25
garchi ular mazkur bosqichdagi (ma’lum tsex yoki ma’lum uchastkadagi) barcha ishlov
operatsiyalanini o’tgan bo’lsalar ham, lekin ishlov yoki yig’ish uchun navbatdagi bosqich
(navbatdagti tsexga, uchastkaga) yo’naltirishishi kerak bo’ladi. Masalan, yarim tayyor
mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi tsexi tomonidan ishlab chiqarilgan,
lekin shu zavodning qayta ishlash tsexida ishlanishi davom etadigan detallar kiradi. Bir tsexda
ishlovdan o’tgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga topshiriladi,
keyinchalik omborlardan, ularga bo’lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi tsexga ishlov yoki
yig’ish uchun kelib tushadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan mehnat
buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga o’xshab, ba’zibir
ishlov bosqichlarini o’tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan
iborat bo’ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar mazkur tsexda barcha ishlovlardan to’la
o’tgan bo’lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali
ishlanishi lozim bo’ladi.
Muomaladagi mablag’lar, ya’ni muomala buyumlari, pul mablag’lari, hisob -
kitobdagi mablag’lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag’lardan iborat.
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo’ljallangan
tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor
mahsulot va ortib jo’natilgan tovar (tayyor mahsulot)ga bo’linadi. Ortib jo’natilgan tovarlarni
muomala buyumlariga qo’shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to’lagunga
qadar (kassa usulisida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblandi. Hisoblash (nachislenie)
usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo’natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi
korxonaning mulki bo’lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to’lovning
yo’qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur ob’ekt
muomala doirasidan hisob-kitobdagi mablag’larga o’tadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag’lar shu sohada xizmat qiladigan har xil
binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag’larga tayyor mahsulot
omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino
va imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar, sovituvchi qurilmalar, tokchalar hamda shu erda
joylashgan xo’jalik inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va hokazolar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: