Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/65
Sana05.07.2022
Hajmi1,65 Mb.
#740790
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Bog'liq
Meyoriy asoslar

Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan 
holda: 
• istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga 
ega bo‘lishini ta’minlashga; 
• amaliyotga bola yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini 
joriy etishga; 
•oila va jamoa bilan hamkorlik; 
•ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan 
holda milliy qadriyat va ustivorlikni qamrab olish; 
•qulay, do’stona va havfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan. 


197 
Majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim 
jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslangan: 
•bolaga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvi; 
•inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish; 
•bolaning xolestik (yaxlit) xususiyatlarini ta’minlaydigan muhit tashkil etish; 
• maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi – o‘yin asosida 
ta’lim berish; 
•bola–ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi; 
•rejalashtirish va baholash samaradorligi; 
•bolani tarbiyalash va ta’lim berish jarayoniga ota-onalarni faol jalb qilish; 
•interfaol ta’lim; 
•integrativ ta’lim. 
Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat 
paytida, balki mustaqil, o‘yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan 
birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to‘liq bajarilishi lozim. 
“Ilm yo’li” variativ dasturida o’quv-tarbiyaviy faoliyatning ifodalanishi 
O’quv-tarbiyaviy faoliyati “O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” asosida amalga 
oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv va tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari 
bo’yicha tashkil etadi. 
O’quv yili har yilning 2 sentabridan boshlanib, 31 maygacha davom etadi. 


198 
To’liq va to’liqsiz tayyorlov guruhlari o’quv-tarbiyaviy jarayonni haftasiga 
15 soatdan kam bo’lmagan hajmda tashkil etiladi. 
6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha 
guruhlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy 
hududlar (mahallalar)da, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini 
ko’rsatuvchi yuridik shaxslar bazasida, shu jumladan, oilaviy maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ham tashkil etishi mumkin.
Mazkur guruhlarda bolalarning ro’yxati maktabgacha ta’lim tashkiloti 
joylashgan hududga biriktirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari 
hovlima-hovli, 
xonadonma-xonadon 
yurib, 
ko’rib 
chiqishlari 
orqali 
shakllantiriladi. 
Boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o’tgan bolalarga 
davlat namunasidagi boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan 
o’tganligi haqidagi sertifikat beriladi. 
Rejalashtirish- zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar 
va metodlarni ko’rsatish bilan o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ketma-
ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish qanchalik savodli, o’ylab 
amalga oshirilgan bo’lishi butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga 
bog’liq bo’ladi. 
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojlanishidagi noaniqlik ulushining 
sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi 
harakatlarining izchilligini ta’minlashga ham imkon beradi. 
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning 
hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o’z vazifalari va maqsadlarining 
anglab yetilishiga, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi hayotni qiziqarli, foydali, 
ijodiy jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi. 
Rejalashtirish 
modelini 
tanlashda 
har 
bir 
pedagogning 
kasbiy 
tayyorgarligini, uning tajribasini, o’z faoliyati natijalarini ko’ra olish mahoratini, 
ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ish 
sharoitlarini hisobga olish lozim bo’ladi. 


199 
Ta’lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga tayanib, unda kundalik 
harakatlar, bolalar o’yinlari, bo’sh vaqt va pedagog rejalashtirgan ta’lim-tarbiya 
ishlarining turlari navbati bilan ko’rsatiladi. 
Ta’lim-tarbiya faoliyati ta’limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog’liq, ovqatlanish 
va havfsizlik) qondirish maqsadlarida bolaning yoshga doir va individual 
rivojlanishiga asoslanadigan o’quv rejasiga muvofiq olib boriladi. 
Ta’lim-tarbiya faoliyati bolaning kundalik hayotidan va uni o’rab turgan 
muhitdan kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga birlashtiriladi. 
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o’qitish shart-sharoitlariga bog’liq 
holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida amalga 
oshiriladi. Buning natijasida pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish