Yarimidan XVII asrgacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar


Zahiriddin Muhammad Bobur



Download 167,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana02.07.2022
Hajmi167,94 Kb.
#731447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
seminar-3-converted

Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530). O`zbek xalqining ilm va madaniyat 
xazinasiga o`lmas hissa qo`shgan mutafakkir olim, tarixchi, qonunshunos va lirik 
shoirdir.
Bobur ilm - fan. san’at,madaniyat va ularning sohalari bilan yaqindan tanishgan, 
uning ijodini asosan lirik she’rlar va adabiy - tarixiy asari - "Boburnoma" bilan ko`zga 
tashlanadi. "Boburnoma" qomusiy xarakterdagi kitob bulib, unda tarix, geografiya, 
botanika va boshqa fan sohalariga oid ma’lumotlar berilgan.
Bobur 
yana 
musulmonchilikqoidalari 
va 
qonushunoslikka 
bag`ishlangan 
"Mubayyin". arab alfavitini isloxiga oid "Xatti Boburiy", aruz vazni va qofiyaga oid 
"Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan.
Adib fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlaydi. Ilm, adabiyot, san’at ahllari bilan 
yaqin aloqada buladi, ularga homiylik qiladi.
Ilm va bilimdonlikni ulug`laydi. U kamtarlik, uzini tuta bilish, ezgulik, vafodorlik, 
boshqalarga yaxshilik qilish sifatlarini ulug`lab, yovuzlik, zulm, qabihlikni qoralaydi. 
Boburning pedagogik qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir.
"Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori, urf - 
odati, madaniyati, dini, adabiti, turmush tarzi haqida keng ma’lumotlar beriladi.
Bobur ijodiyoti asosan uning lirik she’rlari va adabiy-tarixiy asari-«Boburnoma» 
bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning xotiralaridan tashkil topgan va temuriylar 
davlatining tanazzulga ketish davrini o’zida ifodalagan, qomusiy xarakterdagi 
«Boburnoma» kitobi ilmiy-tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, 
geografiya, botanika va fanning boshqa sohalariga taalluqli qimmatli ma’lumotlar bor. 
Bundan tashqari, mazkur asar eski o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir 
yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Xindistonning tabiiy 
manzaralarini ham maxalliy aholining kiyinishi va urf-odatlarini ham xayvonlari, 
qushlari hamda ularning qiliqlarini ham tasvirlaydi. O’zi tilga olgan narsalarni teran 
fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur o’rta asrlardagi Xindiston halqlari tarixini o’zidan besh asr ilgari yashab 
ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari 
doktori S.Azimjonova shu masalani tahlil qilib, chiqargan xulosasida aytgandek,xind 
halqi xayotining turli tomonlariga taallukli materiallarning izchil bayon etilishi, 
orginalligi va ishonarligi jihatidan Beruniyning ma’lumotlariga faqat «Boburnoma» dagi 
ma’lumotlarni tenglashtirish mumkin. Iste’dod sohibi bo’lgan Bobur 12 yoshida podsho 
bo’lganidan boshlab, to umrining oxirigacha o’zi ko’rgan voqealarni, o’zi qatnashgan 
hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga daxldor bo’lgan yuzlab tarixiy shaxslar 
hayotini, fan uchun muhim ahamiyatga molik ko’plab dalillarni adabiy shaklda yoritgan. 
«Boburnoma» 
va she’rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va 


qonunshunoslikka bag’ishlangan «Mubayn», arab alfavitini o’rganish to’g’risidagi 
«Xatti» shuningdek musiqa va harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek 
adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir o’zining 
ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning ko’p qirrali 
merosida pedagogikaga oid biror maxsus kitob yoki risola mavjud bo’lmasa-da, deyarli 
hamma asarlarida xayotga va vatanga muhabbat hislatlarining yakqol ifodasini, insonning 
yuksak burchi va kishilarning ma’naviy qiyofasi haqidagi teran fikr-mulohazalarni, fan 
va dinga munosabat masalalarini, yaxshi xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va 
ma’rifatni egallashgacha chaqiriqni, ahloqiy va estetik g’oyalarni, jo’shqin va 
mazmundor hayot kechirishga targ’ib qilishni va xokozalarni ko’rish mumkin.
Fan va ma’rifatni juda yuqori qadrlagan bobur adabiyot, san’at va ilm ahli bilan 
doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga xomiylik qildi, ilmiy-
adabiy suhbatlar, mushoiralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga intilgan odamlarni 
juda kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat 
bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini ta’kidlaydi. SHuning 
uchun ham u ilm fanning ahamiyatini chuqur his qilib, o’zi juda qadrlagan ilm-
fan kishilarini eng avvalo, ularning yurish-turishiga, ko’pchilik manfaati uchun qilgan 
xizmatlariga qarab baholaydi.
O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zida 
avvalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, 
zulmni, 
qabixlikni qoralaydi. 
Bulardan tashqari, Bobur do’stlikni, hayetni, 
uning har bir fursatini 
qadrlashga, qayg’u-xasrat bilan emas, balki oqilona, xushchaqchaqlik bilan yashashga 
chorlovchi, yoshlarga ibrat bo’ladigan talaygina baytlar bitgan.
Boburning fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin Bunda 
mehnat va mehnatda toblanish muhim rol o’ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat 
chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.

Download 167,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish