1. ILM-FAN VA ILMIY TADQIQOT TUSHUNCHALARI VA
MAQSADLARI.
Reja:
1.
Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari. Tadqiqot usullari.
2.
Ilm-fan samaradorligi va ilmiy-texnik taraqqiyot
3.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining bosqichlari
Kalit so‘zlar: Ilm-fan,ilmiy tadqiqot, abstraktsiya, postulotlar, aksiomalar,
nazariya, metodologiya, usullar, faraz, fundamental, amaliy va innovatsion
tadqiqotlar.
1.
Ilm-fan va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari.
Tadqiqot usullari.
Boshlanishiga quyidagi ikkita tsitatani keltiramiz:
«Ilm-fan – borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni shakllantirish va nazariy
tizimlashtirish amalga oshiriladigan inson faoliyatining sohasi bo‘lib, unga ilm - fan
rivojlangan sari yana ham chuqurroq va kengroq kirib boriladi»
1
.
«Butun ilmiy ishning asosi bo‘lib, dunyo tartiblanganligi va uni o‘rganish
mumkinligi haqidagi e’tiqod hizmat qiladi»
2
.
SHunday qilib, agar Siz ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsangiz,
Sizning asosiy vazifalaringizdan biri mavjud bilimlarni tushunib olish va yangilarini
hosil qilish hisoblanadi. Ilm-fanni juda mavhum bir narsa deb o‘ylash kerak emas.
Misol uchun, so‘mning konvertatsiya bo‘lishiga erishish va dunyo valyutalarining
biriga aylanishi vazifasini xalqaro tajriba va bu yo‘nalishda davlatning ilmiy
asoslangan qadamlarini o‘rganishsiz amalga oshirish mumkin emas.
Ilm-fan – bu tabiat, jamiyat va tafakkurning ob’ektiv qonunlarini uzluksiz
rivojlanadigan bilimlar tizimi bo‘lib, insonlarning maxsus faoliyati natijasida ularni
aniqlash va bevosita jamiyatning samarali kuchga aylantirilishidir.
Ilm-fanni turli o‘lchovlarda ko‘rib chiqish mumkin:
1) asosini bilimlar tizimi tashkil etadigan ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli
sifatida;
2) ob’ektiv dunyoning qonunlarini bilish jarayoni sifatida;
3) mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining mo‘ayyan turi sifatida;
4) ijtimoiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri va bilimlarni ishlab
chiqarish va ulardan foydalanish jarayoni sifatida.
Har qanday bilimni ilmiy deb qarash to‘g‘ri emas. Insonlarning faqat oddiy
kuzatuv orqali olgan bilimlarini ilmiy deb tan olish mumkin emas. Bu bilimlar inson
hayotida muhim rolь o‘ynaydi, lekin ular hodisalar mohiyatini, ularning o‘zaro
bog‘lanishlarini, bu hodisalar nima uchun boshqacha emas, aynan shunday
kechayotganini ochib bermaydi va ularning kelajakda qanday rivojlanishini bashorat
qila olmaydi.
Ilmiy bilimlarning to‘g‘riligi faqatgina mantiq bilan emas, balki birinchi
navbatda amalda tajriba orqali tekshirish bilan aniqlanadi. Ilmiy bilim, mantiqiy
asoslanmagan va amaliy tekshirilmagan u yoki bu fikrni to‘g‘ri deb ko‘r-ko‘rona
ishonishdan tubdan farq qiladi. Borlikning mavjud qonuniyatlarini aniqlab, ilm-fan
ularni shu borliqqa mos keladigan abstrakt tushunchalar va sxemalar bilan
ifodalaydi.
Ilm-fanning asosiy xususiyati va asosiy vazifasi - ob’ektiv dunyoni bilishdir.
Ilm-fan tabiat, jamiyat va tafakkurning barcha hodisalarining asosiy jihatlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash uchun yaratilgan.
Ilm-fanning maqsadi - tabiat va jamiyat rivojlanishi qonunlarini bilish va
jamiyatga foydali natijalarni olish uchun olingan bilimlar asosida tabiatga ta’sir
qilish. Tegishli qonunlar ochilmagan bo‘lsa, inson faqatgina hodisalarni tasvirlab
berishi, faktlar to‘plashi, tizimlashtirishi mumkin, ammo u hech narsani tushuntira
olmaydi va bashorat qila olmaydi.
Ilm-fanni rivojlanishi faktlarni to‘plash, ularni o‘rganish va tizimlashtirish,
ayrim qonuniyatlarni mantiqiy mos keluvchi ilmiy bilimlar tizimiga
umumlashtirilishi va oshkor etilishiga olib keladi, bu bizga ma’lum bo‘lgan
dalillarni tushuntirishga va yangi ma’lumotlarni oldindan aytib berishga imkon
beradi.
Bilish yo‘li jonli kuzatishdan (his qilishdan) abstrakt tafakkurga va undan
amaliyotga borish bilan aniqlanadi.
Bilish jarayoni faktlarni to‘plashni o‘z ichiga oladi. Hech bir ilm-fan faktlarni
tizimlashtirish va umumlashtirish, ularni mantiqiy bilishsiz mavjud bo‘la olmaydi.
Lekin faktlar – olim uchun havodek zarur bo‘lsa-da, ularning o‘zi ilm-fan bo‘la
olmaydi. Faktlar tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan holdagina ilmiy bilimning
tarkibiy qismiga aylanadi.
Faktlar ilm-fanning muhim tarkibiy elementlari bo‘lgan oddiy abstraktsiyalar-
tushunchalar (ta’riflar) yordamida tizimlashtiriladi va umumlashtiriladi. Kengroq
tushunchalarni kategoriya deb nomlashadi. Kategoriyalarga hodisalarning shakli va
mohiyati haqidagi falsafiy tushunchalar, iqtisod nazariyasida – tavar, qiymat va
boshqalar kiradi.
Bilishning muhim sharti – printsiplar (postulotlar), aksiomalardir. Printsiplar
deb biror bir ilm-fan sohasining boshlang‘ich holatiga tushuniladi. Ular bilimlarni
tizimlashtirishning boshlang‘ich shakli hisoblanadi (Evklid geometrisining
aksiomalari, kvant mexanikasidagi Bor postulati va x.k.)
Ilmiy bilish tizimida
Do'stlaringiz bilan baham: |