2
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari bilan o’zaro
hisob-kitoblar hisobi
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari
bilan olinadigan
schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi
schyotlarda olib boriladi:
4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – bu
aktiv schyot suv iste’molchilari uyushmalarining haridorlari yoki buyurtmachilari
bilan jo‘natilgan bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni
naqd va naqdsiz pul ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda
olinadigan schyotlarning holati va harakati aks ettiriladi. Olinadigan schyotlarni
vujudga kelishiga jo‘natilgan bajarilgan ishlar va xizmatlarni haqiqatda amalga
oshirilganligini ifodalovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida quyidagi buxgalteriya
yozuvlari qilinadi:
D-t
4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
K-t 9030 «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar», 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari», 9220 «Boshqa aktivlarning
chiqimlari».
Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlardan import qilingan materiallar,
tovarlar, ish va xizmatlar uchun muddatida to’lanmagan kreditorlik qarzlar
bo‘yicha ijobiy yoki salbiy (zarar) kurs farqlari vujudga kelishi mumkin. Bunday
kurs farqlari milliy valyuta hisobida xorijiy ta’minotchilarning suv iste’molchilari
uyushmalari oldidagi kreditorlik qarzlarini ko‘paytiradi va u quyidagi yozuvlar
bilan aks ettiriladi:
D-t
4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
K-t 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar»
Olinadigan schyotlar haridor va buyurtmachilardan oldindan olingan avans
summalari evaziga, shuningdek debitorlik qarzlar naqd va naqdsiz yo‘llar bilan
keyinchalik kelib tushgandan so‘ng yopiladi, ya’ni:
Irrigatsiya xizmati badali sug’orish va drenaj tarmoqlaridan foydalanish va
unga texnik xizmat ko’rsatish xarajatlarini hamda u bilan bog’lik ma’muriy
xarajatlarni o’z ichiga olgan bo’lib, quyidagilarga sarflanadi
Kanallarni loyqalardan tozalash
Kanal qazish
Dambalarni ta’mirlash
Kanallarni o’tlardan tozalash
Eskirgan asosiy vositalarni almashtirish
Aloqa xarajatlari
Nasoslar va og’ir uskunalar uchun yoqilg’i moylash materiallari
Suv o’lchash asboblari /nazorat moslamalarini o’rnatish va
ta’mirlash
Nasos va ofis uchun elektir energiyasi xarajatlari
SIU xodimlarining maoshlari
Ofis uchun kanselyariya buyumlari xarajatlari va boshqalar
Irrigatsiya xizmati badalini hisoblashning turli usullari mavjud bo’lib,
ularning har birining o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari bor. Sug’orish va
drenaj tarmoqlarining murakkabligidan kelib chiqqan holda IXB lar har-xil bo’lishi
mumkin. Nasosli sug’orish tarmoqlari uchun IXB qiymati yuqoriroq bo’ladi,
chunki
nasoslarni ishlatish uchun sariflanadigan elektr energiyasi yoki yoqilg’i
moylash materiallari xarajatlari hisobiga olinadi. Bu to’lovlar SIU joylashgan
hududga qarab turlicha bo’ladi, chunki elektr energiyasi uchun to’lovlar joylarga
xos elektr uzatish xarajatlariga asoslangan. IXB qiymatini aniqlashda hisobga
olinadigan boshqa omillarga sug’orish va drenaj tarmoqlarini ta’mirlash ishlari
kiradi. IXB hisoblashning quyidagi uchta asosiy usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: