28. Asarda: «Agar kirsang Qoraxonning diniga, Olib be-
ray suluv Xumor qizini» tarzida ifoda bor. Nima uchun
shirvonliklar dini yoki boshqa bir dinga emas, aynan
«Qoraxonning diniga» tarzida urg‘u berilayotganligiga
e’tibor qiling.
«RAVSHAN» DOSTONI HAQIDA
«Doston» so‘zi adabiy atama sifatida xalq og‘zaki ijo-
di va yozma adabiyotdagi yirik hajmli asarlarni anglatadi.
Xalq dostonlarini do‘mbira yordamida ijro etuvchi, kuylov-
chi san’atkor o‘zbeklarda «shoir» yoki «baxshi» deb atal-
gan. Xorazmda dostonlar tor jo‘rligida aytiladi va bu xil
aytuvchilar «xalfa» deb yuritiladi.
Baxshi va xalfalarning badiiy bisotida turli yo‘nalish-
larda yaratilgan dostonlar bor. Ularning ilk bor qachon
va kim tomonidan aytilganligini aniqlash deyarli mumkin
emas. Baxshilar repertuaridagi asarlarning katta qismini
ishqiy-sarguzasht dostonlar tashkil etadi. Bunday doston-
lar mazmuni asosan sevgi mojarolaridan iborat. Ulardagi
sevgi mojarolari qo‘rqinchli sarguzashtlar, ertaklardagidek
163
xayoliy hodisalar hayotiy-real voqealar bilan aralash tasvir-
lanadi.
Bunday dostonlardagi voqealar tizmasi (sujet) bir-bi-
riga ancha o‘xshashdir. Qahramon ko‘pincha afsonaviy
go‘zalni tushida yoxu d suratini uzuk yoki oynada ko‘rib
qolib, g‘oyibona oshiq bo‘ladi. So‘ng uni izlab xatarli sa-
farga otlanadi, sermashaqqat va tahlikali sarguzashtlarni,
ajoyib-g‘aroyib voqealarni boshidan kechiradi, turli dush-
man kuchlar bilan to‘qnashadi, qahramonlik ko‘rsatadi.
Barcha qiyinchiliklarni yengib, maqsadiga erishadi.
Dostonlarimizning asosiy qismi ishqiy sarguzashtlarga
bag‘ishlanganligi o‘zbek xalqi juda qadim zamonlardan
buyon chin insoniy muhabbatni qadrlaganini ko‘rsatadi.
Dostonlar orasida «Go‘ro‘g‘li» turkumi alohida o‘rin
tutadi. Bu turkum dostonlar turkman, qozoq, qoraqalpoq,
tatar, turk, ozarbayjon, tojik, arman, gurji xalqlari orasida
ham mashhur. O‘zbeklar orasida tarqalgan «Go‘ro‘g‘li»
dostonlarining o‘zi yuztadan oshadi.
«Ravshan» badiiy jihatdan g‘oyat pishiq ishqiy-sargu-
zasht dostondir. Asar folklorchi olim Hodi Zarif (1905–
1972) tomonidan birinchi marta 1928-yilda Ergash Ju-
manbulbul o‘g‘li (1868–1937) og‘zidan yozib olingan va
1941-yilda nashr ettiri lgan. Ergash shoir «Ravshan»ni otasi
Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo‘rondan o‘rgangan.
«Ravshan» asarida otashin va samimiy muhabbat kuy-
lanib, islomiy e’tiqod yo‘lida sobit tura oladigan iymonli
kishilar madh qilinadi, ezgulik, mardlik va botirlik ulug‘la-
nadi, zulm va zo‘ravonlik, adolatsizlik qoralanadi.
Zulxumorni qo‘lga kiritish niyatida olis yo‘lga yakka o‘zi
chiqqan Ravshan yoshligi, soddaligi tufayli oson gina ban-
di etilib, zindonga tashlanadi. Ammo u qo‘rqoqlik qilmay-
di. Yigitlik sha’niga dog‘ tushirmaslikka intiladi. Qoraxon
a’yonlarining dinini o‘zgartirish haqidagi taklifi ni rad etib,
o‘z e’tiqodidan, dinidan kechmasligini aytadi. Muhabbat
uchun chekilgan iztirob, iymon yo‘lidagi azobga aylanadi.
164
Chin muhabbat egasi bo‘lgan botir yigit o‘limdan hayiq-
maydi. Dostonda Ravshanning g‘o‘rligi, tajribasizligi tufayli
xatolar qilishi, aldanishi haqqoniy ko‘rsatiladi.
Hasanxon – Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dong-
dor polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni
olgan Hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda
bosib o‘tadi. Dostonda shu o‘rinlar nihoyatda hayajonli,
ta’sirchan va go‘zal ifodalangan.
Doston – she’riy san’atlarga, badiiy tasvir vositala-
riga juda boy. Zulxumorning qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat
manzara lari yuksak mahorat bilan chizilgan. Zulxumor-
ning bog‘i tasvirini o‘qisangiz, ulkan e’tibor ila parvarish-
langan, shohona ko‘shk va qasrli so‘lim maskan, jannat-
day bir oromjoy ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Yoki
Shirvon bozorining 145 misralik tasvirini olaylik. Dostonda
sershovqin, to‘s-to‘polon Sharq bozorining o‘ta tabiiy, jozi-
bador tasviri berilgan.
«Rav shan» dostoni qofi yali nasr (saj)ning go‘zal namu-
nasidir. Deyarli har bir nasriy parcha – qofi yali. Dostonning
vazni ham o‘ziga xos. She’riy qismi asosan yetti, sakkiz
va o‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida. Baxshi qahramonning
ruhiy holati, his-hayajoni, voqea rivojining sur’atiga mos
tasvir yo‘sinini topadi. Sakkiz bo‘g‘inli vazn urush va jan-
govarlik holatiga juda mos keladi:
Keling, kallar, keching jondan,
Umiding bo‘lsa maydondan.
Siz bir yondan, men bir yondan,
Ot qo‘y g‘animning ustiga.
Asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tez-
lashgan holatlarda esa yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalani-
ladi:
Qush uchmagan cho‘llardan,
So‘na
1
yuzgan ko‘llardan,
Odami yo‘q yo‘llardan,
1
So‘na – o‘rdak.
165
Dim uchi yo‘q cho‘llardan,
Tomosha qing, mard Hasan
Qistab o‘tib boradi.
Bunday o‘rinlarda tinglovchi o‘zini go‘yo asar qahra-
moni bilan yonma-yon ot qo‘yib borayotganday his eta-
di. Shoir qahramonlar ruhiy holatini chuqur his etadi va
uni doston tinglovchilariga ham yuqtira biladi. Dostonning
tili – sodda, rang-barang. Unda adabiy tilimizni boyitishga
xizmat qiladigan so‘z va atamalar juda ko‘p.
Suyukli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ul-
kan mehnati, iste’dodi hamda dostonni yozib olgan folk-
lorshunos va noshirlarning og‘ir mehnati tufayli avlodlar-
ga meros bo‘lib qolgan «Ravshan» dostoni kitobxonlarni
mustahkam islomiy e’tiqod, chin va pokiza muhabbat,
or-nomus, qahramonlik, ota yurt va xalqqa sadoqat ruhida
tarbiya laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |