«qanday jazolamoq kerak?»
muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo„ladi.
O„qituvchining sinf jamoasi bilan bo„lg„usi muloqotga tayyorgarlikka doir
ibratli misol F.Samuylenkovning “Masterstvo, pedagogicheskiy takt – eto avtoritet
uchitelya” (“O„qituvchining mahorati va takti – uning obro„sidir”) kitobida
keltiriladi:
“Men VIII “B” sinfga kirishga otlanayotgan vaqtimda o„qituvchilar
xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli
ravishda bir lahza to„xtab o„zimni to„g„rilab olaman, o„zimga jiddiy, deyarli
ifodasiz tus beraman. O„quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman.
Hech qanday hazilga yo„l qo„ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o„tirmayman,
bolalar bilan rasman xushmuomalada bo„laman. Bunday maromni saqlash menga
oson emas, lekin shunga o„rganganman, chunki hozircha bu sinfda o„zimni
boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta‟sirlanuvchan, tezda “qirg„oqdan
chiqib ketadi va yana qaytib oqimga tushishi qiyin”.
Olimning bu mulohazalari
hozirgi kunda ham o„z qudratini yo„qotgan emas. U o„qituvchining deyarli har bir
harakatda jiddiy fikr yuritishga undaydi. Darhaqiqat, o„qituvchining har qanday
hazili yoki bachkana qilig„i darhol teskari reaksiya berishi mumkin. Hatto engil
hazilga ham sinf o„quvchilari qizg„in javob beradi, ularning fikrini qaytadan
“jamlab” diqqatini jalb etish va ish kayfiyatini yaratish keyin juda qiyin bo„lishi
mumkin.
O„qituvchilik kasbining mohir ustasi bo„lish, avvalo shaxsning o„z individual
xususiyatlaridan yuqori saviyada foydalanish va individual ishlay olish
qobiliyatining qanday shakllanganligi bilan bog„liq. Bu usul oliy o„quv yurtida
o„quv va amaliy mashg„ulotlar jarayonida shakllantiriladi va kelajakda ta‟lim-
tarbiyaning muvaffaqiyatini ta‟minlovchi individual, o„ziga xos usullar tizimidan
iborat bo„ladi. Pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashda
bo„lajak o„qituvchilarda kasbiy mahorat va omilkorlikni shakllantirish g„oyasi
etakchi o„rinda bo„lishi kerak. YUqori malakali kasbiy mahoratni shakllantirish
yo„llari har xil bo„lishi mumkin. Bo„lajak o„qituvchi o„z kasbiy mahoratining
shakllantirilganligini bildiruvchi kasbiy bilim, malaka va ko„nikmalar yig„indisiga,
pedagogikmuomala
madaniyatiga
ega
bo„lishlik kasbiy – pedagogik
omilkorlikning asosiy poydevori hisoblanib, o„qituvchining kasbiga nisbatan
shaxsiy tavsifnomasi hisoblanadi.
O„qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo„lgan insoniy fazilat
hamda xushmuomalalikni o„zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib
borishi zarur. O„qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o„z-o„zini
tarbiyalashning o„zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini
tavsiya etish mumkin.
1.
Kasbiy faoliyat jihatidan o„z-o„zini anglashni (muomalada o„zaro fikr
almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish
va shu asosda o„zaro fikr almashish asosida o„z-o„zini tarbiyalash dasturini ishlab
chiqish.
2.
O„z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo„nalishlarda baho berish maqsadga
muvofiq: kishilar bilan bo„lgan muomaladan so„ng olingan taassurotlarni tahlil
qilish, o„quvchilar bilan muomalaning so„nggi holatlarini o„rganib, muomala
haqida
o„zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi
imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o„qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o„quvchilar)
qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo„lish.
3.
O„zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan
ixtisoslashtirilgan o„z
-
o„ziga ta‟sir o„tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida
ishlash.
4.
O„quvchilar va ota
-
onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan
o„zaro fikr almashish faoliyatida ko„nikma va malakalar (ma‟ruzalar, suhbatlar,
kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo„ladi.
5.
So„z bilan og„zaki ta‟sir o„tkazishda salbiy kayfiyatlarni engish tajribasini
shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini
yaratish.
6.
Xushmuomalalikka milliy an‟ana va urf
-
odatlarimiz, o„zbekona muomala
madaniyati, milliy ma‟naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish.
O„z ona tilida puxta, lo„nda va jarangdor so„zlar tuza olish va uni nutqiy
mahorat bilan ifodalash ta‟lim muassasalarida o„rganilayotgan har bir fan
o„qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Hozirgi kun talablari nuqtai nazaridan, o„qituvchiga qo„yilayotgan javobgarlik
hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya sohasida
olib borilayotgan islohotlarning yuksak natijalari bevosita o„qituvchining qizg„in
mehnati samarasiga bog„liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har
tomonlama etuk, komil inson qilib voyaga etkazishda o„qituvchining kasbiy bilimi,
faoliyat texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera
oladigan darajada bo„lishi kerak. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq o„qituvchi o„zining ta‟lim-tarbiyaviy
faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga doimo
e‟tibor berib kelishi lozim. O„qituvchining pedagogik texnikasi ham
vatanparvarlikka,
xalqimizning
ma‟naviy
merosini
mustahkamlashga,
o„quvchilarning o„z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga asoslangan bo„lishi
shart. SHu ma‟noda taniqli adib Tursunoy Sodiqova asarlarida hozirgi kun
o„qituvchisiga qo„yiladigan “Murabbiylikning shartlari” oqilona berilgan:
“...Siz
insonlarning hech bir yo„q joydan “shoxini ko„kartirish”, qulfi dilini ochish,
dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu
ishga qo„l urdingiz. Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan
harakatlaringiz ro„parangizdagi o„quvchiga yoqayaptimi, yo„qmi? Bor gap
shunda!
Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga o„qigan odam murabbiy bo„lib
qolmaydi. Ustozlikning o„ziga xos parhezlari, bosib o„tilmaydigan chegara
chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz─murabbiyning yozilganu
yozilmagan qonun qoidalariga bo„ysunaman, degan Allohga qasamingiz bo„lsin!
Ikkinchidan, niyatingiz sof bo„lsin! Men insonlarni faqat yaxshilikka o„rgataman
deng, orqamda o„z qo„lim bilan yaratilgan fayzli bog„lar qoladi, deb tilak tilang!
Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor
bo„lsinlar. Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo„laman desangiz, birovga biror
narsa o„rgatishni astoydil xohlang va siz ilm oluvchiga nisbatan muxabbat
qo„ying! Har bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydilar!
SHu ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bo„lsa, Tangri sizga shuncha ko„p uquv
beradi, ep beradi, mushkullaringizni O„zi osonlashtiradi. Murabbiylikda ta‟tilga
chiqish, sog„ligi, kayfiyatiga qarab faoliyatini to„xtatish, degan gap yo„q.
Do'stlaringiz bilan baham: |