan holda muallifga havola berish imkonini beruvchi ommabop
Internet orqali tekin kirish» tushuniladi.
«Открытый доступ» (Ochiq foydalanish) harakatining o‘zi ilmiy
jurnallarning narxi keskin ko‘tarilab ketganligi bois paydo bo‘ldi. Bu o‘z
navbatida, ko‘pgina universitetlar, ITI, kutubxonalarning
jurnallarga
obuna
bo‘lishdan voz kechishiga olib keldi. Statistikaning
ko‘rsatishicha, so`nggi paytlarda ilmiy jurnallarga obuna narxining
o‘sishi yiliga 10% gacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Bir
jiddiy ilmiy jurnalga yillik obunaning o‘rtacha narxi 1000 AQSH
dollaridan oshib ketmoqda. Kutubxonalar uchun ham davriy nashrlar
uchun obunaga o‘z budjetidan mablag‘ ushlab qolish qiyinlashib
bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar turlari va yangi ilmiy tadqiqot
yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, bilimlarning eksponensial o‘sishi
jurnallar
nomlarining
tez
ko‘payishiga
olib
kelmoqda.
Globalizatsiyaning umumiy chaqiriqlari va Internet tarqalishi ham jahon
bilimlar manbayiga kirishda teng huquqli
imkoniyatlarni taqozo
etmoqda.
Mazkur harakatning maqsadi resurslar mualliflari va egalaridan
hamkasabalar tadqiqotlariga ilm-fan taraqqiyoti va bashariyatning butun
jahon taraqqiyoti uchun erkin kirish imkoniyatini rag`batlantirishlariga
erishishdan iborat.
Berlin Deklaratsiyasi «Internet ilmiy bilimlar va ijtimoiy fikrlarning
global bazasiga funksional birlashtirish vositasi»ga aylantirilishini e’lon
qildi, shu munosabat bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ilmiy siyosat,
tadqiqot
institutlari,
qo‘llab-quvvatlovchi agentlik va fondlar,
kutubxonalar, arxivlar va muzeylar uchun mas`uliyatli chora-tadbirlarni
aniqlash zarurligini ta’kidladi. IFLA federatsiyasining ma’lumotlariga
ko‘ra, 300 ga yaqin universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, ilmiy fondlar,
akademik va kutubxona assotsiatsiatsiyalari ochiq kirish bo‘yicha Berlin
Deklaratsiyasiga imzo chekdilar, butundunyo ta’lim va fan organlari
hamda siyosiy tashkilotlar davlat tadqiqotlariga ochiq kirish prinsiplarini
oshkora qo‘llab-quvvatladilar. Ochiq kirishga qo‘shilgan
hissa original
ilmiy
natijalar,
birlamchi
ma’lumotlar va metama’lumotlarni,
boshlang‘ich materiallar, tasviriy va grafik materiallarni, raqamli
taqdimotlarini va ilmiy multimediyaviy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: