8
KIRISH
Til ijtimoiy hodisa sifatida har doim jamiyat bilan birgalikda, uning taraqqiyot
qonun-qoidaciga muvofiq rivojlanadi. Shu bilan birga, jamiyat ijtimoiy ongi, milliy
tafakkur rivojiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti esa uni o‘rganuvchi fan
oldiga ham davr talabini qo‘yadi. “Har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va
aniq talablar qo‘yadi. Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or
falsafiy fikri, davr
uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liqdir. Turli
fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli davrning yetakchi falsafiy fikri
fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini,
borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda q a y u s u l d a aks
ettirish yo‘llarini belgilab beradi. Falsafaning metodologik ahamiyati ham, uning
boshqa fanlarga bevosita ta’siri ham ana shundan iborat.”
6
Xususan, milliy fan sifatidagi tilshunoslikka ma’naviyat muammosi globallashuvi
jarayonining tezlashuvi kuchli ta’sir ko‘rsatadi hamda uning oldiga
ulkan va
kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni qo‘yadi. Bu, ayniqsa, bugungi kunda
mustaqilligini o‘z mustahkamlayotgan O‘zbekiston uchun yanada dolzarb ahamiyat
kasb etadi.
Ma’lumki, toptalgan ma’naviy qadriyat, poymol etilgan axloqiy ustunlarimizning
tiklanishi va kamol topishiga mustaqillik yillarida poydevor yaratilganligi
ta’kidlanadi. Masalan, ona tilimiz mavqeining tiklanganligi, uning davlat tili
maqomiga ega bo‘lganligi shular jumlasidandir. Shu boisdan Prezidentimizning
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
asarida ona tili va milliy ruh, milliy
ma’naviyat, davlat tili madaniyati tushunchasiga e’tibor konseptual xarakterga ega
va boshqa fanlar qatori tilshunosligimizning dolzarb muammolariga yana bir karra
e’tiborni jalb qiladi.
Alohida e’tirof etish kerakki, o‘zbek tilining davlat
tili maqomini olishi
ma’naviyatimiz rivojida ulkan ahamiyatga ega. Lekin shu zaminda
6
Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq . –T.:O‘qituvchi, 1993. –B.5.
9
yashab, hatto o‘zbek bo‘la turib, unga bee’tibor qarayotganlar, voqelikka bepisand
munosabatda bo‘layotganlar yo‘q emas. Shu masalaning o‘ziyoq ko‘tarilayotgan
muammo – ma’naviyat masalasining yanada dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi va buni Prezidentimiz:
“O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi
qatorida
turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan
biriga aylandi”
7
, – deya e’tirof etdi. Bugungi kunda ona tili, o‘zga
tillarga hurmat
muammosi bilan birga davlat tili madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifadan bo‘lsa,
iste’molga kirayotgan davlat tili madaniyati tushunchasi esa axloqiy, ma’naviy
kategoriyadan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa tilning milliy tabiati yaqqol
aks etadigan grammatik qonuniyatlarni ana shu metodologik asoslarga tayangan
holda chuqur tahlil qilish, muammoga til va tafakkur, til va ma’naviyat, til va
madaniyat mushtarakligidan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishni taqozo
qiladi.
Millatning “men”i uning tilida yaqqol namoyon bo‘ladi va uning ontologik belgisi
sifatida amal qiladi. Bu tilning grammatik qurilishida, ayniqsa, ravshanroq ko‘zga
tashlanadi.
So‘zlararo bog‘lanish munosabatlari, bog‘lovchi omillarning kombinator
xususiyatlari va tarkibi, milliy tafakkur tarziga mos ravishda gap qurilishining o‘ziga
xos tarzda bo‘lishi, gap qurilishi qoliplarining milliy spetsifik xususiyatlari bu
hodisalarning har birini milliy ruhiyat va ong, tafakkur tarzi tushunchasidan kelib
chiqqan holda va u bilan dialektik aloqadorlikda o‘rganishni talab qiladi. Demak,
ayon bo‘ladiki, milliy til grammatik tizimi tadqiqida milliy ma’naviyat va milliy til
dialektikasi mushtarakligida ma’naviy omillarga tayanib ish ko‘rish masalaning bir
jihati bo‘lsa, lisoniy hodisani qaysi yo‘sinda va qaysi tadqiq usullari asosida,
tilshunoslikning qaysi oqim va yo‘nalishlari tamoyillari, tayanch tushuncha va
kategoriyalari vositasida tekshirish ikkinchi jihatini tashkil etadi.
7
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 85.