23. Avtomatik liniyalar


Ko`p operatsiyali stanoklar va MICHM avtomatik liniyalari



Download 285,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.07.2022
Hajmi285,53 Kb.
#737363
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
23-1

23.3.
Ko`p operatsiyali stanoklar va MICHM avtomatik liniyalari. 
Moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlarni 
(moslanuvchan 
ishlab chiqarish tizimlari – MICHT) barpo etish ishlarning asosiy maqsadi yangi 
mahsulotlar turlarini o‘zlashtirish vaqtini ancha qisqartirish, mexnat unumdorligi 
keskin oshirish, jihozlardan foydalanishni yaxshilashga imkon beradigan ishlab 
chiqarishni tashkil etishni yaxshilashdan iborat. 
MICHTni barpo etish 
ishlab chiqarish jaraѐni va jihozlar boshqaruvini 
jamlangan holda avtomatlashtirishga imkon beradigan (1) detallar ishlab 
tayѐrlashning 
progressiv 
texnologiyalarini 
qo‘llash, (2) guruxli ishlab 
chiqarishning ilmiy asoslaridan foydalanish, (3) yuqori unumli texnologik 
jihozlardan foydalanish, (4) yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, (5) asbob ta‘minoti va tekshirishni 
avtomatlashtirish, (6) hisoblash texnikasi va dasturiy ta‘minot vositalardan 
foydalanishga asoslanadi. 
MICHT quyidagilarni ta’minlash uchun yaratiladi


Mahsulot ishlab chiqarish mexnat sarfligini kamaytirish; 

Jihozlardan foydalanish va yuklash koeffitsientlarini oshirish; 

Ishlab chiqarish davr muddati va tugatilmagan 
ishlab chiqarish 
xajmlarini qisqartirish; 

Ishlab chiqarish sharoitlari o‘zgarishiga uyg‘unlanish; 

Yangi mahsulotni chiqarishda o‘zlashtirish davrini kichraytirish; 

Mexnat sharoitlarini 
yaxshilash, og‘ir va zararli
operatsiyalarni avtomatlashtirish; 

Ishlab chiqarishda chiqastlanishni kamaytirish. 
Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi nima? 
Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi (MICHT) bu turli tarkibda raqamli 
dastur bilan boshqariladigan texnologik uskunalar, robotlashgan texnologik 
komplekslari, moslanuvchan ishlab chiqarish modullari hamda avtomatik ravishda 
ishlashni ta’minlash. 
MICHTning asosiy tarkib qismlari quyidagilardan iborat: 1) robotlashgan 
texnologik komplekslari (RTK); 2) moslanuvchan ishlab chiqarish modullari 
(MICHM); 3) raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar (RDBD); 4) 
avtomatik ishlashni ta‘minlovchi tizimlar (AITT). 
RTK - bu texnologik uskuna, sanoat roboti va ta‘minlovchi vositalardan 
tashkil topgan va avtonom ravishda ishlashga moslashgan majmua (tuzilma).
MICHM – raqamli dastur bilan boshqariladigan texnologik uskunadan tashkil 
topib, belgilangan mahslot nomenklaturasini tayyorlash va mahsulotni ishlab
chiqarishi bilan bog‘lik barcha funktsiyalarni bajarishga moslashgan tuzilma.


23.5-rasm. 
Ishlashni 
ta‘minlovchi 
tuzilmalar 
tarkibi: 
ATOT 
– 
avtomatlashtirilgan transport-ombor tizimi; AATT - avtomatlashtirilgan asboblar 
bilan ta‘minlash tizimi; ATT - avtomatlashtirilgan tekshiruv tizimi; ICHABT - 
ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimi; CHCHTT - chiqindilarni chiqarib 
tashlash tizimi; ALT - avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi; TJALT - texnologik 
jarayonlarni avtomatik oyihalash tizimi 
ITT – ishlab chiqarish bilan bog‘langan va uning ishini ta‘minlaydigan 
hamda elektron hisoblash mashinalari orqali boshqariladigan avtomatlashtirilgan 
tizimlar majmuasi. ITT ning tarkibi quyidagi tizimlardan tashkil topishi mumkin 
(rasm 4). 
AITT ning tarkibi quyidagi tizimlardan tashkil topishi mumkin (23.5-rasm):
1. ATOT – avtomatlashtirilgan transport-ombor tizimi, bu mexnat buyumlari 
va texnologik moslamalarni taxlash, saqlash, vaqtinchali jamg‘arish,
tushirish va eltib berish uchun o‘zaro bog‘langan transport va ombor 
qurilmalari tizimi.
2. AATT – avtomatlashtirilgan asboblar bilan ta‘minlash tizimi, bu 
asboblarni tayѐrlash uchastkalari, ularni transportlash va jamg‘arish,
asboblarni almashtirish va sifatini tekshirish qurilmalaridan tashkil topgan va 
asboblarni tayѐrlash, saqlash, avtomatik o‘rnatish va almashtirishni ta‘minlovchi
tizim.
3. ATT – avtomatlashtirilgan tekshiruv tizimi, mahsulotning ishlab tayѐrlash 
jaraѐnlari barcha bosqichlarida material, zagotovkalar, asboblar, ishlov berish 
rejimlari parametrlarini tekshirish yo‘li bilan mahsulotning talab etilgan sifat
darajasi, hamda MICHT elementlarning ishlash qobiliyatini ularni nazorat
qilish va diagnostika orqali ushlab turishni ta‘minlovchi tizim.
4. CHCHTT – chiqindilarni chiqarib tashlash avtomatlashtirilgan tizimi,
uning vazifasi nomidan kelib chiqadi.
5. TJALT – texnologik jaraѐnlarni avtomatik loyihalash tizimi, tizim 
vazifasi nomidan bilinadi.
6. ICHABT – ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimi, tizimning 
vazifasiga (1) tizimdagi har qaysi ishchi pozitsiyani boshqarish; (2) boshqarish 
komandalarni ishchi pozitsiyalarga taqsimlash; (3) ishlab chiqarishni boshqarish
(4) tizimdagi transport vositalar harakatini boshqarish; (5) material oqimlar


harakatini boshqarish; (6) tizim tavsiflarini tekshirish, hisobotlarni tuzish va 
boshqa vazifalar 
Yuqoridagilarni umumlashgan holda MICHTning elementar tuzilish
sxemasi quyidagicha bo‘ladi (23.6-rasm): 
23.6-rasm. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimining elementar tuzilish 
sxemasi 

Download 285,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish