14
Xaqqoniy xolis taqdim etish. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvilarda sub’ektning
moliyaviy holati, muomulalalar natijalari, pul mablag’lari xarakati haqida xaqqoniy va xolis
tasavvur xosil qilish kerak.
Tugatilganlik tamoyili zamirida moliyaviy hisobotni ishonchligiga erishish maqsadida
barcha axborotlarni to’liq va tugatilgan bo’lishi tushuniladi.
Izchillik tamoyili hisob siyosati bir davrdan boshqa davrga izchil o’tkazilishini
nazarda tutadi. Izchillik tamoyiliga rioya etish natijasida qo’yidagi imkoniyatlar yaratiladi.
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatidagi o’zgarishlarni aniqlash, tahlil
qilishda turli xiobot davrlari moliyaviy hisobotlarini qiyoslash;
moliyaviy hisobot bandlarini guruhlab, kreditorlik qarz summalari esa «Passiv»
bo’limida ko’rsatiladi;
BXMS ga ko’ra, 4010 «Olinadigan schetlar» scheti bo’yicha debitorlik qarzi
summasi ushbu summadan 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahiralar» schetidagi summa
ayirilganidan keyingi qoldiq summa sifatida balans aktivida aks ettiriladi:
Daromadlar, zararlar alohida holda ham, umumlashtirilganda ham uncha ahamiyatli
bo’lmasa umumlashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan ikki holatdan tashqari daromad va xarajatlar, aktiv va passiv
moddalari o’zaro qoplanishi mumkin emas.
Agar daromadlar va xarajatlar hisoblangan bo’lsa, moliyaviy hisobotlar ilovasi
izohlarda muhimlik tamoyilga ko’ra, yoritiladi. Masalan, debitorlik qarzi «Olinadigan
schetlao» bandi bo’yicha aks ettirilishida, «Shubhali qarzlar bo’yicha qarzlar» summasi
ayirilganidan so’ng aks ettirilgan bo’lsa, yillik hisobot ilovasi tushuntirish xatida xar ikkala
schet summalari alohida – alohida yoritilishi shart.
O’z vaqidadalik tamoyili axborotni foydaligini ta’minlaydi. Hisobotni o’z vaqidada
tegishli foydalanuvchilarga etkazilmasligi axborotni ahamiyatlilik darajasini kamaytiradi.
Axborotni o’z vaqidada etkazilmasligi foydalanuvchilarni tegishli qarorlar qabul
qilishdan kechiktiradi yoki noto’g’ri xulosa chiqarishiga sabab bo’ladi.
Offsetting (moddalarning o’zaro qoplanishi).
Aktivlar va passivlar o’rtasida o’zaro qoplanishni amalga oshirish mumkin emas
(boshqa BXMS larda nazarda to’tilgan holatlar bundan mustasno).
Xolislik tamoyili moliyaviy hisobotda yoritilgan sub’ektning moliyaviy holati, xo’jalik
faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimi haqidagi ma’lumotlarni xolis bo’lishini
ta’minlaydi.
Xolislik tamoyiliga rioya etishda BXMSni buxgalteriya hisobini yuritishdagi va
moliyaviy hisobotni tuzish asosiy tamoyillariga amal qilish zarur.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatidagi o’zgarishlar tezligi BXMS da ishlab
chiqilmagan holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xolisona ravishda BXMS asosida mustaqil hisob yuritish
siyosatini tanlaydi va qo’llaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bunday hollarda, hisob yuritish
usuli yuzasidan qabul qilingan mustaqil qarorlarni hisob yuritish siyosatida yoritishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: