Oʻrol Tansiqboyev
Oʻrol Tansiqboyev
(1904.14.1 Toshkent — 1974.18.4) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi.
Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Penza rassomlik bilim yurtini tugatgan (1924),
Oʻzbekiston
davlat sanʼat muzeyi
qoshidagi tasviriy sanʼat studiyasida taʼlim olgan (1924— 28). T.ning
izlanishlar davri boʻlgan 20—30 yillardagi ijodi uslub, janr, mavzu rangbarangligi bilan ajralib turadi.
Dastgox. va monumental sanʼatda tarixiy, maishiy va portret janrlarida asarlar yaratdi. Gʻarbiy
Yevropa yangi sanʼati, Meksika monumental rassomlari ijodi, Oʻrta Osiyo devoriy rassomligi va
miniatyura sanʼati uslublarini oʻrgandi va shular taʼsirida ijod qildi ("Oʻzbek portreta", 1927;
"Kurash", "Karvon", 1929; "Oʻtovda", 1931 va boshqalar). 30 yillardan obʼyektni aniq tasvirlash T.
ijodining muhim belgisiga aylandi, unda manzara janri yetakchi oʻrin egalladi. T. manzaralar
tasviriga hayotiy lavha, inson faoliyatini ifodalovchi unsurlar kiritishga intildi ("Moviy manzara",
1935; "Tungi sugʻorish", 1942). Ikkinchi jahon urushi yillarida (1942) Moskva yaqinidagi jang boʻlib
oʻtgan yerlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan rassomning "Urush yoʻllarida" asarlar turkumi maydonga
keldi. Urushdan keyin qishloq hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratdi: "Togʻdagi kolxoz" (1949),
"Sholikor kolxozda", "Gʻoʻza sugʻorish" (1949), "Oʻzbekistonda bahor" (1950). Ona yurtning
umumlashma badiiy obrazini yaratish yoʻlidagi izlanishlari samarasi sifatida bir qancha asarlari
yuzaga keldi ("Jonajon oʻlka", 1951; "Issiqkoʻlda oqshom", 1951; "Togʻdagi yaylov", 1953;
"Togʻda kuz", 1954 va boshqalar), ular orasida industrial manzaralar ham uchraydi ("Qayroqqum
GESi tongi", 1957 va boshqalar). "Togʻdagi qishloq", "Oqshom" (1962), "Angren — Qoʻqon yoʻli"
(1962), "Chorvoq qurilishida" (1970), "Mirzachoʻl kanali" (1971) kabi liroepik asarlarida
Oʻzbekistonning tabiati hamda inson mehnati tufayli oʻzgarib borayotgan qiyofasi oʻz aksini
topgan. "Jonajon Uzbekistan" manzaralari turkumi ("Kuz tongi", 1972; "Oqshom", 1972; "Mening
qoʻshigʻim", 1972 va boshqalar) va boshqa
T. asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻgshamlarda saqlanadi.
Rassom 1967—74 yillar yashagan uyi T. uymuzeyiga aylantirilgan (1981). Uymuzeyda ijodiy
ustaxona, mehmonxona va boshqa xonalar boʻlib, koʻplab hujjatli arxiv materiallari, rassomning
koʻrgazmalarda namoyish qilingan mashhur asarlari saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston
Davlat mukofoti laureata (1973). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan
mukofotlangan (2001).
[1]
1.
Veymarn B.V., Ural Tansikbayev, M., 1958; Karimov H., Tabiat kuychisi, T., 1970; Taktash R. X., Ural
Tansoʻkbayev, T., 1980; Oʻrol Tansiqboyev uymuzeyi, T., 1984.
Oʻrol Tansiqboyev
Tugʻilishi
14-yanvar 1904-yil
Toshkent
Vafoti
18-aprel 1974-yil
(70 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi
Oʻzbekiston
Mukofotlari
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
Umarxon III
tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=O%CA%BBrol_Tansiqboyev&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=O
ʻ
rol_Tansiqboyev&oldid=251
1798
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |