Jizzax viloyati Baxmal 2-son pedagogika kolleji


Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/83
Sana03.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#735291
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Bog'liq
1.G,Ishquvatov Bolalar jismoniy tarbiyasi (5) (2)

Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni. 
Sport 
mashg‘ulotining birinchi qismiga qo‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi 
mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bir holda u 
kirish, ikkinchi bir holda kirish-tayyorgarlik xarakterida bo‘lishi mumkin. 
Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional 
kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim 
harakat 
ko‘nikmalarini 
aniqlashtirishdan, 
bola 
organizmini 
asta-sekin 
mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha faol faoliyatga tayyorlashdan 
iborat. 
Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga, yas- sitovonlikning 
oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, 
bajarilishi ko‘p vaqtni ta- lab qilmaydigan tanish mashqlar va ulaming variantlarini 
bajarish taklif etiladi. 
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari 
— turlicha saflanishlar vaqaytasaflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan 
(yo‘nalishi ko‘rsatilgan burilishlar, boshlov chilami almashtirish va boshqalar) 
yurish va yugurish; tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik 
davra, ket- ma-ket va hokazo bo‘lib saflanish; turli ko‘rinishdagi va yassi- 
tovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar - tovonda, oyoq uchida, poldagi 
qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqa mashqlar. 
Kirish qismi bolalaming kolonnaga uchto‘rttadan bo‘lib, doira bo‘lib saflanishi, 
tarqalishi va hokazolar bilan yakunla- nadi. Bu bolalami mashg‘ulotning asosiy 
qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlami o‘rgatishga o‘tish uchun 
xiz- mat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2 minutdan 4 minutga- cha, o‘rta 
guruhlarda 3 minutdan 5 minutgacha, katta guruhlarda 4 minutdan 6 minutgacha 
davom etadi. 
Agar mashg‘ulotning birinchi qismi kirish-tayyorlov qismi sifatida 
rejalashtirilsa, uning boshlanishida yuqorida ko‘rsatilgan kirish qismi uchun 
mo‘ljallangan mashqlar beriladi. Biroq shundan so‘ng mashg‘ulotning shu qismida 
faqat takroriy va variatsiyali mashqlardan iborat o‘rgatish talab qilmaydigan 
umumrivojlantiruvchi mashqlar beriladi. Ularning vazifasi bola organizmini 
mashg‘ulotning asosiy qismidagi birmuncha yuqori jismoniy yuklamaga 
tayyorlashdir. Bunda yetarli jismoniy yuklamaga ega bo‘lgan murakkab 
koordinatsiyali asosiy harakatlar yoki faol xarakterdagi sport mashqlari 
rejalashtiriladi. Bunday holda mashg‘ulotning asosiy qismi bolalami asosiy 
harakatlarga o‘rgatishdan boshlanadi. 
Kirish - tayyorgarlik qismi kichik gumhlarda 3 dan 4 minut gacha, o‘rta guruhlarda 
4 dan 6 minutgacha, katta guruhlarda 5 dan 10 minutgacha davom etadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish