veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
25
Metodik tavsiya
3
Har kimning zari bo‘lmasa-da, ammo hu-
nari bo‘lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar
bo‘lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziy-
nati bilan bezanmog‘i lozim.
A
4
Vaqting ketdi – baxting ketdi.
D
5
O‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda
ham go‘zallik bor.
F
O‘quvchilar tomonidan bob yoki mavzu
mazmunidagi asosiy g‘oyani mujassamlashtirish,
jarayon va obyektlarni o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra
guruhlarga ajratish yoki umumlashtirish, yaxlitlash
uchun elementlarni birlashtirish, ijodiy topshiriqlarni
bajarish
sintezlash
o‘quv maqsadining asosiy mohiyati
sanaladi. O‘quvchilar bilimlarining
sintezlash
o‘quv
maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilish
va baholashda esa quyidagicha nostandart test
topshiriqlaridan foydalanish mumkin:
1. Tez gapirmoq (I), mashina oynasi (II), gul uzmoq
(III): dastlab ushbu so‘z birikmalariga, so‘ng barchasiga
(IV) xos jihatlarni umumlashtiring.
Ifodalanishi
Birikmalarga xos umumiy
jihatlar
1) aniqlovchili birikma
2) ravish+fe’l
3) boshqaruv usuli
4) otli so‘z birikma
5) bitishuv usuli
6) to‘ldiruvchili birikma
7) ot+ot
8) qaratqich kelishigi belgi-
siz ifodalangan
9) moslashuv usuli
10) holli birikma
11) ot+fe’l
12) ohang va ma’no
13) fe’lli so‘z birikmasi
14) tushum kelishigi
belgisiz ifodalangan
A) fi kr ifodalaydi
B) teng bog‘lanish
D) tobe bog‘lanish
E) leksik ma’no ifodalaydi
F) grammatik ma’no ifodalaydi
G) tushuncha ifodalaydi
H) so‘zlar qo‘shilmasi
I) tobe va hokim so‘zdan tash-
kil topadi
J) ikki va undan ortiq so‘zdan
tashkil topadi
K) faqat ikkita so‘zdan tashkil
topadi
L) tobe so‘z+hokim so‘z
M) hokim so‘z+tobe so‘z
N) so‘z birikmasi
Javob
I – 2, 5, 10,
12, 13
II – 1, 4,
7, 8, 9
III – 3, 6, 11,
13, 14
IV – D,
F, G, I, J,
L, N
Ma’lumki, biz kitoblarni ularning turlari, maq
sad-
mavzulari va ahamiyatiga qarab o‘rganamiz. Badiiy, ijti-
moiy-siyosiy, qadimiy va shu turdagi kitoblar orqali o‘sib
kelayotgan yosh avlod, qolaversa, har bir kitob xon bilim
saviyasini oshiradi, tafakkurini rivojlantiradi, fi kr doira-
sini kengaytiradi va ma’naviy-ruhiy ozuqa oladi. Buyuk
mutafakkir shoir Abdurahmon Jomiy shunday degan:
“Dunyoda kitobdan yoqimliroq do‘st, undan ortiq g‘amxo‘r
yo‘q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo‘q”.
Kitobga qiziqtirish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida
o‘quv dargohimiz – G‘allaorol tumanidagi 26-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi qoshidagi ARM mas’ul xodimlari to-
monidan “Kitob dilga nur beradi”, “Badiiy adabiyotlar –
milliy g‘oya jarchisi”, “Kitob yog‘dusi hamisha yo‘limizni
yori tib tursin” kabi mavzularda suhbatlar, yozma ijodiy
savol-javob kechalari o‘tkazib kelinayotganligi quvonarli
holdir. Shonli sanalar, muhim va unutilmas kunlarga
bag‘ishlab kitob yarmarkalari o‘tkazilayotganligi, o‘quv
dargohi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashki-
lotining kitobxonlarga ko‘rsatayotgan yordami tahsinga
loyiqdir. Bunday tadbirlar ta’sirida yoshlarning kitobga
bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu yili ko‘p kitob o‘qigan Asqar
Istamov, E’zoza Esonboyeva, Shahnoza Raimova kabi
o‘quvchilar tuman va viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan kitob-
xonlar ko‘rik-tanlovlarida faxrli o‘rinlarni egallashdi.
O‘quv dargohimiz qoshidagi ARM fondida jami 9200
ta turli adabiyot mavjud bo‘lib, shundan 1200 tasi ba-
diiy adabiyot, doimiy kitobxonlar soni esa 610 nafarni
tashkil qiladi. O‘quvchilar kutubxona mudirasi Nilufar
Do'stlaringiz bilan baham: