To’ng’ichi nimjonroq edi. Kasal bo’lib, ko’p kuydirdi…
Kenjasi qiz edi… Erkaroq o’sdi. Turmushi buzildi…
Bir kuni erkak kechasi uyg’onib ketdi. Uzoq o’y o’ylab yotdi. Qarasa, ayoli ham uyg’oq ekan.
Onasi,- dedi. - - Dunyoga kelib nima ko’rdik o’zi?
Bilmasam, - dedi ayoli xo’rsinib…
..Bobotoqqa borganimda qurib qolgan ikkita daraxtniko’rgandim. Ikkalasi bir-biriga suyani-i-ib
turardi...
Kuchsizniki-kuchli
Kuchli odamning g’azabidan qo’rqmang. Ojiznikidan qo’rqing! Kuchli to’ksa, o’z g’azabini
to’kadi. Ojiz esa o’z g’azabi bilanbirga o’zgalardan ko’rgan sitamini ham qo’shib sochadi...
Do'stlaringiz bilan baham: