O'zR. Konst u'yr kitabi. Orinbetov n



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/84
Sana03.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#737010
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Bog'liq
pdffox.com ozr-konstuyrkitabi-orinbetov-n

XXII bob 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD HOKIMIYATI 
106-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 
holda ish yuritadi. 
107-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu 
muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar 
sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va 
xo‘jalik sudlaridan iborat. 
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
108-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va 
ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni 
ko‘radi. 
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan 
Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining vakilidan iborat tarkibda saylanadi. 
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a’zolari deputat bo‘la olmaydilar. 
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a’zolari siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi 
bo‘lishlari va boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. 
Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. 
Konstitutsiyaviy sud sudyalari o‘z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga bo‘ysunadilar. 
109-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 
1)O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning 
va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining 
davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; 
2)Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
3)O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh 
beradi; 
4)O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat 
doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. 
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga 
kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas. 


111
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish