1
5-Mavzu. Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini
takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Reja:
1.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuquralashtirish va mamlakatni
modernizatsiya qilishda Oliy Majlis rolini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyati
sifatini tubdan yangilash.
2.
Davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish,
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish.
3.
Davlat boshqaruvi tizimida yangi zamonaviy g‘oyalarni tatbiq etish maqsadida
vazirlik va idoralarning vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqilishi.
Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasining qabul qilinishi.
4.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyojlarini qanoatlantiradigan davlat
xizmatlarini ko‘rsatadigan milliy tizimning isloh qilinishi.
5.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda xalq bilan muloqotning samarali
mexanizmlarini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla
instituti, Virtual va Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi, OAVlarning rolini
kuchaytirish vazifalari va ularning natijalari.
Tayanch iboralar!
Elektron hukumat, parlament, mexanizm, prezident, hukumat, demokratlashtirish,
senator, modernizatsiya, ma’muriy protsedura, reglament, Harakatlar strategiyasi,
kontseptsiya, korruptsiya, statistika, axborot texnologiyalari, kommunikatsiya,
intellektual davlat xizmatlari, institutsional samaradorlik, innovatsiyalar, raqamli
transformatsiya,
model, konsultatsiya
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati
tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning ravon
tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy
qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan,
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va
98-moddalariga)»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini
yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.
2
Hokimiyat sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda
islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan
tuzatishlar
jiddiy
ahamiyat
kasb
etdi.
Konstitutsiyaviy
qonunchilikni
takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar
birinchidan,
hokimiyat tarmoqlari
mustaqilligining oshishiga xizmat qilsa,
ikkinchidan,
davlat hokimiyati tizimida o‘zaro
bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni nazarda tutadi. Masalan: Vazirlar
Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi
hokimiyat devonini tuzish va unga rahbarlik qilish huquqi Prezident vakolatlari
doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar hamda Toshkent shahar
hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish huquqining
berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat mustaqilligini va ta’sirini
oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi,
shuningdek uning
hisobotini tinglash
va
muhokama qilish
Parlament rolini yanada
kuchaytirishga ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.
Hokimiyatlar tizimidagi yana bir demokratik institut mazmuni quyidagicha:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomondan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti nomiga rasman yo‘naltirilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga
nisbatan
Do'stlaringiz bilan baham: |