The value and tasks of the spiritual and educational activities of the student’s personality
Abstract
. This article indicates the significance and objectives of spiritual and educational
activities in shaping the personality of a student, as well as the organization and management of
spiritual and educational activities in higher educational institutions.
Keywords
: personality, education, upbringing, development, democratic society, spirituality,
enlightenment, significance, higher education.
XXI asrga qadam qo‘ygan O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – bu
ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Albatta ushbu g‘oyani amalga oshirishda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy soha ham muhim o‘rin
tutadi. Darhaqiqat, bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat fuqarolik jamiyatini qurishda davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishga ega bo‘lib kelmoqda. Qadriyatlarni tiklash, ularni ilm-fan va
taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, milliy o‘zlikni anglash, milliy istiqlol g‘oyasining
tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizga sadoqatli
bo‘lish ma’naviyat sohasidagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-
sonli Qarorining qabul qilinishi munosabati bilan keyingi yillarda ma’naviyat va ma’rifat masalasiga
alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol avlodni
voyaga yetkazish muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da «Yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda
umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab
chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat
axolisi orasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi»(11,8) - deb ta’kidlanadi.
Shuningdek, ushbu dasturda oliy ta’limda bakalavr va magistraturada mutaxassislarni
tayyorlashda «Xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida
ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash»ga e’tibor berish zarurligi ko‘rsatiladi. «Oliy
ta’limning davlat ta’lim standarti»da ham bakalavr yo‘nalishida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
bloki birinchi ko‘rsatilib, uning mazmunida, milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiya, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar negizida milliy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma’naviyat va
demokratik madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, e’tiqodi va ijtimoiy-siyosiy faollikni
shakllantirishi» kabi talablarni ta’minlash lozimligi uqtirilgan. Demak, ushbu qonun va DTSlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |