Mo’tabar zot
Ayol kishiga avvalo Ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi.
Tosh va qum
Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga aylanishi
uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi.
Bosh aybdor
Turmush sinovlariga biz-kattalar dosh berolmasak, bolada nima gunoh? Nega bizning aybimiz
uchun go’daklar yetim qolib, aziyat chekishi kerak?
Donishmand
Nar lochin yemish topib kelarkan. Moda lochin o’ljani polaponlariga bo’lashib berarkan. Biron
falokat bo’lib, moda lochin o’lib qolsa, nar lochin har qancha yemish topib keltirmasin, baribir,
polaponlar ochidan nobud bo’lar ekan. Negaki, nar lochin o’ljani bolalariga burdalab berishni
eplolmas ekan… Tabiat naqadar beshafqat, tabiat naqadar dono!
Do'stlaringiz bilan baham: |