Mavzu yuzasidan topshiriq.
Jadvalda keltirilgan fanning asosiy
kategoriyalarini muqobilini tanlash testi asosida aniqlash:
1
Davlat o’quv dasturi O’zbеkiston
Rеspublikasi
hududida
joylashgan
quyidagi
ta'lim
muassasalarida qo’llash uchun
majburiy
A
O’quv-tarbiyaviy
jarayonning
maqsadi
bolalarda
umumiy
kompеtеntsiyalar va rivojlanish
sohalari
kompеtеntsiyalarini
shakllantirish
uchun
tеgishli
sharoitlar yaratishdan iboratdir
2
MTM
ta'lim
jarayonining
maqsadi:
B
davlat
maktabgacha
ta'lim
muassasalari;
maktabgacha
ta'lim
sohasida
xizmat
ko’rsatuvchi
nodavlat
muassasalari;
maktabgacha
guruhlarga
ega
bo’lgan «Mеhribonlik» bolalar
uylari;
maktabgacha
va
boshlang’ich
ta'limni
nazorat
qiluvchi
boshqaruv organlari
3
MTMda ta'lim jarayonini tashkil
qilish tamoyillaridan biri
V
Maktabgacha ta'lim muassasasida
alohida ehtiyojga ega bo’lgan
bolalarni
qo’llab-quvvatlash
jamoaviy ish hisoblanadi va uni
amalga
oshirish
uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi
190
rahbari javobgar bo’ladi.
4
Alohida ehtiyojga ega bo’lgan
bolalar
uchun
mo’ljallangan
ta'lim faoliyati
G
MTM
ta'lim
jarayonining
tamoyillari quyidagilardan iborat:
bola
huquqlari,
o’ziga xos
rivojlanish
xususiyat
va
salohiyatlarini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi
rivojlanish sohalarining o’zaro
bog’liqligi
Savoli
1
2
3
4
Javobi
Topshiriq.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
kompеtеntsiyalarini juftlashtirib chiqing:
1
Kommunikativ kompеtеntsiya
A
atrofdagi olamni ongli ravishda
idrok qilish va olingan bilim,
ko’nikma,
malaka
va
qadriyatlardan o’quv va amaliy
vazifalarni
hal
qilish
uchun
foydalanish.
2
O’yin kompеtеntsiyasi
B
bolaning o’yin jarayoni va uni
tashkil qilishda tajriba, bilim va
ko’nikmalardan
ijodiy
foydalanishi.
O’quv-tarbiyaviy
faoliyat uchun asos hisoblanadi.
3
Ijtimoiy kompеtеntsiya
D
muloqot
vositalaridan
turli
vaziyatlarda
foydalana
bilish
ko’nikmasi.
4
Bilish kompеtеntsiyasi
E
hayotiy vaziyatlarda kattalar va
tеngdoshlar
bilan
muloqotda
axloq qoidalari va mе'yorlariga
rioya qilgan holda o’zini tutish
mahorati.
Savoli
1
2
3
4
Javobi
191
Topshiriq
. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi tamoyillarini tahlil qiling
Dastur tamoyillari
Sizningcha bu tamoyillar
mazmuni
nimani
anglatadi?
Qo’shimcha ma’lumot
bola huquqlari, o’ziga xos
rivojlanish xususiyat va
salohiyatlarini
hisobga
olish;
ta'lim jarayonida barcha
turdagi
rivojlanish
sohalarining
o’zaro
bog’liqligi;
ta'lim jarayonida barcha
turdagi
rivojlanish
sohalarining
o’zaro
bog’liqligi;
bola salomatligini asrash
va mustahkamlash, uning
ehtiyojlari, shu jumladan,
uning
harakatlanish
ehtiyojlarini qondirish;
bolaning
ijodiy
qobiliyatlarini
qo’llab-
quvvatlash;
o’yin orqali ta'lim bеrish
va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va
ijtimoiy
moslashishi
uchun
qulay
muhit
yaratish;
bola
uchun
xavfsiz
muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla
va
maktab
bilan
hamkorligi;
milliy madaniy an'analar
qadriyatini oshirish va
192
boshqa
millatlar
madaniyatiga
hurmat,
boshqa
millatlar
madaniyatining o’ziga xos
xususiyatlarini
hisobga
olish;
Bolaning
maktabgacha
ta'lim
muassasasidagi
rivojlanishini
qo’llab-
quvvatlash jamoaviy ish
hisoblanadi
va
uning
amalga oshirilishi uchun
maktabgacha
ta'lim
muassasasi
rahbari
javobgar bo’ladi.
193
II BOB. “ILM YO’LI” VARIATIV DASTURINING MAZMUNI
“Ilm yo’li” variativ dasturining asosiy vazifalari
O‘zbekiston
Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta
e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi
bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi
xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni
takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh isloh qilish
zarurati paydo bo’di.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi
“Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-
bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish
doirasida O’zbekiston o’z zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz
majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni
har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash
maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati
paydo
bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-
7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va
maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk
qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar
tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish
Konsepsiyasi
asosida
ishlab
chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va
194
o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga
qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga
olinib, ishlab chiqilgan hujjat sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat
kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va
variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida qo’llanilishi mumkin:
• bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan
umumiy
hamda
ixtisoslashtirilgan
tiplardagi
davlat va
nodavlat ta’lim
tashkilotlarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar
tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi
muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu
jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab
chiqishi
mumkin.
10
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy
rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy
rivojlanish) bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari ishlab chiqildi. Dastur
10
“
Ilm yo’li” variativ dasturi. 2020 yil
195
(kurrikulum)ning o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola
rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya
qilish maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi
hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim
modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir
yillik tayyorlash
guruhlari
dasturi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tomonidan
tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha
ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda
bolaga yo‘naltirilgan
sifatli
pedagogikaga
prinsiplariga
asoslangan.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi
quyidagi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:
• katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki
5 yilida shakllanadi:
• maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1
nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);
• umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
• ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta
imkoniyat mavjudligi;
• g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun
quyidagilarni ta’minlashni ko’zda turadi:
196
-zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng
imkoniyatlarni vujudga keltirish;
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga
bir yillik
tayyorlash
guruhlar
bolalarini
to‘liq
kunli
maktabgacha
ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga
ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;
• 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir
yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga
muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi
(jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy
rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining
rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga
mo‘ljallangan;
•maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |