Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 
2. B.Yo‘ldoshev. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari. Fil. f. dok. dissert. avtoref. – Toshkent, 
1993.
3. A.Mamatov. O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. Fil. f. dok. dissert. avtoref. – Toshkent, 2000.
4. Tohir Malik. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Sharq, 2006. 448-bet.
5. Tohir Malik. Iblis devori. – Toshkent: Sharq, 2012.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
45
Tadqiqotlar
Badiiy tarjima boshqa xalq adabiyoti durdonalarini 
ona tiliga o‘girib, o‘z eliga topshirish san’atidir. Chunki 
tarjimon qaysi tildan o‘girmasin, o‘sha xalq adabiyoti-
ning eng sara kitobini tanlaydi.
O‘quvchini, albatta, badiiy mukammal asarlar qiziqti-
radi. Shunday o‘lmas tarjima asarlar muallifi , mohir 
tarjimon Yanglish Egamova agar hayot bo‘lganida bu 
yil 75 yoshga to‘lardi. Yanglish opa nemis allomasi, ja-
hon xalqlarining sevimli adibi Iogann Volfgang Gyote 
asarlari tarjimoni sifatida nom qozondi, umri davomida 
o‘zbek tarjimashunosligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
2015-yilda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 
tomonidan Yanglish Egamova tarjimasida Iogann Peter 
Ekkermanning “Gyote bilan gurunglar” asari, o‘g‘li Erkin 
Rahmonov tarjimasida bolgar adibi Boris Aprilovning 
“Tulkichaning sarguzashtlari” qissasi va turmush o‘rtog‘i 
Vahob Rahmonovning “Mumtoz so‘z sehri” to‘plami 
nashr etildi. Bu Yanglish Egamova yashagan muhitning 
adabiyotga nechog‘liq oshno ekanligini ko‘rsatadi.
Tarjimon o‘tgan asrning 70-yillaridayoq Iogann 
Volfgang Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani-
ni ilk marotaba olmon tilidan o‘zbek tiliga o‘girib, kitob-
xonlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Yanglish Egamovaga 
shuhrat keltirgan ushbu tarjima asar haqida mutarjim 
mahoratiga yuksak baho berib, fi lologiya fanlari doktori, 
professor Akram Kattabekov: “Agar Gyote o‘zbek tilida 
yozganida, aynan shunday yozgan bo‘lardi”, – degan 
edi.
Adabiyotshunoslar Y.Egamovani gyoteshunos olima 
va mohir tarjimon deb bilishadi. Negaki ustoz Gyotening 
usluban o‘ta murakkab bo‘lgan “Hamroz dillar” romani, 
Gyote haqida zamondoshlari xotiralarini o‘zbek tiliga 
tarjima qildi; Gyote haqida ko‘plab ilmiy-tahliliy va tar-
jimashunoslikka doir maqolalar yozdi. Shu bois akade-
mik Akmal Saidov tarjimon xotirasiga bag‘ishlab yozgan 
maqolasini “Gyote bog‘ining chinori edi” deb nomla-
di va fi doyi mutarjim xotirasini abadiylashtirish uchun 
Gulistonda Yanglish Egamova uy-muzeyini tashkil etish 
taklifi ni bildirdi. Bu voqea amalga oshsa, respublikada 
birinchi yangilik – tarjimon sharafi ga uy-muzey ochi-
ladi, natijada 5000 nusxa kitobi bo‘lgan ushbu muzey 
Guliston shahriga ma’naviy ko‘rk bo‘ladi. 
Hayotining so‘nggi yillarida ham Y.Egamova Gyote 
asarlari tarjimoni sifatida emas, balki uni qadrlovchi so‘z 
san’atkori bo‘lib qoldi.
Har bir tarjimon ijodida uning shaxsiga haykal 
bo‘lishga arzigulik asari bo‘ladi. Yanglish Egamova 
tarjimasidagi uchta asarni shunday asarlar safi ga kiri-
tish mumkin: “Yosh Verterning iztiroblari”, “Gyote bi-
lan gurunglar”, Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi 
Rashidiy”. 
Tarjimonning ko‘p tilni bilishi nechog‘lik muhim ekan-
ligi Yanglish Egamova tajribasida tasdiqlandi. U “Verter”, 
“Hamroz dillar”, “Bruno Apits”, “Qashqirlar changalida”, 
“Gyote bilan gurunglar”, “Lottaning Vaymarga safari” 

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish