siyosati” mavzusini o’qitishda interfaol usullaridan foydalanish...................64
6
Mavzuning dolzabligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi
daromadlarini ko’paytirish va turmush farovonligini yaxshilashning muhim
omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va
kasanachilik sohalarini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish,
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo’yicha
keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorligi va milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi ko’p
jihatdan ushbu muammoni hal etilishiga bog’liqdir. Shu sababli bugungi
kunda respublikamizda aholini ish bilan ta’minlash va uning farovonligini
oshirish masalasiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi
sifatida qaralmoqda.
O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushining o’sib borishi - ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar
bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat
ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport
tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish
bilan ta’minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush
farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
2007-2011 yillarda respublika bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega
bo’lmagan, lekin listenziyaga ega tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 140,8
ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko’paygan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek:
“Aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo’lgan kichik
biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, xizmat
ko’rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan toifalari moddiy qo’llab-
quvvatlanmoqda, ular uchun ish o’rinlarini kvotalash tartibi yo’lga qo’yildi;
davlat va mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat
ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migrastiyani tartibga solishga
7
e’tibor kuchaytirilmoqda.”
1
Aholi daromadlarining oshishi o’z navbatida ularniig banklardagi
omonatlarining salmog’ining oshishiga olib keldi. 2012 yilda aholining
banklardagi omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’ngi o’n yilda esa 40
barobardan ziyod oshdi. Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va
uni yanada kengaytirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga
jalb kilishni yanada rag’batlantirish va kafolatlashga doyr qabul qilingan
Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari aholining bank tizimiga bo’lgan
ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Natijada, banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2012 yil
boshiga nisbatan 31,5 foizga ortdi. Jumladan, aholining banklardagi
omonatlarining miqdori 22,8 trln. so’mdan oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: