Knop tizimi
Rajabov Shamshod
(Shaka_Rj)
Haqida
Elektron pul aylanish tizimlari qurish uchun sodda tizim. Bu tizim
foydalanuvchilarining vazifalari pul kiritish va chiqarishdan iborat. Qolgan barcha
harakatlar tizim tomonidan amalga oshiriladi. Siz o’zingizning online savdo
do’koni yoki pul aylanish tizimlaringizni bu tizim ichida quring.
Oddiy foydalanuvchilar uchun pullaringizni boshqarish juda oson. Siz biror
tizim ichida shaxsiy pullaringizni boshqaring. Buning uchun o’zingizga ishonchli
tizimni topsangiz bo’ldi.
Tizim
Har bir foydalanuvchi o’zi uchun hisob ochadi. Hisob ichida ko’plab ichki
hisoblar ochadi. Pullar ichki hisobda saqlanadi. Tashqi hisob esa o’zining ichidagi
hisoblarni boshqarish uchun. Tashqi hisob egasida o’zining ichki hisoblaridagi
pullarni boshqa hisoblarga junatish huquqi bor.
x – tashqi hisob. y – ichki hisob.
Bu yerda 3 ta hisobga misol keltirdim.
xn hisob o’ziga tegishli bo’lgan yn
hisoblardagi pullarni boshqa hisobga o’tkazish huquqiga ega.
x qiymatlari tizim
ichida takrorlanmas yagona raqamga ega. y qiymatlari faqat x ichida
takrorlanmasdir. Har bir ichki hisobga
x:y shaklida murojaat qilaylik. x2
hisobning ichidagi
y3 hisobning balansini bilmoqchi bo’lsak x2:y3 shaklida
murojaat qilamiz.
y1
x1
y2
y3
x2
x3
y1
y2
y3
y1
y2
y3
Hammasi juda sodda bo’lishi uchun
x tashqi hisoblarda uning nomi va
aloqa uchun yana qo’shimcha ma’lumotlar.
y ichki hisoblarda uning nomi, balansi
saqlanadi.
Pul o’tkazish
Pul o’tkazishni tashqi hisoblar o’zining ichidagi ichki hisoblardagi pullarni
boshqa hisoblarga o’tkazish orqali amalga oshiradi.
Pulni qayerdan qayerga o’zkazish kerakligi, pul miqdori, va o’zi uchun
berilgan tokenlar orqali buyruq beradi. Tokenlar kalit hisoblanib xatto o’zining
ichki hisoblari orasida pul aylantirish uchun ham kerak bo’ladi.
dan = x1:y3, ga = x3:y3, qiymat = 4, token2 = token1, token2 = token2
bu holatda 4 birlik pul
x1:y3 hisobidan x3:y3 hisobiga o’tkazilmoqda.
Xavfsizlik maqsadida tokenlar soni bir nechta bo’ladi. Sizdan talab etiladigani bu
tokenlarni maxfiy saqlash.
API
HTTPS GET yordamida amalga oshiriladi. So’rovlar manzili api.knop.uz.
So’rov usullari api.knop.uz/index.html sahifasida ko’rsatiladi. Har bir surovdan
so’ng amalning natijasi olinadi.
API orqali tashqi hisobga o’zgartirishlar kiritib bo’lmaydi. Ichki hisobning
har bir o’zgarishini token orqali amalga oshiriladi.
v.1 29.04.2022
G’oyalar
Maxsulotlar do’koni
Online do’koningizdagi maxsulotlar saytingizda ruyxatdan o’tgan
foydalanuvchigagina sotasiz. Ruyxatdan o’tgan har bir foydalanuvchi uchun
o’zingizga tegishli bo’lgan tashqi hisob raqam ichida, ichki hisob raqam ochasiz.
Va sizning do’koningizda ruyxatdan o’tgan har bir foydalanuvchining hisob
raqami bor.
Foydalanuvchi boshqa tizimlardagi hisob raqamlar orqali siznig
saytingizdagi biriktirilgan hisob raqamini to’ldiradi. Maxsulot sotilgandan so’ng
foydalanuvchi hisobidagi pullarni o’zingizning zahiradagi hisobingizga o’tkazib
olasiz.
Xizmatlar
Xizmat ko’rsatadigan foydalanuvchilaringizga hisob ochayotganda tashqi
hisobingiz ichida ichki hisob ochasiz. Har bir foydalanuvchi uchun hisob ochasiz.
Albatta bu hisobdagi pullarni boshqarish huquqi sizga tegishli. Ammo tizimingiz
ishonchli ishlashi uchun faqatgina ko’rsatilgan xizmatgagina pulni yechib olib
ishlatishingiz ma’qul.
To’lov tizimlari
Oddiy foydalanuvchilar uchun qulay shartlarda xizmat ko’rsatuvchi tizim
yarating. Odamlar siz yaratgan tizimingizda pullarini saqlashi, kerak bo’lsa boshqa
valyutalar bilan ayirboshlash takliflari bilan chiqishingiz mumkin.
Hammasi API orqali bo’lganligi sababli inson omilisiz tezkor aylanmani
taminlab beradi.
Bir martalik tulovlar
Har bir tranzaksiya haqida malumot olish oson. Har bir o’tkazma
takrorlanmas id raqamga ega. Tranzaksiya malumotlarida sizga kerakli hammasi
mavjud.
Birja
Birja tizimi bilan oson bog’lanadi. Chunki hisob bilan bo’gliq hamma
amaliyotlar avtomatik bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |