bo’lsa ikkinchi qirg’og’ining suv to’lqinlari ta’sirida doimiy yemirilishi va shunday joylarga suvning loyqaligi suv
tubini loyqa bosihsi tufayli gulli o’simliklarning o’sihsiga ekologik sharoit yo’qligi kuzatiladi.
Tog’ mintaqasida joylashgan suv omborlari (gulli o’simliklar kam havzaning suvi sayoz suv tubini loy-
loyqa bosgan joylarida suvga yarim botgan o’simliklar onda-sonda uchraydi.
Suv omborlarida gulli o’simliklarni yaxshi rivojlanishi ularni ko’pligi baliqlarga ozuqa sifatida ijobiy rol
o’ynaydi. Lekin ularning haddan ziyod ko’pligi suv havzasini o’t bosihsiga suv hajmini kamayishiga olib kelsa
ikkinchi tomondan o’t bosgan havzalarda plankton organizmlar va baliqlarning rivojlanishiga ekologik sharoit
yo’qoladi. Uchinchi tomondan o’t bosgan suv havzalari omborlar turli kasalliklar tarqatuvchi hashortolarni
ko’payish joyiga aylanib qoladi. Suv omborlarini o’t bosishidan qutulishining chorasi havzani chuqur qurish uni o’t-
o’simliklaridan tozalash tubini haydash turli kimyoviy moddalar bilan ishlov berish tez-tez suvini chiqarib suv tubini
quritib turish loyqa suv bilan to’ldirish va boshqa tadbirlar ularni o’t bosihsidan saqlaydi.
Suv omborlarida plankton organizmlar turli darajada rivojlanadilar. Agar suv ombori sovuq ozuqa
moddalari kam va daryo suvlari loyqali bo’lsa bunday suv omborlarida fit ova zooplankton organizmlar yo’q yoki
juda kam rivojlanadi. Suv ombori tekislik daryolari o’zaniga urilgan bo’lsa, bahor, yoz kuzda ularning planktonida
ko’k-yashil, yashil pirofita suvo’tlarining vakillari, zooplankton eshakoyoqlilar shoxmo’ylovli rachkilar ko’p va
yaxshi rivojlandi.
Suv omborlarining boshlanish yuqori qismida suvning chuqurligi uncha katta emas. Oqishi sekin joylarida
ekologik omillar (harorat, gazlar, oziqa moddalar) va plankton organizmlar bir tekisda taqsimlanadi. Agar daryo
suvi tiniq bo’lsa u bilna oqib keladigan biogen moddalar ta’sirida suvo’tlarning yaxshi rivojlanishi kuzatiladi.
Suv omborlari to’g’on atrofida suv chuqurligining ortishi oqimning pastligi tufayli plankton organizmlarni
asta-sekin shuv tubi chok’masiga tushishi suvni yuza qatlamidan biogen moddalarni pastki yorug’lik yetib fotosintez
jarayoni o’tadigan qatlamlarga (10-15-20 m) o’tishi ham kuzatiladi. Lekin 70-100-120-150m chuqurlikda plankton
organizmlarning kamligi tufayli (Toktogul, nurek, Chorvoq suv omborlari) to’g’on tubidan chiqqan suvda fit ova
zooplanktoniga xos organizmlar kam uchraydi. Ammo uncha chuqur bo’lmagan suv omborlari (chordara,
Chimqo’rg’on, Janubiy Surxon) to’g’oni tubidan chiqadigan fito va zooplankton vakillariga boy ular suv bilan
yuvilib ketadi.
Turli suv omborlari tubida o’ziga xos bentos organizmlar rivojlandi. Suv bosgan joylarda 1-2 yillari suvni
sayoz joylarida tuproqda rivojlanuvchi bakteriyalar, suvo’tlar va turli edafauna vakillari tez rivojlandi. Lekin suv
sathi va uni turli ekologik omillarining o’zgarishi bilan suv tubiga xos doimiy bentos turlar ularning guruhlari
yuzaga keladi. Psammoreofil va peloreofil guruh gidrobiosenozlar tarkibi o’rniga boshqa tarkibga xos turlar loyni
kovlab uni ichida yashovchi organizmlar rivojlanadi.
Daryolar tubidagi toshlar ustida rivojlandigan litoreofil gidrobiosenozlar tarkibi buziladi. Ular suv
omborlari qirg’oqlarida saqlanib qoladi. Suv o’simliklari ustida o’sadigan va rivojlanadigan guruhlar paydo bo’ladi.
Suv sathining pasayishi bilan bir necha oy qurib qoladigan suv tubida to’plangan organizmlar (suvo’tlar,
zooplankton, zoobentos) quriydi chiriydi va loy-loyqani organik modda bilan boyitadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek suv omborlarining ixtiofaunasi daryolar, kanallar kollektorlar yoki ular bilan
bog’liq bo’lgan ko’p baliqlari hisobiga tashkil topadi. O’rta Osiyo suv omborlarining gidrologiyasi gidroximik va
biologik rejimi ekologik jihatdan yaxshi. Ularda yetarli darajada baliqchilikni rivojlantirish va olingan baliq
mahsuloti bilan aholi talabini qondirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: