qilish shakllariga bog‘liq. SHu munosabat bilan tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil qilishning
quyidagi ikkita tarkibiy qismini tahlil qilishi kerak:
-
bozor va unda vujudga keladigan vaziyat;
-
ishlab chiqarish tuzilmasi.
Ish muhitini tahlil qilishda tadbirkor bu qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatishning
samarali usulini topishi kerak. Ammo, bunga erishish qiyin. CHunki, birinchidan, ikkala tarkibiy
qismlar sifati turlicha. Bozor dinamik o‘zgaruvchan mexanizmdan iborat. Unga doimo
kuzatiladigan talab, taklif, narx, raqobat sharoitlarining o‘zgarishi xosdir. SHu bilan bir
vaqtda ishlab chiqarish tuzilmasi konservativ, kam o‘zgaruvchan. Ishlab chiqarish dasturlari
har kunlik o‘zgarishlarni ko‘zda tutmaydi. Ikkinchidan, bozor va ishlab chiqarish fazo va vaqtda
bo‘lingan. Fazoviy bo‘linish shuni bildiradiki, bozordagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish
tuzilmasidagi xuddi shunday o‘zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi. Bu holat vaqt bo‘yicha
bo‘linish bilan ham chuqurlashadi, tadbirkor ishlab chiqarish dasturini shakllantiradi va uni
bozordagi vaziyat haqidagi axborotlar bilan asoslaydi. Ammo dasturni bajarish ma’lum bir
vaqtni talab qiladi, shu vaqt ichida bozorda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Buning
natijasida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar bozorda kerak bo‘lmay qolishi mumkin.
SHuning uchun tadbirkor muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi
marketing tadqiqotlari bozorda vaziyatning rivojlanish bashoratiga asoslanishi kerak. Bu
matematik statistika usullarini qo‘llashni, qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining sifatini
oshirishga imkon beruvchi iqtisodiymatematik modellarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Qaror qabul qilish, mas’uliyatni zimmasiga olish kabi funksiyalar tadbirkorlikni boshqarish
faoliyati bilan bog‘laydi. SHuning uchun ham tadbirkorni menejerdan ajratmoq zarur. Bularning har
biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Bir tomondan tadbirkorlik faoliyatining mazmuni boshqarish
faoliyatidan kengroq bo‘lsa, boshqa tomondan har bir ishbilarmon ham menejment funksiyalarini
bajara olmaydi. Menejment asoslariga bag‘ishlangan kitobda bu xaqda yaxshi fikr bildiriladi:
«SHaxsiy tavakkalchilik, moliyaviy imkoniyatga bo‘lgan munosabat, tinimsiz qattiq mehnat qilish kabi
xususiyatlarga ega bo‘lgan tadbirkor yiriklashib borayotgan korxonani boshqarib ketadi, degan gap
emas»
6
.
Menejerning «shakllanmagan tuzilmani shakllantirish» qobiliyati ishi yurishib ketayotgan
ishbilarmonga doimo ham xos bo‘lavermaydi. SHu sababli yirik korxonalar rahbariyatiga
menejerlar kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda «tadbirkor» tushunchasi «menejer» tushunchasiga
juda yaqin turadi. SHu bilan birga, tadbirkor mulkdor bo‘lsa, menejer boshqaruvchidir. Amalda
esa, aksariyat mulkdorlar menejer funksiyasini bajaradi, qator menejerlar esa o‘zlari boshqarib
turgan ishlab chiqarish korxonalariga ega bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: