1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik
faoliyatning asosiy yo’nalishlari
Hamza faoliyati ikki davr-inqilobgacha va
inqilobdan keyingi davrlar to’qnashuvida o’tgan.
1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida
bolsheviklarning yangi hokimiyati tomonidan
xayriya faoliyatiga chek qo’yilgan va uning
manbalarini yo’q qilgan-moddiy (shaxsiy mulk) va
ma’naviy (din). Katta hajmdagi ijtimoiy
muammolarni yechishni esa davlat o’z zimmasiga
oldi.
Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan
O’zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo’limlari tuzila
boshlandi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy
himoyasi bo’yicha muassasalar tuzildi, Moskva va
Leningrad oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy tarbiya
tizimi uchun kadrlar tayyorlash boshlandi. XX
asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam
07.12.2021, 22:31
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari
genderi.org/ozbekiston-respublikasi-xalq-talimi-vazirligi-v4.html?page=16
9/15
beruvchi “komsod” (yordam qo’mitasi) nomli
tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam
ta’minlangan oilalarni moddiy ta’minlovchi
“kambag’alik fondlari” ham mavjud bo’lgan.
V.F.Lubensov tomonidan boshqariladigan
K.Libxknet nomli mehnat maktabining tuzulishi
respublika hayotida muhim voqea bo’ldi. Maktab
faoliyatida ijtimoiy pedagogik tamoyillar yorqin
joy oldi. Karl Libxnet nomidagi tajriba maktab-
kommunasi Toshkent yaqinidagi 600 ta yetim
bolalar tarbiya topgan ilk maktablardandir.
Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga
Nikolskoye qishlog’i yonidagi yangi binoni berdi.
1919/20 yil qish fasli juda og’ir keldi. Isitilmagan
xonalarda yashashdi, na chiroq, na kerosin bor edi.
qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik
jamoasi ijod bilan mashg’ul bo’lishni davom
ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar
chiqish qilishardi. O’quvchilar aksariyat vaqtlarini
toza havoda, sport bilan shug’ullanish, turli
rasmlar chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilar
kontingentining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga
olibmaktab pedagoglari tarbiya ishini qattiqqo’llik
tamoyillari asosida olib borishardi. Maktabning
o’quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy
yo’nalishga ega bo’lgan. Masalan, “Nihol”
to’garagi eng kambag’al aholiga 6000 dona nihol
hadya etdi, 30 dehqonga qishloq xo’jaligi
ko’rgazmasida ishtirok etishga ko’maklashdi.
“Tozalik” to’garagi oziq-ovqatlanishni nazorat
qilardi.
Suvdan foydalanish
, maishiy va
qishloqdagi sanitar-gigenik sharoitlar. O’quvchilar
o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari tuzishdi.
Jismoniy mehnat o’quv va fakultativ mashg’ulotlar
bilan bir vaqtda o’tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda
asosiy tarbiya ishi dala, bog’larda o’tardi. Ular
bug’doy, paxta, guruch, jo’xori, olma, sabzavotlar
yetishtirishardi. Ipakchilik, asalarichilik bilan ham
shug’ullanishardi. Bunaqa turli xil mashg’ulotlar
o’quvchilarda agrotexnik va zootexnik
ko’nikmalar paydo bo’lishiga olib keldi.
Bolalarning mustaqilligi va mas’uliyatliligini
rivojlantirishning yana bir metodi o’z o’zini
boshqarish tizimi bo’lib, u jamoada muomala
qilish ko’nikmalarini to’ldirardi.
1924 yil maktabda Volga bo’yidagi och bolalar
uchun Go’daklar uyi tashkil qilindi. Maktab
jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf
etdi va 1971 yil maktab tajriba maktabiga aylandi.
Qisqa vaqt mobaynida iqtidorli va qiziquvchan
pedagoglar jamoasi xizmatlari bilan maktab
o’qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan
shug’ullanuvchi, shahar va qishloq maktablari
uchun metodik qo’llanmalar, dasturlar chiqaruvchi
respublika ilmiy-metodika markaziga aylandi.
07.12.2021, 22:31
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari
genderi.org/ozbekiston-respublikasi-xalq-talimi-vazirligi-v4.html?page=16
10/15
Maktab jamoasi ilk marta “qishloq
o’qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik
darsliklar yaratdi. SHuningdek, 1925 yilda
V.Lubensovning “Boshlang’ich maktabda dars
berish metodlari” (o’zbek tilida) nomli kitobi,
1928 yilda V.F.Lubensov va N.P.Arxongelov
taxriri ostida “Bilim” nomli o’zbek maktabi
boshlang’ich sinflari uchun ilk xrestomatiya chop
etildi.
1924 yilda O’zSSR tashkil topishi munosabati
bilan maktab qoshida o’zbek bolalari uchun
boshlang’ich maktablar tuzildi. Unda Inoyatov,
Mansurov, Usmonov, Rustamov, Safarov kabi
ajoyib o’qituvchilar dasr berishgan.
Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo’lgan va
xozirgi ijtimoiy holatda ham qo’llash uchun
o’rganilishini talab qiladi. 20-30 yillarda ijtimoiy
pedagogik tarbiyaning asosiy yo’nalishlari
quyidagilar bo’lgan:
savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa
ayollarda);
mehnat tarbiyasi va ta’limni yo’lga qo’yish;
maktab-internatlarni yaratish;
ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan
birlashtirish.
O’rganilayotgan davrda nafaqat o’quv yilida balki
ta’tillarda ham “yozgi maktab” nomi ostida
o’tkaziladigan darsdan tashqari o’qish ham
rivojlana boshladi. Ilk maktabdan tashqari bolalar
muassasalari-kutubxona-qiroatxonalar, maktab-
teatr jamoalari paydo bo’la boshladi. XX asrning
30-yillarda maktabdan tashqari bolalar texnik va
qishloq xo’jaligi stansiyalari, klublari, kutubxona
va teatrlari faoliyat yuritdi. Turli maktab
to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish
vositasi sifatida bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishi
uchun tashkil qilindi. Aynan shu davrda pedagogik
faoliyatini boshlagan o’zbek shoiri G`.G`ulomni
(1903-1966) tilga olmay iloj yo’q. 1918 yildan
G`.G`ulom ilk o’zbek maktab-internatlarining
ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu
maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator
ijtimoiy pedagogik vazifalardan-savodsizlikka
qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni
tashkil qilish, ta’lim berishning ilg’or usullarining
qo’llanishi, o’quvchilarning mustaqil badiiy
faoliyatiga rahbarlik, o’quvchilarda kasb,
mehnatga qiziqish uyg’otishdan iborat edi.
G`.G`ulom oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bergan
07.12.2021, 22:31
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari
genderi.org/ozbekiston-respublikasi-xalq-talimi-vazirligi-v4.html?page=16
11/15
va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalishi ota-
onaga bog’liq ekanligini dalillar bilanasoslangan..
Do'stlaringiz bilan baham: |